293 qo’llaniladigan usullar umumiy usul deyiladi. Umumiy usul qo’llanishi doirasiga
ko’ra umumiy, lekin o’z maxsus vazifasiga ega.
Bizni o’rab turgan dunyo narsa va hodisalari ko’p qirrali, ko’p sifatlilik
xususiyatiga ega. Ularni birdan tushunish, bilish mumkin emas. Shuning uchun
bilish metodologiyasi bizga bilishning umumiy usuli va tafakkur usulini,
rivojlanish qonunlarini asoslab beradi. Har bir aniq fanning o’zi qo’llaydigan
xususiy usullari asosida bilim sistemasi chuqurlashib borsa, umumiy usulni tatbiq
qilish orqali izlanish doirasi yanada kengayib boradi. Masalan, fizika, kimyo,
biologiya singari fanlar xususiy usullar orqali izlanish bilan bu predmetlar doirasi
chuqurlashsa, izlanishning umumiy usuli (masalan, modda tuzilishiga ko’ra,
energiyaning saqlanish va aylanish nazariyasiga ko’ra) orqali esa ularning bilim
doirasi yanada kengayadi. Fan tarixida tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlar tizimi va har
bir tizimni tashkil etuvchi aniq predmetlar vujudga kelgan ekan, ularning har biri
aniq tadqiqot usuliga ega. Ularning tadqiqot usullarida esa umumiy, o’xshash
tomonlar bo’lishi mumkin.
Ilmiy bilishning hamma fan uchun tegishli bo’lgan umumiy usullari mavjud.
Ilmiy bilishning bu metodlari fan taraqqiyotida garchi umumiy hisoblansa ham,
dialektik usulga nisbatan xususiy bo’lishi mumkin. Lekin bu usullar (xususiy
holda) dialektik (umumiy) usul bilan bog’langandir. Xususiylik bilan
umumiylikning bog’lanishi qonuniy jarayondir.
Har bir aniq usul ilmiy bilish jarayonida bir-biri bilan bog’liq yoki bir-biriga
zid bo’lishi mumkin. Shuning uchun har bir usulni qo’llash bilimning haqiqiy
bilim ekanligini isbotlashda va shu usul orqali bilim yanada chuqur va keng
mazmun asosida boyib borishini ko’rsatadi. Masalan, klassik fizikaning
rivojlanishi natijasida nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, elementar zarralar
fizikasi kelib chiqdi. Mikrofizika qonunlarini o’rgatish va tahlil qilish natijasida
uni klassik fizika tatbiq etishining o’ziga xos xususiyatlari aniqlandi.
Shunday qilib, bilish jarayonida ilmiy tadqiqotning xususiy, umumiy va eng
umumiy usullari mavjud bo’lib, ular o’zaro bir-biri bilan bog’liq. Dialektik usul