Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   466
TATU Falsafa

20
 
holatda tavsiflansa, diniy dunyoqarash bularni bir-biridan ajratib tavsiflaydi. Din yagona dunyoni 
tabiiy va g’ayri-tabiiy turlarga ajratib qarasa, mifologiyada haqiqiy va g’ayri-tabiiy olam bir-biri 
bilan qo’shilib ketgan. 
 
1.4. Diniy dunyoqarash 
 
Diniy dunyoqarash
mifologiya (afsona) negizida shakllangan va rivojlangan, 
voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini xayoliy obrazlar, tasavvurlar va 
tushunchalarda aks ettiruvchi dunyoqarashdir. 
Diniy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy 
hodisalar mohiyatini xudoning qudrati bilan tushuntiradi. U hamma narsada va har 
qaerda ilohiy kuchlarning ta’siri, mo’’jizaviy kuchi bor deb uqtiradi. 
Diniy dunyoqarashning mohiyati dindorlar uchun muqaddas bo’lib hisoblangan 
adabiyotlarda o’z aksini topgan. 
Diniy dunyoqarashning shakllanishi tadrijiy va jiddiy jarayon bo’lib, u o’z 
ichiga fetishizm, sehrgarlik, totemizm, animizm kabilarni qamrab oladi. Jamiyat 
taraqqiyotida politeizm (ko’pxudolik) va monoteizm (yakkaxudolik) dinlari paydo 
bo’ladi: buddizm (er.avv.VI—V asrlarda Hindistonda); xristianlik (er. I asrida Rim 
imperiyasida), islom (er. VII asrida G’arbiy Arabistonda) kelib chiqadi. 
Diniy dunyoqarashning asosini diniy e’tiqod tashkil qiladi. Diniy e’tiqod bu 
ilohiy mavjudotlarga sig’inishdir. Diniy e’tiqod dinga ishonuvchi kishilar 
ruhiyatining tarkibiy qismi sifatida intellektual, hissiy va iroda tomonlarini o’z 
ichiga qamrab olgan murakkab hodisalar. Diniy e’tiqodning ma’naviy ko’rinishi bu 
- dinga ishonuvchi kishilar ongida mavjud bo’lgan diniy tasavvurlar, obrazlardan 
tashkil topadi va ular dinga ishonuvchi kishilar tomonidan hayotiy zarur narsa 
sifatida qabul qilinadi. 
Diniy e’tiqodda hissiyot tushunchalari katta rol o’ynaydi. Kishining turli 
hissiyotlari (emotsiyasi) qo’rqish, muhabbat, zavqlanish, ehtiros, quvonch, umid 
va hokazolar diniy tasavvurlar bilan qo’shilib ketib, tegishli yo’nalish, ma’no, 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin