73
Temurning suyukli nabirasi, Shoxruh Mirzoning o’g’li — Muhammad Tarag’ay —
Mirzo Ulug’bekdir
(1394-1449 yy.).
Hazrat Alisher Navoiy ta’birlari bilan aytadigan bo’lsak, Amir Temur
naslidan chiqqan Ulug’bekdek sultonni olam hali ko’rgan emas. Jahonda Ulug’bek
nomi bilan shuhrat qozongan Muhammad Tarag’ay 1394 yil 22 martda tug’ildi.
Bobosi Amir Temurning katta xotini Saroymulk-Bibixonim tarbiyasini olib
ulug’aydi. Amir Temur unga alohida e’tibor bilan qaragan. Saroyda bo’ladigan
maslahatlar, olimlar bilan bo’ladigan uchrashuvlar va suhbatlarda, chet ellardan
kelganlarni qabul qilish, shuningdek, harbiy mashq va yurishlarda Ulug’bek
ishtirok etgan. Amir Temur o’z nabirasi Ulug’bekni qilichboz sarkarda emas, balki
buyuk olim bo’lib yetishishini orzu qilgan va shu yo’lda unga rahnamolik qilgan.
Mirzo Ulug’bek yoshlik paytlaridanoq qaerda bo’lmasin, olimlar, shoirlar,
san’atkorlar, diniy ulamolar, shayxlar, dunyoga taniqli allomalar davrasida
bo’lgan, ilmiy bahslardan ma’naviy baxra olgan, ilxomlangan, ulardan ko’p
narsa o’rgangan, asta-sekin ko’zi pishib, aqli teranlashib, fikran boyib,
dunyoqarashi kengayib va chuqurlashib borgan.
O’ta murakkab, alg’ov-dalg’ovli va ziddiyatli bir sharoitda yashagan va
shakllangan Ulug’bek mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish
bilan bir qatorda ilmiy ishlar bilan ham shug’ullandi, olimlarga rahnamolik qildi,
o’z ustida tinimsiz ishlab, o’tmish ilmiy bilim xazinalarini tinmay o’rgandi,
mutolaa qildi, ilmiy-falsafiy tafakkurini muttasil kengaytirdi va chuqurlashtirdi.
Ulug’bek Axmad Farg’oniy, Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn
Sino, Abu Rayhon Beruniy singari allomalarning falsafa, mantiq, tarix,
matematika, astronomiya, tabiatshunoslik va fiqhga oid asarlarini katta qiziqish
bilan o’rgandi. Yunon olimlaridan Aflotun, Arastu, Ptolomeyning klassik asarlari
bilan tanishdi. Ilm-fan va madaniyatining, tarix va falsafaning Ulug’bek e’tiboridan
chetda qoldirgan biron-bir sohasi qolmadi.
O’tmish ajdodlardan, xususan, O’rta Osiyo qomusiy aql egalaridan qolgan
madaniy meros, umuminsoniy mazmundagi ma’naviy qadriyatlar Ulug’bek ilmiy-
|