Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   466
TATU Falsafa






346
 
himoya qilish, ular turmushining an’anaviy shakllariga ehtiyotkorlik bilan 
munosabatda bo’lish, qatag’onga uchragan va zo’rlab ko’chirilgan xalqarning 
huquqlarini tiklash, mana shu zo’ravonlik harakatlari oqibatlarini bartaraf etish, 
ularga zaruriy yordam berish; 
-milliy ekstremizm, shovinizm, irqchilik, fuqarolarning millatlariga yoki 
tiliga, turmush yoki yashash joyiga qarab kamsitilishining har qanday ko’rinishiga 
qarshi kurashish; 
-har qanday ko’p millatli davlatning milliy xavfsizligini ta’minlash va 
qo’riqlash. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan munosabatlarning barchasi aynan hayotimiz 
mezonidan kelib chiqayotgan haqqoniy talablardir. Bularga vaqtida e’tibor 
bermaslik, o’z navbatida, ko’plab salbiy ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi muqarrar. 
Ma’lumki, O’zbekiston xalqining etnik tarkibida tub aholi ustun mavqeni 
egallaydi. Shu bilan birga, respublikamiz hududida o’z madaniyati va an’anasiga 
ega bo’lgan yuzdan ziyod millat vakillari yashamoqda. O’rta Osiyo tub xalqlari 
tabiatida boshqa millatlarning vakillariga nisbatan keng fe’llikning mavjudligi 
bilan ajralib turadi. “Xalqimiz, — degan edi, I.A.Karimov, — va davlatimizning 
tarixiy xotirasida antisemitizm, irqchilik va o’zga millatga, o’zga xalqqa 
mensimasdan, hurmatsizlarcha munosabatning boshqacha shakllari namoyon 
bo’lgan sharmandali sahifalar yo’qligi bilan faxrlanadi”
1
.
Millatidan qat’i nazar insonlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo’lish, 
o’zgalar kulfatiga hamdard bo’lish va o’zaro yordam ko’rsatish O’zbekiston 
xalqiga xos fazilatlardandir. Bu xalqimiz tinchligining asosiy manbaidir. 
Milliy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning ajralmas qismidir. Shuning 
uchun ham milliy va millatlararo munosabatlarda ijtimoiy hayotimizning barcha 
sohalarida ro’y berayotgan o’zgarishlar, qiyinchiliklar, ziddiyatlar o’z aksini 
topmay qolmaydi. Har qanday rivojlanishga ham ziddiyatlar xos bo’ladi, ular 

1
Karimov I.A.O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 


taraqqiyot kafolatlari.-T.:“O’zbekiston”,1997.-73-74-betlar. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin