347 millatlararo munosabatlar sohasida ham muqarrardir. Eng muhimi ularning doimo
yuzaga kelib turadigan jihatlari va qirralarini ko’ra bilish, hayot o’rtaga
qo’yayotgan savollarga o’z vaqtida to’g’ri javob topib berishdan iborat.
Mustaqillikka qadar nashr etilgan ilmiy ishlarda, sobiq rahbarlarning
balandparvoz nutqlarida milliy munosabatlarda hech qanday muammo yo’qligi,
bo’lishi ham mumkin emasligi haqida zo’r berib gapirildi, bu sohadagi yutuqlar bir
yoqlama, faqat yaxshi tomondangina bayon etildi va bo’rttirildi, real haqiqat buzib
ko’rsatildi. Umumtaraqqiyotning barcha sohalarida mavjud bo’lgan ziddiyatlar
haqida, millatlararo munosabatlarda, madaniyat sohasida, aholini oziq-ovqat, uy-
joy, tibbiy xizmat bilan ta’minlash, milliy kadrlarni o’stirish kabi sohalardagi
muammolar e’tiborga olinmadi, kerakli chora-tadbirlar ko’rilmadi. Buning
natijasida ko’p yillar davomida yuzaga kelgan muammolar yig’ilib-yig’ilib
ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashtirdi va sobiq tuzumning yemirilishiga olib keldi.
Shuni eslatib o’tish joizki, milliy siyosatdagi buzilishlarning katta qismi
shaxsga sig’inish davrida yuz berdi. Ko’plab xalqlar, elat va millatlar qatag’on
qilindi. 1941-1945 yillarda Shimoliy Kavkaz va Qrim aholisi — qalmoqlar,
chechenlar, ingushlar, qorachoylar, Krim tatarlari va boshqalar zo’ravonlik yo’li
bilan o’z yurtlaridan Sharqqa tomon ko’chirildi. Ko’chirilgan xalqlarning umumiy
soni taxminan uch million kishini tashkil qildi. Majburiy ravishda o’z hududlaridan
badarg’a qilingan xalqlarga nisbatan asossiz cheklashlar joriy etildi, ularning
barcha haq-huquqlari va erkinliklari kamsitildi.
O’tgan asrning 50-60-yillarda milliy munosabatlar sohasidagi salbiy xatolar
ko’paygandan ko’payib boraverdi. Milliy munosabatlardagi muammolar,
kamchiliklar va qiyinchiliklar xususida sukut saqlandi, keng jamoatchiliqdan bor
haqiqat atayin yashirildi, yutuqlar keragidan ortiqcha maqtaldi. Millatlar va
elatlarning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy manfaatlari e’tiborga olinmadi.
O’tgan asrning 60-70-yillarda mamlakat iqtisodiyotida ro’y bergan tanglik,
ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy sohalardagi buzilishlar, poraxo’rlik, tanish
bilishchilik, o’z vazifasini suiste’mol qilishlar, qo’shib yozishlar va boshqa salbiy