Kreativlik negizida aks etuvchi muhim sifatlar
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi. Xo’sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo’ladi?
Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko’zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo’lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi.
Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagi shartlarga e’tibor qaratish zarur:
ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-quvvatlash;
bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish.
Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to’sqinlik qiladi:
o’zini tavakkaldan olib qochish;
fikrlash va xatti-harakatlarda qo’pollikka yo’l qo’yish;
shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;
boshqalarga tobe bo’lish;
har qanday holatda ham faqat yutuqni o’ylash.
Psixologiyada P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlab chiqilgan. P.Torrensning fikricha, shaxs kreativligi o’zida quyidagi belgilarni namoyon qiladi:
savollar, kamchiliklarga yoki bir-biriga zid ma’lumotlarga e’tiborsiz bo’lmaslik;
muammolarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida ularning echimini topishga intilish.
Bugungi kunda psixologiyada shaxs kreativligi uning faoliyatiga xos ikki jihatga ko’ra aniqlanmoqda. Bunda faoliyatning ikki jihatini yorituvchi testlardan foydalaniladi. Ular quyidagilardir:
Dostları ilə paylaş: |