E lektron
K ompanentalar (EK) oyoqlari uchun teshiklarni, qora
doiralar esa O‘K larini bildiradi. Olti oyoqchali Chipni, uch bosqichda ulash uchun
o‘tkazgichlarni trassirovka qilish (1 -bosqichda D2 va D5, 2 -bosqichda D3 va D4,
3 –bosqichda D1 va D6 juftliklarini bog‘lash uchun simlar o‘tkaziladi) mumkin
bo‘lib, natija 3.1 -rasmda ko‘rsatilgan. Bunday holda, trassirovka tavsiyaga amal
qilmasdan bajarilganligi sababli, natijada oltita O‘K lari yaratilgan.
Agar yuqoridagi tavsiyaga rioya qilinsa, trassirovka varianti 3.2 -rasmda
ko‘rsatilganidek bo‘lishi mumkin.
Tavsiyaga rioya qilish natijasida O‘K soni 4 taga kamaydi. Bu boshqa
o‘tkazgichlarni erkin joylashtirish, plata ishlab chiqarishdagi amallalar sonini
kamaytirish va teshiklarni metalllashtirish uchun materiallarni tejash imkonini
beradi.
Planar UK ga ega EK o‘tkazgichlarning trasirovkasi boshqacha: UKga
parallel ravishda keladigan barcha o‘tkazgichlar ushbu komponentning qarama-
qarshi tomonidan o‘rnatilish amalga oshiriladi, UK bilan o‘tkazgichlarning
chiqishi uchun joy qolishi uchun. EK sirtda o‘rnatish yondashuviga misol 3.3.-
rasmda keltirilgan
37
3.1 -rasm. Tavsiyaga rioya qilishning trassirovka qilishga misol
3.2 -rasm. Tavsiyaga rioya qilingan trassirovka variantiga misol
Shuni tushunish kerakki, o‘tkazgichning kichik bo‘lagi tufayli qoidani
bumaslik uchun O‘K sonini ko‘paytirish kerak emas. Lekin, bu dastlabki
bosqichda (qo‘lda elektr manba zanjirlarini ulashda) avtotrassirovkada yomon
natijaga berib, ko‘p mexnat talab qiladigan, qo‘lda trasirovka qilishga olib keladi.
Shu sababli, avtotrassirovkada qiyinchiliklar yuzaga keltirganidan ko‘ra, nisbatan
ko‘proq O‘K bo‘lgani maquldir (final tahrirda olib tashlashi mumkin).
38
3.3-rasm. Planar UK ga yaqinlashganda o‘tkazgichlarni trassirovka misoli.