Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   466
TATU Falsafa

23
 
albatta zo’r ehtiyotkorlik bilan qarashimiz kerak. 
Din kishilarning ongiga o’z ta’sirini o’tkazish bilan bir qatorda jamiyatning 
ijtimoiy-siyosiy hayotida ham doimo katta rol o’ynab kelgan. Hozirgi davrda, ham u 
katta siyosiy kuchni tashkil qiladi. 
Dinlarning orasida keng tarqalgan islom dinidir. Hozirgi kunda 30 dan ziyod 
Osiyo va Afrika mamlakatlarida islom davlat dini sifatida rasmiy ravishda qabul 
qilingan bo’lsa, yana qariyb 30 mamlakatning siyosiy hayotida u muhim rol 
o’ynamoqda. Ularning ichida Turkiya, Misr, Afg’oniston, Eron, Iroq, Suriya, Saudiya 
Arabistoni, Jazoir va boshqa mamlakatlarni alohida tilga olish joiz. Xristianlik va 
boshqa dinlar ham turli mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim rol 
o’ynamoqda. 
Bugungi kunda dinning fanga, uning yutuqlariga bo’lgan munosabati haqida 
ham yangicha fikr hosil bo’lmoqda. O’tmishda biz din bilan fan bir-biriga zid 
bo’lgan, bir-birini tubdan istisno qiluvchi ijtimoiy ongning shakli, insoniyat 
madaniyatining tarixi din bilan fan o’rtasidagi kurashdan iborat deb kelgan edik. 
Ammo hayot shuni qo’rsatadiki, fanning din bilan o’zaro munosabati hamma vaqtda 
bir xil va bir tekis bo’lgan emas.
“Uyg’onish davri”da yashagan G’arbiy Yevropa olimlari, jumladan Jordano 
Bruno, Galileo Galiley, Kopernik, XVIII asr frantsuz olimlari Pol Golbax, Klod 
Gelvetsiy, Deni Didro va boshqalar xristian diniga ochiq oydin qarshi chiqib, uning 
ta’limotini inkor etgan bo’lsalar, O’rta Osiyo mutafakkirlari fan bilan islom 
ta’limotini bir-biriga qarama-qarshi qo’ymasdan ikkalasidan ham bahramand bo’lib 
kelganlar. Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sinolar dunyoni yaratgan Ollohni e’tirof 
qilsa, Mirzo Ulug’bek o’zining “To’rt ulus tarixi” asarida dunyoni Tangri Taolo bino 
qilgan, odamni ham u yaratgan degan fikrni olg’a surgan 
1

Hozirgi vaqtda ham G’arbiy Yevropa mamlakatlarida diniy e’tiqod bilan 
fanni muvofiqlashtirib rivojlantirishga da’vat etib kelayotgan olimlar bor. Masalan, 
katolik cherkovining rasmiy falsafasi deb e’tirof etilgan neotomizm ta’limotining 

1
Mirzo Ulug’bek. To’rt ulus tarixi. -T., 1994. -15-22 betlar. 







Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin