Kompitensiya asosida tuzilgan Yillik dars ishlanmani to‘liq olishni istaysizmi? Dars ishlanmaning bahosi 25 ming so‘m



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə5/8
tarix31.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#82020
1   2   3   4   5   6   7   8
1-sinf-ona-tili-kom-ya-yillik-konspekt

d) rivojlantiruvchi maqsad:o‘quvchilarning chiroyli va savodli yozishlarini nazorat qilish. .
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish,o‘qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to‘g‘rio‘qiy oladi.

Darsning texnologik xaritasi



T|r

Dars bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O‘quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2

O‘tilgan mavzuni takrorlash

O‘tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.

Savol- javob.

10 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

Tovushlar va harflar

Ko‘rgazmalilik.

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Ona tili daftari bilan ishlash

Husnixat

10 daqiqa

5

Darsni yakunlash vao‘quvchilarni rag’batlantirish

Uyga vazifani tushuntirish

Baholash.

2 daqiqa



I. Tashkilliy qism:
-salomlashish;
– davomatni aniqlash;
- navbatchi axborotini tinglash;
–sinf tozaligini,o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uy vazifasi 2-mashq shartiga ko‘ra tekshirladi.
–So‘zlarning ma’nosini farqlashga xizmat qilayotgan tovushni ayting. Uyga vazifa so‘ralayotganda so‘zlarning adabiy-orfoepik talaffuzi ustida ham ishlanadi: bahor, baho so‘zlarining birinchi bo‘g‘inidagi a tovushini a deb talaffuz qilish to‘g‘ri talaffuz sanalishi, h tovush-harfi imlosi suhbat asosida qayd etiladi. quyidagi savollardan foydalanib darslikdagi qoidao‘quvchilarning javob- lari asosida keltirib chiqariladi:
–Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi? Harflar bilan.

  • Harflarni biz nima qilamiz? – Yozamiz.

– O‘zbek yozuvida nechta harf bor? – 29 ta. Tovushlar harflar bilan ifodalanadi. Harflarni yozamiz, ko‘ramiz vao‘qiymiz. O‘zbek yozuvida 29 ta harf bor.
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
Darslikda berilgan 3-mashqdagi rasm asosida multfilm namoyish etiladi. Unda qish fasli tasvirlangan. Daraxtlar, dalalar qor bilan qoplangan. Bolalar qishki kiyimda qishki o‘yinlar o‘ynayapti. Namoyish tugagach, darslikdagi rasmga aylanadi.

Namoyish tugagach, quyidagi savollar beriladi:
–Rasmda qaysi fasl tasvirlangan? – Qish fasli.
–Qishda tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? – Havo sovuq bo‘ladi, qor yog‘adi.
–Hayvonlar va qushlar qishda qanday kun kechiradi? (Masalan, ayiq issiq inida uyquda bo‘ladi, boshqa hayvonlar yashash uchun kurashadilar.)
–Qishda bolalar qanday o‘yinlar o‘ynaydi? – Bolalar qorbo‘ron o‘ynaydilar, chana va chang‘ida uchadilar.
–Rasmdagi bolalarga ism qo‘ying. ( Bolalar o‘zlari yoqtirgan ismlarni qo‘yadi).
–Kimlar qorbo‘ron o‘ynayapti? – …, …, …lar qorbo‘ron o‘ynayapti.
–Bolalar yana qanday o‘yinlar o‘ynayaptilar? – …, …, …, …lar qorbobo yasashyapti, …, …lar chanada uchyapti.o‘qituvchi darslikdagi savollargao‘quvchilar bergan javoblarning mazmun jihatidan to‘g‘ri tuzilganini namuna uchun doskaga yozadi. Har biro‘quvchi daf- tarlariga o‘zi tuzgan javoblarni yozadi.o‘quvchilarning savollarga bergan javoblaridan ba’zilari namuna uchuno‘qitiladi. Dam olish daqiqasi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin