Kompetensiya hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan



Yüklə 26,92 Kb.
tarix30.12.2021
ölçüsü26,92 Kb.
#49214
Ijtimoiy komptensiya


Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan

muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.



Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va

olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal

qilish uchun foydalanish.

Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:

· jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;

· ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

· nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;

· bilish jarayonining rivojlanishi;

· ijodiy rivojlanish.

Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi sohasida

bolalarga mashg‘ulotlarni mujassamlashtirish, hayot bilan bog‘lab olib borish,

bolalarda o‘z-o‘zini xavfli kasalliklardan,noxushliklardan himoya qilish

ko‘nikmalarini rivojlantirish ishlari olib boriladi.

Ijtimoiy-hissiy rivojlanishda bolalarga asosan hikoyalar va ertaklar asosida bir-

biriga nisbatan altruizm, g‘amxo‘rlik, yordam berish,  mehr-oqibat, atrofidagilar va

oila a’zolarga ijobiy munosabatning shakllanishi ko‘zda tutiladi. Shuningdek,

muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmalari rivojlantiriladi.

Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari nutq o‘stirish, tevarak – atrof bilan

tanishtirish, tasviriy faoliyat bilan shug‘ullanish, badiiy adabiyot mashg‘ulotlarida

nutq, muloqot, kommunikatsiya, o‘qish va yozish malakalari rivojlantiriladi.
Bilish jarayonining rivojlanishi - maktabgacha ta’limda barcha faoliyat

davomida amalga oshiriladi. Bunda bolaning intellektual imkoniyatlari

rivojlantiriladi. Mashg‘ulotlar, mashg‘ulotlardan tashqari tadbirlar, sayohatlar

davomida bolalarning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari qondirib boriladi. Bu ishlar asosan,

matematik tasavvurlarni rivojlantirish, atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va

olingan bilim, ko‘nikma va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish

uchun foydalanish malakalari rivojlantiriladi.
Ijodiy rivojlanish- bolalarda dunyoni badiiy his qilish va unga estetik

munosabatda bo‘lish hislari shakllantiradi. Bu ishlar musiqiy hamda ma’naviy-

ma’rifiy tadbirlarda amalga oshiriladi. Shuningdek, tasviriy faoliyat, musiqa va

applikatsiya mashg‘ulotlarida bolalar ijodiy jihatdan rivojlantiriladi. Bu rivojlanish

natijasida bolada hayotiy vaziyatlarni oqilona hal etish malakalari ham shakllanadi.

Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini o‘qitish o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu

yoshda yechilishi kerak bo‘lgan vazifalar bog‘chada hal qilinmasa, maktab ta’limi

samarali va muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Bu vazifalardan biri oddiy bilimlar va tafakkur

usullaridan murakkab bilimlarga o‘tishdan iborat. Bu xildagi o‘tish saviyasi, ayniqsa,

matematik bilimlarni egallash uchun zarurdir. Bunday saviyaning yetarli bo‘lmasligi

ko‘pgina qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi.

Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o‘qitishda oddiydan

murakkabga o‘tish saviyasining mazmuni quyidagilarni tashkil etadi:

Birinchidan, bola shunday faoliyat va masalalarni o‘zlashtirishi kerakki,

ularda matematik operatsiyalarni qo‘llashning zarurligi yaqqol ko‘rinib turadi.Bunda

bolada ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan

muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahoratini

rivojlantirish zarur. Bola o‘ziga tushunarli bo‘lmagan vaziyatlardan kattalar yordami

bilan chiqa oladi. Bu bir tomondan, bolaningamaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq

(tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday

shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay

turib, (masalan, fazoda ajratib qo‘yilgan ikki to‘plamni amalda tenglashtirish va

solishtirish) amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi.

Ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarni ajratish kerakki, bu

munosabatlarni qo‘llashi bolaga aniq buyumlardan matematik ob’ektlarga o‘tish

(masalan, buyumlarni ma’lum belgilari bo‘yicha guruhga kiritishva shu asosda

to‘plam munosabatlarini, qism-butun munosabatlarni hosil qilish) imkonini beradi.

O‘yinchoqlar, turli geometrik shakllardan foydalanib mashg‘ulot o‘tish bolalarning

bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydi. Ularda o‘yin kompetensiyasi

rivojlanadi.


Uchinchidan, maktabgacha tayyorlov guruhi bolalari o‘z nutqida matematik

amallarni qo‘llashda anchagina qiynaladilar. Bolada kommunikativ

kompetensiyalarni rivojlantirish maqsadida har bir mashg‘ulotlarda bolalarda

matematik nutqni rivojlantirishga erishish muhim. Bunda matematik atamalarni

boshqa turdagi mashg‘ulotlarda qo‘llash ham yaxshi natija beradi.

Integratsiyalashgan mashg‘ulotlar bolalarga yozish, hisob-kitob, rasm chizish hamda

og‘zaki nutqni rivojlantiribgina qolmasdan, ularning 1-sinfga aqliy jihatdan tayyor

holda kelishini ta’minlaydi.

To‘rtinchidan, bolada bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda

idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy

vazifalarni hal qilish uchun foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarur. Bu

ko‘nikmalar asosida bolalar maktabda daftar kataklariga raqamlarni yozishga

qiynalmaydilar. Tarbiyachi tomonidan to‘g‘ri tashkil etilgan matematika

mashg‘ulotlari va mashg‘ulotlardan tashqari amaliy ishlar maktabda raqamlarni

yozishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun zamin yaratadi. Bunda tarbiyachilar

raqam elementlarini yozishni o‘rgatishlari lozim. Buning ham turli usullari mavjud.

Raqam elementlarini yozishda raqamlarni buyumlarga o‘xshatish yaxshi natija

beradi. Masalan, 1 raqami barmoqqa, ikki soni oqqushga o‘xshaydi va h.k.

Davlat talablariga binoan, 6-7 yoshli bolalar hayotda

-

son va sanoqning ahamiyatini tushunishi;



geometrik shakllar va figuralarni bilishi;
20 gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni bajarishi;

10 gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalarni yechishi (son va

belgilarni qo‘llagan xolda +, -, =);

-

son qatori haqida tushunchaga ega bo‘lishi,



guruhlarni teng yoki teng emasligini tahlil qilishi (qanchaga ko‘p?, qanchaga kam?);

-hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma ketlikda joylashtira olishi;

-shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchay olishi kerak.

Bolada son va sanoqning ahamiyatini tushuntirish ishlari matematika

mashg‘ulotlarida va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda olib boriladi.

Mashg‘ulotlarda berilgan nazariy materiallar sayr, nutq o‘stirish mashg‘ulotlari,

tasviriy faoliyat, badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida, shuningdek, ota-

onalar bilan hamkorlik asosida uyda va bog‘chadan tashqarida  (do‘konda, bozorda...)

mustahkamlanadi.

Geometrik shakllar va figuralar bilan tanishtirish ham mashg‘ulotlardan

tashqari didaktik o‘yinlar, pazllar, geometrik shakllar asosidagi grafik diktantlar

orqali mustahkamlanishi kerak. Shuningdek, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini

mujassamlashtirish davomida geometrik shakllar asosida naqshlar chizish, bir necha

shakllar yordamida yaxlit jismlarni tayyorlash, applikatsiya mashg‘ulotlarini

integratsiyalash yordamida geometrik shakllar to‘g‘risidagi tasavvurlar boyitiladi.

Shuningdek, geometrik shakllar bilan tanishtirishda dutor, rubob, nog‘ora, doira,

tanbur, chang kabi o‘zbek xalq cholg‘ularining har birini tavsifidan foydalanish katta

ahamiyatga ega. Bunda bolalarga milliy-ma’naviy qadriyatlar haqida xam

ma’lumotlar berib boriladi.

20 gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni bajarish malakalari

ko‘rgazmalar, didaktik o‘yinlar yordamida rivojlantiriladi. Bolalar 20 ichida sodda

matematik amallarni bajaradilar. Ular 20 gacha sanash va teskari sanash, 20 ichida

raqamlar ketma-ketligi, ularning qo‘shnilarini biladilar.

10 gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalarni yechishi (son


va belgilarni qo‘llagan xolda +,  -,  = ) - didaktik o‘yinlar, mashg‘ulotlar va

ko‘rgazmali qurollar  (stol bosma o‘yinlari, sodda masalalar, raqamlar kassasi)

yordamida o‘rgatiladi.
Son qatori haqida tushunchaga ega bo‘lishi avvalambor bolaning son va

raqamlar, ularning mazmun-mohiyati, nimani anglatishi, sonlarning o‘ng va chap

tomon qo‘shnilarini o‘rgatish, kichik sonlardan katta sonlar tomon o‘sib borish va

kamayib borish tartibi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish orqali o‘rgatiladi.

Guruhlarni teng yoki teng emasligini tahlil qilishi malakalari (qanchaga
ko‘p?, qanchaga kam?)–to‘plam, solishtirish, munosabat tushunchalarishakllanishi

asosida quriladi. Bu tushunchalarni shakllantirishda ham ota-onalar bilan hamkorlik,

bolani o‘rab turgan atrof-muhit, olingan bilimlarning tasdig‘ini amaliy faoliyatda

ko‘rish, avvalambor, guruh va to‘plam tushunchalarini ongli bilish asosida ularni

solishtirish, bir-biridan farqlash malakalari rivojlantiriladi.
Hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma-ketlikda
joylashtira olishi – asosan, qurish-yasash, konstruksiyalash, matematika va

geometriyaga oid didaktik o‘yinlar yordamida rivojlantiriladi. Shu bilan birga bu

tushunchachalar ko‘chada sayohat davomida mashinalar, yo‘l va trotuarlar, binolar,

kundalik turmushda uchraydigan narsa va buyumlar,meva va sabzavotlarni

solishtirish asosida o‘rgatiladi.

Shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchay olish

malakalari asosan, tajriba va amaliy ishlar davomida rivojlantiriladi.  Bolaning

anglash va sezish ko‘nikmalari asosida suyuqliklar (suv, sut...larni bankalarga stakan,

plastmassa idishchalar yordamida o‘lchab solish),  sochiluvchan moddalar (qum, un,

tuz, shakar...)ni bilishi, qattiq jismlarni boshqa materiallardan farqlashi ularni o‘lchay

olishi asosan, tajribalar asosida amalga oshiriladi. Bu ishlarni ochiq havoda, qum,

tuproq, maxsus gil yordamida sochiluvchan materiallarni o‘lchash imkoniyatlari

kengaytiriladi.

Darhaqiqat, bolani maktabga tayyorlash murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki

bolaning 1-sinfga tayyor holda borishi nafaqat ustozlar, balki oilaning yoshi katta

a’zolari, ota-onalar zimmasidagi eng mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. Maktabgacha

ta’lim muassasalari bolalarida Davlat talablari asosida matematik tasavvurlarni

shakllantirish ishlariga metodik muammo sifatida e’tibor qaratilishi va mavjud

muammolarning bartaraf etilishi  maktabgacha ta’limning sifatli va samarali

bo‘lishini ta’minlaydi .

1.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalarning
matematik tasavvurlarini rivojlantirishning hozirgi holati.

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Avvallari bu

tizim  jamiyatning  turli  sohalarida  mehnat  qilayotgan  ota-onalarning  ijtimoiy

faoliyati  uchun  shart-sharoit  yaratishgagina  xizmat qilgan  bo‘lsa,  endilikda

maktabgacha ta’lim muassasalarining  ish  mazmuniga  qo‘yilgan talablar  xam

o‘zgartirildi.  Asosiy  vazifalardan  biri   kichkintoylarni maktab bosqichida o‘qishga

tayyorlashdir.Yosh  avlodni  o‘z  xalqi,  jamiyati  va  yurtiga  fidoiylik  ruhida

kelajak taqdiri uchun mas’ullikni his eta oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va

qadriyatimizga hurmat va asrab  avaylash ruhida  tarbiyalash jamiyatimiz oldida

turgan kechiktirib bo‘lmas vazifa ekan, bu barcha ta’lim-tarbiya ishi  bilan

shug‘ullanuvchi  xodimlardan  katta mas’uliyatli ishlarni  bajarishni talab etadi.

O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi  uzluksiz ta’limni bir

butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar  tayyorlash  sifatiga

qo‘yiladigan  talablarni  yanada  oshirdi. Yana shunga bog‘liq holda Respublikadagi

pedagogika oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim va tarbiya  jarayonini  takomillashtirish

masalasi  dolzarb  masalaga aylandi. So‘ngi  yillarda mamlakatimizda  maktabgacha

ta’lim muassasalarida  matematika  o‘qitish  o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan

nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgartirishlar amalga oshirildi.

Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi maktabgacha ta’lim

muassasalarida matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi.

Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida  matematik  ta’lim  berish

usulining mazmuni quyidagilardan iborat:

1.  Matematika  o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (Nima uchun

matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).

2.  Maktabgacha ta’lim muassasalarida matematika o‘qitish mazmunini ilmiy

ishlab chiqish (nimani o‘rgatish?).  Ya’ni, bolalarga  bilimlar  qanday  berilganda,  bu

bilimlar  hozirgi  zamon   talablariga  mos keladigan bo‘ladi.

3.    Matematik    bilim    berish    usullarini    ilmiy    ishlab    chiqish    (qanday  o‘qitish

kerak?),  ya’ni  bolalar  hozirgi  kunda  zarur  bo‘lgan  bilimlarni, malakalarni,

ko‘nikmalarni  va  aqliy   faoliyati,  qobiliyatlarini  egallab oladigan  bo‘lishlari

uchun  o‘quv  ishlari  metodikasi  qanday  bo‘lishi  kerak? Matematik  bilimlarni

egallash    jarayonida    bolalar    shaxsining      rivojlanishi  va  shakllanishini  amalga

oshirish uchun qanday o‘qitish kerak?

4.    Matematik    bilim    berish    vositalarini      darsliklar,    didaktik  materiallar,

ko‘rsatma-qo‘llanmalar, pedagogik texnologiyalar  va  texnik  vositalarni  ishlab

chiqish (nima yordamida o‘qitish).

5.    Ta’limni    tashkil    qilishni    ilmiy    ishlab    chiqish    (darsni    va  ta’limning

mashg‘ulotdan tashqari shakllarini qanday o‘tkazish?) Mashg‘ulot ishlarini  qanday

tashkiliy  metodlarda  o‘tkazish  kerak?  Mashg‘ulot jarayonidagi  ta’limiy  va

tarbiyaviy  masalalarni  qanday  qilib yanada samaraliroq hal qilish kerak?).

Bolalarga bilim berish maqsadlari,  metodlari,  vositalari va shakllari metodik

tizimning asosiy komponentlaridir.

Mashg‘ulotlar  o‘quv  yili  boshidan  boshlab  haftasiga 1 martadan  (1 yilda  36

marta) o‘tkaziladi. Sentabr oyida bir  mashg‘ulotning davomiyligi  10  minutdan

oshmasligi  kerak.  Oktabr  oyidan  boshlab mashg‘ulot davomiyligi sekin-asta 15

minutga yetkaziladi. O‘rta guruhda mashg‘ulotlar sentabr; oyidan boshlab, haftasiga

1  marta  o‘tkaziladi.    Mashg‘ulot    20    daqiqa    davom    etadi.    Yil    davomida  36  ta

mashg‘ulot o‘tkaziladi. Bolalar harakatli-ko‘rsatmali shaklda berilgan o‘quv

materiallarini yaxshi  o‘zlashtiradi.  5  yoshga  qadam  qo‘ygan  bolalarni  o‘qitishda

didaktik o‘yinlardan  keng  foydalanish  kerak.  Topshiriqlarning bajarilish jarayonida

tarbiyachi bolalarni o‘z harakatlarini  (nima  qilganlarini  va qanday  qilganlarini,

natijada  nima  hosil  bo‘lganini)  tushuntirib berishga undaydi. 6  yoshli  bolalarda

o‘z  xulq-atvorini  boshqarish  qobiliyati  paydo bo‘ladi; erkin  xotira,  diqqat

rivojlanadi. Shu  yoshda  topshiriqni  bajarishga, o‘z  ishiga ijobiy baho olishga

intiladilar. Ular o‘quv topshiriqlariga katta qiziqish  bilan qaraydilar. Bolalar  katta

guruhda birinchi o‘nlik sonlarini yaxshi o‘zlashtirishlari kerak.  Har  xil  buyumlar

to‘plamini  sanash, ularning qatorda kelish tartiblarini aniqlash jarayonida sonlar

mohiyatini  o‘zlashtirish amalga  oshiriladi. Bolalar  bilan  bajariladigan  hamma

ishlar  ular  oldingi bosqichlarda olgan bilimlar va ularni hisobga olish  asosida

tashkil  qilinadi.  O‘rganishni o‘tilganlarni  takrorlashdan  boshlash  kerak. Har  qaysi

yangi  bilim oldin  o‘zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritilishi zarur. Mashqlar

miqdori  yetarli  bo‘lgandagina bolalarda  puxta  malaka  va  ko‘nikmalar shakllanishi

mumkin.  Bolalarni  buyumlar,  o‘yinchoqlar,  geometrik figuralar,  kartochkalar  va

rasmlardagi  tasvirlarni  sanash  (qayta  sanash, qo‘shib  sanash,  ajratib  sanash)ga,

ob’ektlar  miqdorlarini  sezish  bilan aniqlashga mashq qildirish kerak. Mazkur

guruhda haftada 1 tadan mashg‘ulot o‘tkaziladi. Maktabga tayyorlov guruhi bola 7

yoshga qadar son, buyumlarning shakli va  kattaligi  haqida  nisbatan  ko‘proq

bilimlarni  o‘zlashtirgan  bo‘lishi, fazoda (2 va 3 o‘lchovli) va vaqt bo‘yicha mo‘ljal

ola bilishi kerak. Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga ustivor (turg‘un)

qiziqish, ulardan  foydalanish  malakasi  va  ularni  mustaqil  egallashga  intilishni

tarbiyalashga  harakat  qilishi  kerak.  Shu  yoshda  bolalarda mustaqil fikrlashni,

fazoviy tasavvurni rivojlantirish, ayniqsa, muhim. Maktabgacha tayyorlov guruhi

uchun elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishda  bolalarning  oldingi

bosqichlarda  olgan  bilimlarini sistemalashtirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni

nazarda tutadi. Elementar matematika mashg‘ulotlari oldida bir qator maqsadlar

qo‘yilgan. Bular: ta’limiy, tarbiyaviy va amaliy maqsadlardir.

Ta’limiy maqsadlar quyidagilardan iborat. Bolalarga  real  olamdagi  yuz

beradigan  eng  sodda  xodisalardagi miqdoriy  nisbatlarni  tushunishga  va  olamdagi

fazoviy  shakllarni, ularning joylashishlarini,  natural  son,  geometrik  shakl,  miqdor

va  boshqa tushunchalar  mavhum,  ammo  ular  real  borliqdagi  narsa va buyumlarga

xos  bo‘lgan bog‘lanish va munosabatlarni aks ettiradigan hajmdagi bilimlar berish.

Bu bilimlar  fazoviy  tasavvurlarni  rivojlantirishga, mantiqiy fikrlay bilishga yordam

berishi kerak. Shuningdek, matematika mashg‘ulotlari  bolalarda  o‘z  ona  tilida

xatosiz  so‘zlashga,  o‘z fikrini  aniq  va  ravon  qilib  bayon  eta  bilishga, o‘z nutqida

matematik terminlarni to‘g‘ri qo‘llashga yordam  berishi kerak.  Matematik nutqda

aniqlikka  rioya qilish va har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlata bilish ayniqsa muhimdir.

Bu bolalarni  maktabda  asosiy  fanlardan  bilim  olishga  o‘rgatishda ham zarur.
Tarbiyaviy  maqsadlar:    Matematikaga    doir    bajariladigan    ishlar  bolalarni

boshqa  oladigan  bilimlariga  qaraganda  ko‘proq  sabotlikka, tirishqoqlikka,

puxtalikka,  aniqlikka  o‘z  fikr  va  xulosalarini  nazorat qila  olishga,  ayniqsa

kuzatish,  tajriba  va  fahmlash  asosida  aytiladigan fikrlarining ravon bo‘lishiga

e’tibor berishga odatlantirish kerak. Bu bilan bolalarda matematik  bilimlarga

bo‘lgan      qiziqish,      matematik    masalalarni    sabr      toqat    va    tirishqoqlik    bilan

yechish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Shuningdek, induktiv  va  deduktiv

tafakkurning  boshlang‘ich  ko‘nikmalarini  aqliy operatsiyalarni,  ya’ni  tahlil  qilish,

sintez  qilish,  taqqoslashni, abstraktlashtirish  va  umumlashtirish  qobiliyatlarini

rivojlantirishga, idroklilik  va  ziyraklikni,  fazoviy  tasavvurlarni  va  tafakkurni

o‘stirishga matematika ta’limi  katta ahamiyat kasb etadi.

Matematik  bilim  berishdan  kuzatilgan

amaliy maqsadlar bolalarning

nazariyani amaliyotga bog‘lay olishidan, ya’ni olingan bilimlarni  hayotiy

masalalarni  hal  qilishga qo‘llashda foydalanadilar. Bolalar bog‘chadao‘rgangan

to‘plam  va  son,  kattalik  (miqdor)larning  bir-biriga  nisbati,  eng  oddiy geometrik

shakllar  haqidagi  boshlang‘ich  tasavvurga  ega  bo‘ladilar,  joy  va vaqtni  bilishni

o‘rganadilar va olgan  bilimlarini  o‘zlarining kundalik  mehnat  va  o‘yin

faoliyatida, maishiy  hayotda  uchraydigan matematikaga  doir  savol  va  masalalarni

hal  qilishga  tatbiq  eta  bilish malakalarini hosil qilish kerak. Bu ishlar nafaqat

maktabgacha ta’lim muassasalarida, balki, oilada, tevarak-atrof bilan muloqot

qilishda ham amalga oshadi. Bunday vaqtda bolaga aynan matematik mazmundagi

savollar berish va u savollarga javoblar olish, noto‘g‘ri berilgan javoblarni izohlash

va aslida to‘g‘risi qayday bo‘lishini isbotlab berish maqsadga muvofiq. Shunda

matematik bilimlar asosidagi amaliy maqsadlar to‘laligicha amalga oshiriladi.

 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7

iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” dasturi

asosida bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga

yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

· bilim olishga faol qiziqishni namoyon etishi;

· o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topishi va undan

foydalanishi;

· predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunib, ularni

yaxlit bir butunlik sifatida idrok qilishi;

· raqamlar, hisob-kitobni bilishi va ularni hayotda qo‘llay olishi;

· makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutishi;

· elementar matematik hisoblashlarni amalga oshira olishi;

· atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatishi hamda tadqiq qilishi;

· atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon eta

olishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining Maktabgacha ta’lim

vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar

rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”ga asosan, quyidagi vazifalar belgilandi:

-maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga

qo‘yiladigan talablarni belgilash;

-milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish,

rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

-ta’lim-tarbiyajarayoniga

pedagogikvazamonaviyaxborot-kommunikatsiyatexnologiyalarini joriy etish;

-kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning

samarali integratsiyasini ta’minlash.

Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:

-bolaning  noyobligi;

-«Men» konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;

-Bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;

bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;

-bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga

moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.

Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy

rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik

sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan

(kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat.

 Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:

-jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;

-ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

-nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;

-bilish jarayonini rivojlanishi;

-ijodiy rivojlanish.

«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

-

intellektual-anglashmalakalari;



-

elementar matematik malakalar;



-

tadqiqiy -bilishvasamaralirefleksivfaoliyat.
Yüklə 26,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin