Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   466
TATU Falsafa

1
 
Bu haqda qarang:Boboyorov B.N. O’zbekistonda millatlararo munosabatlarning rivojlanishi. 
“Jamiyat va boshqaruv”, №4, 2003. B.24-26





343
 
Millatlar esa yuqorida eslatib o’tilgan ijtimoiy-etnik belgilar bilan tavsiflanadi. 
Ma’lumki, dunyoda yashayotgan etnoslarning ko’pchiligi o’z milliy 
davlatlariga ega emas. Shu sababli ko’p millatli va ko’p tilli mamlakatlarda o’z 
davlatlariga nom bergan asosiy millat bilan bu mamlakatlarda istiqomat qiluvchi 
etnik ozchilik o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ichki siyosiy barqarorlik va milliy 
xavfsizlikning hal qiluvchi shartlaridan biri bo’lib qolmoqda
1

Tarix saboqlari shundan dalolat beradiki, agar mavjud ijtimoiy-etnik 
guruhlar o’rtasida hamjihatlik, an’anaviy uyg’unlik vujudga kelgan bo’lsa, 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jadallashadi. Millatlarning va madaniyatlarning bir-
biriga ta’sir ko’rsatishi bu davlatlarda yashayotgan xalqlarning ma’naviy-aqliy 
boyishi uchun yaxshi manba bo’lib xizmat qiladi. Aksincha, ko’p elatli 
davlatlardagi millatlararo munosabatlarda hamjihatlik, uyg’unlik mavjud bo’lmasa, 
ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanishiga katta putur yetkazilishi tabiiydir. SHuning 
uchun ham ko’p millatli davlatlarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy-etnik birliklar 
o’rtasidagi munosabatlarga juda ehtiyotlik va ziyraqlik bilan yondashish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida milliy o’zlikni angashning o’sishi o’z 
davlatchiligiga ega bo’lmagan etnik guruhlar tomonidan milliy ozodlik 
harakatlarini keltirib chiqarishi tabiiy holdir. Milliy ozodlik harakatlarining asosiy 
maqsadi — mustamlakachilik zulmini yo’q qilib, mustaqil milliy davlat tuzish, 
millatlarning o’z taqdirini o’zi hal qilishiga erishish, chet el davlatlari 
hukmronligini tugatish, milliy qadriyatlarni, odamlarning o’ziga xos xususiyatlari 
va an’analarini saqlab qolishga qaratilgan ob’ektiv ehtiyojdir. “Har qanday millat, 
u naqadar kichik bo’lmasin insoniyatning boyligidir va har qanday milliy 
birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo’q bo’lib ketishi yer 
yuzidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga 
olib keladi. Shu bois har bir etnik birlikni saqlab qolish unga mansub odamlarning 

1
Bu haqda qarang Бобоёров Б.Н. Национальная идентичность как этнокультурный 


потенциал Узбекистана. “Высшая школа” научно – практический журнал, №22, Уфа, 
2017.С.24 – 27. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin