Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 333,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü333,53 Kb.
#182741
  1   2
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti metrologiya, stand



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan 
 

MUSTAQIL ISH 
 
Mavzu

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasida metrologik xizmat 
Metraoliga boyicha xalqaro tashkilotlar.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bajardi:Abduvaxobova Xonoyim 
 
 
 
 
 
 

 
Tekshirdi: Rahmonova Gulnora
 
 
 
TOSHKENT 2023 


Reja: 
 
1.
Axborot texnologiyalari va kommunikasiya sohasida metrologik xizmat.
2.
Axborot texnologiyalari va metrologiyaning birglikdagi yutuqlari.
3.
Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar.
4.
Standartlashtirish davlat tizimi.


O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonuni (11-modda) 
tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning metrologik xizmatlari o‘lchash 
birliligini ta'minlash va metrologik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni 
bajarish uchun zarur bo‘lgan hollarda tashkil etilishi belgilab qo‘yilgan. Milliy 
Standartlar Tuzilmasi (MST). Milliy darajada standartlarni tayyorlash, ular bilan 
bog‘liq barcha masalalar MST orqali amalga oshiriladi. Ko‘pgina mamlakatlar 
MSTni tashkilotlar yoki institutlar deb yuritishadi. Dunyo bo‘yicha ko‘plab ISO 
tashkiloti a’zolari o‘zlarining MSTsiga ega; biroq ko‘plab mamlakatlar MSTga ega 
emas, ushbu mamlakatlar ISO tashkilotining standartlari va qonunlaridan 
foydalanadi. Hozitgi kunda dunyo bo‘yicha 148 mamlakat ISO tashkiloti a’zolari 
hisoblanadi. Eng ko‘p rivojlangan mamlakatlar 1917 va 1925 yillar oralig‘ida 15ta 
MST joriy etildi. Germaniya ular orasida birinchi bo‘lib o‘zining MSTsini tashkil 
etdi. Keyinchalik shu vaqtlar oralig‘ida Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma 
Shtatlari, Belgiya, Kanada, Niderlandiya, Shvetsariya va Austriya ham o‘zlarining 
MSTni tashkil etishdi. MST quiyidagi asosiy funksiyalarni o‘z ichiga oladi: 

Milliy standartlarni tayyorlash va chop etish;

Sanoatda standartlarning amalga oshirilishini ta’minlash;

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish;

Texnika masalalariga bog‘liq bo‘lgan masalalar va bular milliy hamda xalqaro 
standartlar bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash haqidagi ma’lulotlarni e’lon 
qilish;

Standartlar bilan aloqador forumlarda va xalqaro faoliyatlarda mamlakat 
ishtirokini nazorat qilish; Hozirgi vaqtda aloqa, axborotlashtirish va 
telekommunikasiya texnologiyalari sohasida o‘lchashlar birliligini ta'minlash 


tizimida o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, ta'mirlash va metrologik 
shahodatlash huquqiga ega bo‘lgan uchta akkreditlangan metrologiya xizmatlari 
mavjud: O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi UNICON.UZ markazi 
qoshidagi Asos metrologiya xizmati, Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie 
markazi hamda «O‘zbektelekom» AK «Shaharlararo aloqa korxonasi» filialidagi 
metrologiya xizmatlari. UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos metrologiya 
xizmatining qiyoslash va ta'mirlash laboratoriyasi sohaviy hisoblanadi va u 
sohadagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar uchun ta'mirlash va qiyoslash 
ishlarini o‘tkazish huquqiga ega. Oxirgi ikkita xizmat akkreditlash sohasiga 
muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning ichki ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan 
o‘lchash vositalarini ta'mirlash va qiyoslash huquqiga egadirlar. Ushbu metrologik 
xizmatlari o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun namunaviy o‘lchash 
vositalari, yordamchi uskunalar va normativtexnik hujjatlar bilan ta'minlanganlar. 
Hozirgi vaqtda, metrologiya xizmatlari yo‘q bo‘lgan (o‘lchash vositalarining 
to‘plami kam bo‘lganligi sababli), aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya 
texnologiyalari sohasida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarida o‘lchash vositalari holati, 
tegishli hujjatlarda belgilangan vazifa va majburiyatlari uchun javobgarlar 
tayinlangan. Barcha metrologik xizmatlarga va o‘lchash vositalari holati uchun 
javobgar shaxslarga asosiy talablar - bu o‘lchash vositalarini, qiyoslash va 
ta'mirlash ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning 
metrologik xizmatlariga qiyoslash laboratoriyalari bilan bir qatorda davlat 
metrologiya nazorati va tekshiruviga tegishli bo‘lgan sohadan tashqaridagi o‘lchov 
vositalari uchun kalibrlash laboratoriyalarini tuzish maqsadga muvofiqdir. Aloqa, 
axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida o‘lchash 
vositalarini kalibrlashning tashkiliy va texnik asoslarini joriy qilish o‘lchash 
vositalari holatini nazorat qilishni osonlashtirishga imkon beradi. 
«O‘zbektelekom» AK, «O‘zbekiston pochtasi» DAK, uyali aloqa kompaniyalari
Internetning yirik operator va provayderlarining qayta tashkil qilinishi sababli 
ularning tarkibiy bo‘linmalari va filiallarini metrologik ta'minlashda muammolar 
tug‘ildi. Tabiiyki, akkreditlashning qisqa sohasi bilan chegaralangan mavjud uchta 


metrologik xizmatlarning faoliyati yangi tuzilgan tarkiblar va bo‘linmalarni 
ta'mirlash va qiyoslash ishlari bilan to‘liq ta'minlay olmaydi. Bu muammolarni hal 
qilish uchun va namunaviy o‘lchash vositalarini ta'mirlash va qiyoslash 
laboratoriyalarini yuqori texnologiya uskunalari bilan jihozlash yo‘li bilan mavjud 
metrologiya xizmatlarining akkreditlash sohasini izchillik bilan kengaytirish va 
mutaxassislarni yangi texnika hamda texnologiyalar bilan ishlashning zamonaviy 
uslublari va ishlash malakalarini oshirish uchun muntazam ravishda o‘qitish zarur. 
UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos metrologiya xizmati aloqa va 
axborotlashtirish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning metrologik 
xizmatlari ishlarini muvofiqlashtiradi. Aloqa, axborotlashtirish va 
telekommunikasiya texnologiyalari sohasining xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning 
metrologiya xizmatlari o‘lchashlar birliligi va talab etilgan aniqligini (o‘lchashlarni 
bajarish uslublarini ishlab chiqish va attestatlash, normativ hujjatlar loyihalarining 
metrologik ekspertizasi, loyihalash, konstruktorlik va texnologik hujjatlashtirish 
hamda boshqa turdagi ishlar bo‘yicha) ta'minlash sohasida muayyan faoliyatni 
amalga oshirishda texnik vakolatliligini tan olishga, ixtiyoriy ravishda 
akkreditasiyadan o‘tishi mumkin. Metrologik ta'minotning tarkibiga O‘zbekiston 
aloqa va axborotlashtirish agentligi, UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos 
metrologiya xizmati, Telekommunikasiyalar va pochta aloqasi sohasidagi 
standartlashtirish bo‘yicha Texnika qo‘mitasi, Davlat aloqa inspeksiyasi, 
metrologik xizmatlar va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlari o‘lchash vositalarining 
holati uchun mas'ul shaxslar kiradi. Metrologik ta'minot tizimi O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat o‘lchashlar birliligini ta'minlash tizimi bilan, O‘zbekiston 
Respublikasi standartlashtirish Davlat tizimi, standartlashtirish va 
sertifikatlashtirish soha tizimlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Tizimning boshqa 
davlatlarning o‘lchashlar birliligini ta'minlash tizimlari va xalqaro organlar bilan 
o‘zaro hamkorligi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, 
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, «O‘zstandart» agentligining 
normativ hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi. Davlat metrologik nazorati va 
tekshiruvi sohasida qo‘llanilayotgan o‘lchash vositalarining Davlat Reestrini, 


metrologik ta'minot bo‘yicha standartlar Davlat Reestrini, akkreditlangan 
metrologik xizmatlar va metrologik laboratoriyalar Davlat Reestrini yuritish, Tizim 
bo‘yicha tashkiliyuslubiy hujjatlarning kelishuvi, boshqa davlatlarning o‘lchashlar 
birliligini ta'minlash Davlat tizimlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shu jumladan, 
sinovlar natijalarini o‘zaro tan olish, tur tasdiqlanishining sertifikatlari va 
metrologik shahodatlash masalalari bo‘yicha, shuningdek o‘lchash vositalarini 
qiyoslash uslublarini, o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati va 
tekshiruvini amalga oshirish vazifalari «O‘zstandart» agentligi zimmasiga 
yuklatilgan. 

Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha respublika Markazi: 

o‘lchash vositalari turini tasdiqlash bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish; 

o‘lchash 
vositalarini metrologik shahodatlash, o‘lchash vositalarini qiyoslash; 

metrologik 
xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari o‘lchash vositalarining sinovlari va 
qiyoslashlarini o‘tkazish huquqini beruvchi akkreditlashni tashkil etish va 
o‘tkazish; o‘lchashlarni bajarish uslublari va metrologik faoliyatning boshqa 
muayyan turlarining davlat metrologik nazoratini amalga oshiradi. 
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti 
belgilangan ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash (qayta tayyorlash)ni 
ta'minlaydi va qonunlashtiruvchi metrologiya bo‘yicha ishlab chiqilayotgan soha 
normativ hujjatlarining kelishuvida qatnashadi, metrologik xizmatlari va sinov 
laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha hujjatlar ekspertizasini o‘gkazadi. Aloqa, 
axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida metrologik 
ta'minot masalalari O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 
tartibga solinadi va muvofiqlashtiriladi. O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va 
telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari 
quyidagilar hisoblanadi: - Metrologiya qonun hujjatlari, o‘lchov vositalari turining 
attestasiyasi va tan olinishi masalalari bo‘yicha «O‘zstandart» agentligi bilan 
o‘zaro hamkorlik, Tizim tarkibini shakllantirish va uning qatnashchilarining 
faoliyatini koordinatlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish; - Aloqa sohasidagi 
mintaqaviy hamdo‘stlik va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan Tizimning qoida va 
me'yorlarini rivojlantirish hamda uyg‘unlashtirish masalalari bo‘yicha o‘zaro 


hamkorlik qilish; - umumsoha xarakteridagi masalalarni hal etish, aloqa va 
axborotlashtirish sohasida o‘lchashlar birliligini ta'minlashda texnik siyosatni 
ishlab chiqish; - soha metrologik ta'minotining qonun hujjatlari bazasini ishlab 
chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish 
Agentligi qoshidagi standartlashtirish bo‘yicha Texnik qo‘mita quyidagilarni ishlab 
chiqadi: - metrologiya qonun hujjatlari hamda aloqa va axborotlashtirish sohasi 
xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarining metrologik ta'minoti borasidagi strategiyani; - 
xalqaro standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirilgan normativ hujjatlarni ishlab 
chiqish, amaldagi normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish yoki ularni bekor 
qilish, chet el standartlaridan Tizimni takomillashtirish maqsadida foydalanish 
bo‘yicha tavsiyalarni tayyorlaydi; - aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya 
texnologiyalari sohasida metrologik xizmatlarning tashkiliy sxemasini 
takomillashtirish va shakllantirish bo‘yicha tavsiyalarni tayyorlaydi. O‘zbekiston 
Respublikasi Aloqa vazirligi (hozirda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish 
agentligi)ning 1997 yil 11 iyuldagi 225-son buyrug‘iga asosan UNICON.UZ 
markazi qoshida Asos metrologiya xizmati tashkil qilindi. Asos metrologiya 
xizmati Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasining 
xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarini metrologik ta'minoti vazifalarini amalga oshirish 
bo‘yicha ishlarga ilmiy-texnik va tashkiliyuslubiy rahbarlikni amalga oshiradi. 
Asos metrologiya xizmati nizomga muvofiq o‘lchash vositalarining soha reestrini 
yuritadi, « Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida 
qo‘llash uchun tavsiya qilingan o‘lchash vositalari katalogi»ni har yili yangilaydi. 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasidagi 
Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi qoshida faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Qonun hujjatlari va normativ aktlar, davlat va soha standartlari talablarini bajarish 
va ularga rioya qilish, lisenziya shartlari va aloqa va axborotlashtirish sohasida 
taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini ta'minlash bo‘yicha Davlat nazorat organi 
bo‘lib Davlat aloqa inspeksiyasi hisoblanadi. Tizim ishtirokchilarining asosiy 
vazifalari ular to‘g‘risidagi belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan 
nizomlarga muvofiq aniqlanadi.


1906 yil elektrotexnika sohasidagi xalqaro darajadagi ishlarni standartlashtirish 
maqsadida dastlabki xalqaro tashkilot tashkil etildi, ushbu tashkilotga 15 ta 
mamlakat vakillari ishtirok etdi, hamda tashkilotni xalqaro elektrotexnika 
komissiyasi (IEC) deb nomlandi. 1946 yilda Londonda uchrashgan 25 davlat 
delegatsiyasi “standartlar sanoatining umumlashuvini hamda o‘zaro 
muvofiqliligini ta’minlashga qaratilgan” barcha maqsadlarni o‘zida qamrab olgan 
yagona xalqaro tashkilot tizishga qaror qilishdi. Yangi tuzilgan tashkilotni Xalqaro 
Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) deb nomlashdi, va ushbu tashkilot 23 fevral 
1947 yildan rasman faoliyat yurita boshladi. ISO qisqartmasi Greekcha isos 
so‘zidan “tenglik” degan ma’noni beradi. Shuning uchun qaysi davlat yoki qanaqa 
tilda bo‘lishidan qat’iy nazar tashkilotning nomi qisqacha ISO tarzida yuritiladi. 
Hozirgi kunda 148 davlatning MSTsi ISO ning tarmog‘i hisoblanadi, 
muvofiqlashtirish tizimining markaziy sekretariati Shvetsariyaning Geneva 
shahrida joylashgan. ISO nodavlat (nohukumat) tashkilot hisoblanadi.2 MEK 
elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, televidenie, telekommunikasiya, priborlar 
yaratish sohalari bo‘yicha shug‘ullanadi. 1975 yildan boshlab MEK tavsiyalari 
xalqaro standartlar statusini oldi. MEK standartlari elektrotexnik jihozlar va 
elektron qurilmalarni eksport qilishda qo‘llaniladi. Hozirda 41 ta milliy komitetlar 
MEK ning a'zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda er kurrasining 80 % aholisi 
yashab, dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvutining 95 % ning 
iste'molchilari hisoblanadi. MEK ning oliy rahbar idorasi MEK kengashi 
hisoblanadi. Unda eng yuqori 2 Andrew Sabak and P.Makinen, Adobe Acrobat 
Document. Translated by,2012 lavozimida MEK prezidenti turadi va u har 3 yilda 
saylanadi. MEKning ishchi tili bo‘lib, rus, ingliz va fransuz tillari hisoblanadi. 
Qonunlashtiruvchi metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MOZM) 1956 yildan 
beri mavjud va hozirda 50 dan ortiq qonunlashtiruvchi metrologiya bo‘yicha 
Xalqaro hamkorlikni ta'minlash mamlakatlarni o‘z ichiga oladi. Uning asosiy 
vazifasi xalqaro masshtabda o‘lchashlar birliligini ta'minlash, o‘lchash xatoliklarni 
baholash, o‘lchash usullari, terminologiya va shartli belgilashlar bo‘yicha tavsiya 


ishlab chiqishdir. Uning oliy organi - Xalqaro konferensiyadir. Bu konferensiya 
Xalqaro miqyosda o‘lchashlar birliligini ta'minlash amaliyoti bo‘yicha MBMV - 
o‘lchov va tarozi bo‘yicha xalqaro byuro hisoblanadi. MOZM organlari 
quyidagilar: 1. Qonunlashtiruvchi metrologiyaning xalqaro konferensiyasi 2. 
Qonunlashtiruvchi metrologiyaning xalqaro komiteti 3. Qonunlashtiruvchi 
metrologiyaning xalqaro byurosi Bundan tashqari MOZM tarkibida ishchi-texnik 
guruhlar ham faoliyat ko‘rsatadi. Qonunlashtiruvchi metrologiyaning xalqaro 
konferensiyasi har yili bir marta chaqiriladi. Qonunlashtiruvchi metrologiyaning 
Xalqaro komiteti MOZM ning rahbar organi hisoblanadi. MOZM ning shtab-
kvartirasi Parij shaxrida Jenevada esa ISO va MEK tashkilotlarning sekretariatlari 
joylashgan. MKZM-prizidenti va ikki vise-prizidenti olti yil mudatga saylanadi. 
MKZM-majlisi har ikki yilda chaqiriladi. MOZM ning ijro organi bo‘lib MBZM 
(qonunlashtiruvchi metrologiya xalqaro byurosi) hisoblanadi. Byuro shtati MOZM 
ga a'zo davlatlar a'zolik badali hisobiga saqlanib turadi. Byuro MOZM ning 
sekretariati vazifasini bajaradi, markaz hisoblanadi hamda MKZM majlisi va 
konferensiyalarini tayyorlaydi. Sekretariatma'ruzachilardan tashqari “Ishchi 
guruhi” deb nomlangan guruh har bir mavzu bo‘yicha tavsiyalar loyihasini ishlab 
chiqadi va guruh a'zolari bilan kelishiladi. Milliy idoralarning faoliyatini 
muvofiqlashtirish, savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etish uchun 1992 - yilda 
MDH mamlakatlarining (Boltiq bo‘yi mamlakatlaridan tashqari) standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi (DAK) tuzildi. 
MDH mamlakatlari hukumatlarining boshliqlari 13 mart 1992-yilda 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni 
olib borish to‘g‘risida Bitimga imzo chekdi.

Bu Hamkorlik davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
bo‘yicha milliy idoralarning imkoniyatlarini va boyliklarini birlashtirishga, ilgari 
to‘plangan tajribalar va me'yoriy hujjatlardan birgaliqda foydalanish va ularni 
takomillashtirishga, shuningdek faoliyatning bu sohalarida yagona texnik siyosatni 
amalga oshirishga imkon berdi. DAK ning standartlashtirish, metrologiya va 


sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi idora sifatida ishlari 
MDH da quyidagilarni ta'minlashga qaratilgan: 

yagona me'yoriy baza - davlatlararo standartlar, tasniflagichlar va boshqa 
me'yoriy hujjatlarni qo‘llanish va rivojlantirish;

yagona etalon baza va o‘lchashlar birliligini ta'minlash tizimlarini shu jumladan, 
vaqt va chastotalar, moddalar va materiallarning tarkibi va xossalariga oid standart 
ma'lumotnoma ma'lumotlari davlatlararo xizmatlarini shakllantirish; mahsulot va 
xizmatlarni sinash va sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro tan olish. DAK ning 
texnik siyosati a'zo-davlatlarning standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idoralari, ilmiy-texnikaviy komissiyalari (ishchi 
guruhlari) va standartlashtirish bo‘yicha davlatlararo TQ (texnik qo‘mita) 
tomonidan shakllantiriladi. DAK faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-
texnikaviy komissiyalar yoki ishchi guruhlar, vaqt va chastotaning bir xil 
o‘lchanishini ta'minlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo Bitimni 
bajarish bo‘yicha vakolatli vakillarining Kengashi, shuningdek standartlashtirish 
bo‘yicha 230 dan ortiq davlatlararo TQ doimiy ishlamoqda. Hozirgi vaqtda 
Kengashning ishchi idorasi Minsqda joylashgan standartlashtirish bo‘yicha 
Byurodan iborat. Kengashni rotasiya asosida DAK a'zomamlakatlarining 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idoralarining 
rahbarlari boshqaradi. 

Kengash davlatlararo stavdartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
sohasida qator hukumatlararo bitimlarni tayyorladi va bular MDH mamlakatlari 
hukumat boshliqlarining majlislarida qabul qilingan. Bunday bitimlar jumlasiga 
quyidagilar kiradi:

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan 
siyosatni o‘tkazish to‘g‘risida Bitim (13.06.1992, Moskva); 



Vaqt va chastotani o‘lchash birxilligini ta'minlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida 
Bitim (09.10.1992, Bishkek);

Qiyoslash va metrologik attestatlash maqsadida chegaradan olib o‘tiladigan 
me'yoriy hujjatlar, etalonlar, o‘lchash vositalari va standart namunalarni olib 
o‘tishga bojxona to‘lovlari, soliqlardan va maxsus ruxsatnomalarni berishdan ozod 
qilish to‘g‘risida Bitim (10.02.1995, Almati); 

O‘zaro etkazib beriladigan mahsulotga mehnat muhofazasi bo‘yicha kelishilgan 
me'yorlar va talablarni ishlab chiqish va rioya qilish tartibi to‘g‘risida Bitim 
(12.04,1996, Moskva);

Erkin savdo hududida texnik to‘siqlar bo‘yicha Bitim (20.06.2000, Moskva); 
MDH davlatlarida sayohat sohasida davlatlararo standartlarni va sertifikatlashtirish 
tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha Konsepsiya. 

MDH mamlakatlarida amaldagi texnik qonunlarni uyg‘unlashtirish maqsadida 
DAK da model qonunlar ishlab chiqilgan:

"Standartlashtirish to‘g‘risida" (Parlamentlararo assambleyaning (PAA) 10-yalpi 
majlisida qabul qilingan); "O‘lchashlar birliligini ta'minlash to‘g‘risida" (MDH 
PAA ning 11-yalpi majlisida qabul qilingan).

DAK doirasida quyidagi bitimlar tuzilgan va bajarilmoqda:

Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish va o‘zaro tan olish prinsiplari 
to‘g‘risida (04.06.1992, Krasnodar); 

Davlat sinovlari va xilini tasdiqlash, metrologik attestatlash, o‘lchash vositalarini 
qiyoslash va kalibrlash natijalarini, shuningdek sinovlarni, o‘lchash vositalarini 
qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalarini akkreditlash natijalarini o‘zaro tan olish 
to‘g‘risida (06.10.1992, Toshkent);



Moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalarini yaratish va 
qo‘llanish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida (06.10.1992, Toshkent);

Moddalar va materiallarning fizik konstantalari va xossalari to‘g‘risida 
ma'lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida 
(06.10.1992, Dushanbe); DAK standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar 
(ISO, MEK) va YEvropa Ittifoqi (SYEN) standartlashtirish bo‘yicha tashkiloti, 
standartlashtirish bo‘yicha hududiy tashkilot tomonidan tan olingan va unga ISO 
va MEK da qabul qilingan qoidalarga muvofiq "Standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish bo‘yicha YEvroOsiyo tashkiloti (EASC) nomi berilgan. 
Yuqoridagi nomi keltirilgan tashkilotlar bilan hamkorlik, axborot va me'yoriy 
hujjatlar bilan almashinish va o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish to‘g‘risida 
uzoq muddatli kelishuvlar imzolangan. EASC imzolangan kelishuv (bitimlar) ga 
asosan xalqaro va evropa standartlarini davlatlararo standartlar orqali, EASC ning 
alohida a'zomamlakatlari esa, milliy standartlar orqali qo‘llanish huquqiga ega. Bu 
davlatlararo va milliy standartlarni ham xalqaro, ham evropa standartlari bilan 
yuqori darajada uyg‘unlashtirishga yordam beradi. Bunday huqukdan EASC ning 
a'zo-davlatlari, bu tashkilotlarda a'zolik statusidan qati nazar, foydalanadi. Hozirgi 
vaqtda MDH davlatlararo standartlarining jamg‘armasida 19000 dan ortiq meyoriy 
hujjatlar bor. 1992 - yildan boshlab 3800 dan ortiq davlatlararo me'yoriy hujjatlar 
ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Jamg‘arma DAK ning standartlashtirish 
bo‘yicha Byurosi tomonidan, DAK a'zo-davlatlarning milliy idoralari bilan 
hamkorlikda olib boriladi. Davlatlararo me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda 
ularning talablari xalqaro, hududiy va ilg‘or milliy standartlar bilan 
uyg‘unlashtiriladi.
Bu MDH mamlakatlarining savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikda 
texnik to‘siqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan yagona me'yoriy-texnik ta'minotni 
saqlash uchun sharoit yaratadi, shuningdek DAK a'zodavlatlarda ishlab 
chiqariladigan mahsulotni xalqaro va evropa bozoriga chiqarishga ko‘maklashadi. 


O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy 
tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi 
faoliyat ko‘rsatadi (1-bo‘lim, 2-modda). Respublikada standartlashtirish ishlarini 
tashkil etish, muvofiqlashtirish va tahminlashni: xalq xo‘jaligi tarmoqlarida - 
O‘zbekiston standart-lashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi 
("O‘zstandart" agentligi); qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan 
loyihalash va konstruktsiyalashda - O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va 
qurilish qo‘mitasi ("Davarxitektqurilish" qo‘mitasi); tabiiy resurslardan 
foydalanishni tartibga solish hamda atrof-muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli 
tahsirlardan muhofaza qilish sohasida - O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni 
muhofaza qilish qo‘mitasi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi); tibbiy 
maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy texnika ashyolari, dori-darmonlar sohasida 
hamda respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, shuningdek import bo‘yicha 
respublikaga etkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar 
miqdorini aniqlash masalalarida - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 
vazirligi amalga oshiradi. Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z 
vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni (bundan buen matnda 
"standartlar" deb yuritiladi), shuningdek ushbu Qonunni qo‘llashga doir 
yo‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar. 
"O‘zstandart" agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini 
o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv 
organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl 
va usullarini belgilaydi (1-bo‘lim, 3-modda). "O‘zstandart" agentligi", 
"Davarxitektqurilish" qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va 
respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z vakolatlari doirasida standartlashtirish 
ishlarini bajarishni boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidirlar. Standartlarni 
tasdiklagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg‘armalarini hosil 
qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor istehmolchilarni xalqaro (davlatlararo, 
mintaqaviy) standartlar, O‘zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy 
mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek 


standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy 
axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va 
tavsiyalariga oid axborotlar bilan tahminlaydilar 2. O‘zbekiston Respublikasining 
“Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan. 
Mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan:

O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-Qonuni, 

O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-Qonuni,

O‘zR 10.10.2006 y. O‘RQ-59-son Qonuni Qonun 4 ta bo‘lim, 12 ta moddadan 
iborat. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari (1- bo‘lim, 1-modda) 
quyidagilardir: mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon 
matnda "mahsulot" deb yuritiladi) aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof 
muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida istehmolchilar va davlat 
manfaatlarini himoya qilishdan; mahsulotlarning o‘zaro almashinuvchanligini va 
bir-biriga mos kelishini tahminlashdan; fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, 
shuningdek aholining hamda xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda 
mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan; barcha turdagi 
resurslar tejalishiga ko‘maklashishdan, ishlab chiqarishning texnikiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan; ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va 
loyihalarni amalga oshirishdan; tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa 
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq 
xo‘jaligi obhektlarining xavfsizligini tahminlashdan; istehmolchilarni ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to‘g‘risida to‘liq va 
ishonchli axborot bilan tahminlashdan; mudofaa qobiliyatini va safarbarlik 
tayyorligini tahminlashdan; o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini 
tahminlashdan iboratdir. Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni 
tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar. Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun 


hujjatlari ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun 
hujjatlaridan iboratdir (1-bo‘lim, 4- modda). Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
standartlashtirish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun 
hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Basharti xalqaro shartnoma yoki bitimda 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida tahriflanganidan o‘zgacha qoidalar 
belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi (1-
bo‘lim, 5-modda). Qonunda normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo‘yiladigan 
asosiy talablar (2-bo‘lim, 6- modda) keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasida 
standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llaniladi; xalqaro 
(davlatlararo, mintaqaviy) standartlar; O‘zbekiston Respublikasining davlat 
standartlari; tarmoq standartlari; texnik shartlar; korxona standartlari; xorijiy 
mamlakatlarning milliy standartlari; ma’muriy-hududiy standartlar. 
Standartlashtirish to‘rt muhim darajada amalga oshirilishi mumkin. Bu xalqaro, 
milliy, birlashmasi va kompaniya darajalaridir. Kompaniyani standartlashtirish 
barcha faoliyatni tartibga solishdan, ma’lumotlarni umumiy muvofiqlashtirish va 
hujjatlashtirishdan, muhandislik standartlari, ishlab chiqarish standartlari bilan 
shug‘ullanishdan iboratdir. Ma'muriy va moliyaviy me'yorlar ishlab chiqarish va 
xizmat ko‘rsatish uchun amaliyot kodlari va hatto xarajatlar,anketalar kodlari kabi 
bozor smetasi sifatida faoliyat olib boriladi. Vositalarni standartlashtirish va 
soddalashtirish uchun kompaniya uning operatsiyalari ratsionalizatorlarini beradi. 
Kompaniyani standartlashtirish tartibi Kompaniyani standartlashtirishga tayyorlash 
uchun ta'qib jarayonlari firmalar tomonidan keng farqlanadi Standartlar 
samaradorligini ta'minlash uchun muhim bo‘lgan qat'iy xususiyatlaridan biri keng 
tarqalgan bo‘lib, u hamma uchun umumiy: barcha standartlarning asosi kundalik 
faoliyatida standartlardan foydalanayotgan shaxslarning kelishuvlaridan kelib 
chiqadi. Kompaniyani standartlarini shakllantirish, uch usuldan, ya'ni (a) 
komissiya usuli, (b) maslahat usuli yoki (C) (a) va (b) birikmasidan foydalangan 
holda amalgam oshiriladi.. Ular ishlab chiqilgandan so‘ng, kompaniya standartlari 
kompaniya ichida amalga oshirilishida majburiydir. Kompaniyani 


standartlashtirish afzaliklari: Kompaniyani standartlashtirish quyidagi afzalliklarni 
o‘z ichiga oladi:

Kompaniyani standartlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan muammolarni eng yaxshi 
nusxadagi yechimlarni taqdim etadi. Shu tarzda, vaqt va energiyani tejash, 
shuningdek, murojaatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘ladi.

Kompaniyani standartlashtirish, shuningdek borayotgan vositalar, materiallar 
navlarini tekshirish mumkin. Kompaniya tomonidan ishlatiladigan mahsulotlar 
maksimal iqtisodiyotga erishaga yordam beradi

Bugun har qanday kompaniyaning mehnat aylanmasining adolatli miqdori bor. 
Aynan shuning uchun vaqt mobaynida kompaniya tomonidan qozonilgan tajribalar 
hali ham o‘z kuchuni yo‘qotmagan.Kompaniya standartlari uni hujjatlashtirish 
tomonidan qimmatli tajribaga ega, bu kompaniya standartlar shaklida bo‘ladi. Shu 
tarzda, tajriba har doim korxona doirasida qolmog‘i lozim. Kompaniya standartlari 
milliy standartlar sifatida qabul qilishi kerak. Korxonalar faqat o‘z standartlariga 
murojaat qilishi kerak, milliy yoki xalqaro standartlar mavjud emas. Davlat yagona 
va uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi. 
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek 
standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari 
ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llash tartibi "O‘zstandart" 
tomonidan belgilanadi. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy 
mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar 
O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq 
qo‘llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida 
qo‘llash tartibini "O‘zstandart" va davlat boshqaruvining boshqa organlari o‘z 
vakolatlari doirasida belgilaydilar. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha 


to‘sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim. Standartlashtirishga doir normativ 
hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga 
asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi 
lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to‘sqinliklarni vujudga 
keltirmasligi lozim. Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya 
qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya 
qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini 
tahminlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, anhanaviy 
texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab 
qo‘yiladi. Istehmolchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar va 
ularga kiritilgan o‘zgartishlar "O‘zstandart" organlarida haq olmasdan davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. "O‘zstandart" organlarida ro‘yxatdan o‘tgan 
standartlashtirishga doir normativ hujjatlar davlat axborot jamg‘armasini tashkil 
etadi. Mahsulotning atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga 
xavfsizligini tahminlash uchun, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-
biriga mos kelishi va o‘zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari 
birligi va tamg‘alash birligini tahminlash uchun standartlarda belgilanadigan 
talablar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan 
belgilanadigan boshqa talablar davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik faoliyati 
subhektlari rioya etish uchun majburiydir. Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab 
chiqarish va etkazib berish shartnomasiga kiritilgan, qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan o‘zga talablar ham belgilab qo‘yilishi mumkin. Import mahsulot, basharti 
u O‘zbekiston Respublikasida amal qilayottan standartlarning majburiy talablar 
qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, etkazib berilishi va belgilangan 
maqsadda ishlatilishi mumkin emas. Standartlashtirishga doir normativ 
hujjatlarning sertifikatlashtirishda qo‘llanilishi (2-bo‘lim, 7-modda) bo‘yicha 
talablar mahlumotlar keltirilgan bo‘lib, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 
majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotni standartlashtirishga doir 
normativ hujjatlar sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya etiladigan 
talablarni, shuningdek ushbu talablarga muvofiqlikni nazorat qilish va sinash 


usullarini o‘z ichiga olishi lozim. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur 
turini sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoida va tartiblarga muvofiq 
qo‘llanilishi lozim. Qonunning 3-bo‘lim 8 va 9-moddalarida davlat nazorati 
organlarining standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat 
nazoratini amalga oshirishlari hamda davlat inspektorlari, ularning huquqlari va 
javobgarliklari to‘g‘risida mahlumotlar keltirilgan. Standartlashtirish to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik tafsilotlari 3- bo‘lim, 10-moddada 
berilgan bo‘lib, ushbu Qonun qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan yuridik va 
jismoniy shaxslar, shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari 
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi aytib o‘tilgan. Davlat 
yo‘li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy 
tahminoti bo‘yicha 4-bo‘lim, 11-moddada quyidagilar keltirilgan. 
Standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlar, xususan: xalqaro (davlatlararo, 
mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini 
ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish; aniq standartlashtirish obhektlari 
bo‘yicha qonun hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek standartlarning tarkibiy 
tashkiliy-texnik va umumtexnik majmuilarini ishlab chiqish va ularning amal 
qilishini tahminlash; texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish, ular 
to‘g‘risida rasmiy axborot tayyorlash va nashr etish, shuningdek ularni barcha 
manfaatdor foydalanuvchilarga yuborish; standartlashtirish bo‘yicha umumdavlat 
ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o‘zga isharni olib borish; standartlarning 
majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish; standartlar 
fondini, texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlarini, xalqaro (davlatlararo, 
mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini
xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini, shuningdek standartlarga muvofiqlik 
belgisi bilan tamg‘alangan mahsulot va xizmatlar Davlat reestrini shakllantirish 
hamda yuritish; standartlashtirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi aniqlaydigan o‘zga ishlar davlat yo‘li bilan moliyaviy tahminlanishi 
shart. Nashr qilingan (qayta nashr etilgan) standartlarni, texnik-iqtisodiy axborot 
klassifikatorlarini, mahsulot va xizmatlar Davlat reestriga kiritilgan, standartlarga 


muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alangan mahsulot va xizmatlarning nashr qilingan 
(qayta nashr etilgan) katalogini sotishdan belgilangan tartibda olinadigan 
mablag‘lar, shuningdek ushbu Qonun qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan 
jarima mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
belgilaydigan tartibda davlat nazorati organlariga yo‘llanadigan qismi ham 
standartlashtirish, standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat 
nazoratiga doir ishlarni moliyaviy tahminlash manbalari bo‘lishi mumkin. 
Respublika byudjeti mablag‘laridan to‘liq yoki qisman tahminlanadigan davlat 
dasturlarini ishlab chiqishda mahsulot sifatini normativ jihatdan tahminlash 
bo‘limlari nazarda tutilishi lozim. Standartlar qo‘llanilishini rag‘batlantirish (4- 
bo‘lim, 12-modda). Davlat standartlarga, shu jumladan istiqbolga mo‘ljallangan, 
anhanaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablarni 
o‘z ichiga olgan standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alangan mahsulotni 
ishlab chiqaradigan xo‘jalik faoliyati subhektlari iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishi va 
rag‘batlantirilishini kafolatlaydi. Mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan 
va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini olgan 
xo‘jalik faoliyati subhektlarini iqtisodiy qo‘llabquvvatlash va rag‘batlantirish 
chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi. Standartlashtirish bo‘yicha davlat nazorat organlari va obyektlari. 
Xo‘jalik faoliyati subyektlari standartlarning majburiy talablariga, 
standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etishi ustidan davlat 
nazoratini "O‘zstandart" agentligi, "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi, Davlat tabiatni 
muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy 
organlari, shuningdek boshqa maxsus vakil kilingan davlat boshqaruv organlari o‘z 
vakolatlari doirasida amalga oshiradilar (3-bo‘lim, 8- modda).



Yüklə 333,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin