280
balki uni tasdiqlashi ham mumkin, deb ko’rsatadi .
Arastu shuningdek, falsafa tarixida birinchi bor dialektika bahslashish
san’atining quroligina bo’lib qolmasdan, u ayni vaqtda ilmiy bilishning usuli
hamdir, deb hisoblaydi. Uningcha, dialektika borliq va tafakkurning asosiy va
umumiy tomonlarini bilishga qaratilgan usul. Uning yozishicha, «dialektika ilmiy
tadqiqot usuli sifatida faqat falsafaga emas, balki barcha fanlarga ham daxldordir»
1
.
Forobiy Arastu fikrini davom ettirib, dialektikani falsafa, mantiq va ilmiy
bilish usuli sifatida talqin etdi. Forobiyning fikricha, dialektikani falsafadan
falsafani esa dialektikadan ajratib qarash mumkin emas. «Inson dialektika deb, uning
shug’ullanadigan ishi, muzokara qilish qobiliyati, o’z san’atini amalda qo’llay olishiga
qarab belgilanadi»
2
, -deydi Forobiy. «Dialektika san’atining maqsadi falsafa san’atini
qo’llab - quvvatlash va unga xizmat qilishdadir»
3
, - deb ko’rsatadi Forobiy.
«Dialektika san’ati, — falsafiy san’at, chunki dialektika san’ati tufayli inson
aqlini haqiqatni bilishga qaratishi mumkin»
4
, haqiqatni bilish esa — falsafaning asosiy
vazifasidir. Shuning uchun ham dialektika san’atini mukammal o’zlashtirib olish
lozim. «Agar inson a’lo darajadagi notiq yoki shoir bo’lgisi kelsa, dialektik usuldan
mukammal foydalana bilishi kerak», - deb uqtiradi Forobiy
5
.
Arastu «Kategoriyalar», «Metafizika» va boshqa asarlarida dialektika
kategoriyalari tizimini ishlab chiqadi. Forobiy Arastuning dialektika usuli haqidagi
fikrlarini yuqori baholab va targ’ib etibgina qolmasdan, uni ko’p jihatdan mazmunan
boyitdi ham.
Forobiyning fikricha, bilish jarayonida dialektik tafakkurlash analiz va sintez,
induktsiya va deduktsiya sillogizmlardan foydalanmog’i lozim. Induktsiya, uning
fikricha, dialektik va ilmiy shakllarda bo’lishi mumkin.
Forobiy imkoniyat va voqelik, zaruriyat va tasodif, sabab va oqibat
1
Аритотель.-Соч., T.2.-M.,1978.-С.-350-351-356.
2
Ал-Фараби. Диалектика. Историко-философские трактаты. – Алма-Ата: “Наука”,1985.-
С.403.
3
O’sha joyda,-405-bet.
4
O’sha joyda,-594-bet.
5
O’sha joyda,-67-bet.
|