173 Tevarak atrofimizdagi olamni bilib borar ekanmiz, unda o’zgarmaydigan
hech narsa yo’qligini, hamma narsa harakatda bo’lib, bir shakldan ikkinchi bir
shaklga o’tib turishini ko’ramiz. Barcha moddiy ob’ektlarda elementar zarralar,
atomlar, molekulalarning harakati sodir bo’lib turadi, har bir ob’ekt uni qurshab
turgan muhit bilan o’zaro bir-biriga ta’sir qilib turadi, o’zaro ta’sir esa u yoki
boshqa turdagi harakatni o’z ichiga oladi. Har bir jism, hatto yerga nisbatan
osoyishta turgan jism ham u bilan birga Quyosh atrofida aylanadi, Quyosh bilan
yer esa Galaktikaning boshqa yulduz sistemalariga nisbatan o’rin almashinib
turadi va h.k.
Agar qattiq jismlar olib qaraladigan bo’lsa, ularning tuzilishi va shaklining
barqarorligi, ularni tashkil etuvchi mikrozarralar o’rtasidagi muayyan o’zaro
ta’sirga bog’liq ekanligini ko’rish mumkin. Fazo va vaqtda kengayib boruvchi har
qanday o’zaro ta’sir esa harakat sifatida yuzaga chiqadi, xuddi shuningdek, har
qanday harakat ham materiya turli elementlarining o’zaro ta’sirini o’z ichiga oladi.
Ayrim faylasuflar harakatni materiyadan ajratib, unga, materiyaga tashqaridan
berilgan kuch deb qaraydilar. Chunonchi, mexanikaning fan sifatida shakllanishiga
asos solganlardan biri Nyuton, sayyoralar Quyosh atrofida doimiy harakat qilib
turadi deb, to’g’ri ta’kidlash bilan birga bu harakatning manbaini ilohiy birinchi
turtki deb hisoblar edi. XIX asr nemis metafizigi E.Dyuring esa materiya avvallari
qotib qolgan holda bo’lgan, keyinroq u mexanik harakatga ega bo’lgan, deb
ta’kidlaydi.
Materiya barcha o’zgarishlarning substantsiyaviy negizidir. Materiyadan
ajralgan harakat, «sof harakat» yo’q. XIX asrning ikkinchi yarmida yirik nemis
fizigi V.Ostvald o’zining materiya va harakatning bog’liqligini inkor etuvchi
energetizm nazariyasi bilan chiqdi. Energetizmning vakillari materiyasiz harakat
mavjud bo’lishi mumkin, degan fikrni ilgari surdilar. Ular materiyadan ajralgan
qandaydir
nomoddiy
narsaga
aylantirilgan
«sof energiya»ni barcha
o’zgarishlarning birdan-bir negizi deb hisoblar edilar. Haqiqatda esa energiya
materiyaning xossasidir, bu xossa harakatning miqdoriy me’yoridan iborat bo’lib,