Kompleks birikmalar kimyosi fani



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/44
tarix17.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#115398
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
kompleks birikmalar kimyosi

 
 

Kompleks birikmalar kimyosi
” fanidan reyting ishlanmasi va baholash mezonlari
Reyting ishlanmasi 
 
№ 
Nazorat turlari
Soni
Ball
Jami ball

JB 
1.1. Laboratoriya ishini topshirish 
1.2. 
Seminar
mashg‘ulotni bajarish 
1.3. Talabaning mustaqil ishi
11 

12 
3 (2+1) 


33 
10 
12 
II 
OB 
2.1 Yozma ish 

10x3=30 
30 
III 
YAB 
3.1. Yakuniy baholash
3.1.1. Yozma ish (3 ta savol) 

15 (5*3=15) 
15 
Jami: 
100 
Tuzuvchi: E.Yoqubov
 


 
«KOMPLEKS BIRIKMALAR KIMYOSI» FANIDAN REYTING JADVALI
(ballar foizlarda keltirilgan) 
Fan koeffitsenti – 1,30 
Jami: 130 soat 
Jumladan: 
Ma’ruza: 26 soat 
Laboratoriya: 36 soat 
Seminar: 10 soat 
Mustaqil ta’lim: 58 soat. 
№ 
Fan nomi 
Kur

S
emst
ir
F
an
soati
Mak

ba
ll
S
ara
lash
ba
ll
%
Umumi
y
soat
nisb

1 - JB 
2 - JB 
3 - JB 
1 - OB 
2 – OB 
3 – OB 
Mak. 
Min. 
Mak. Min. 
Mak. Min 
Mak. Min. 
Mak. Min. 
Mak. Min. 

Kompleks 
birikmalar 
kimyosi 


130 
100 
55 
71,5 
18 
10 
18 
10 
19 
10,45 10 
5,5 
10 
5,5 
10 
5,5 
Y.B 
Umumiy % 
Mak. 
Min. 
Mak. 
Min. 
15 
8,28 
100 
55 
Modellar soni 
Jami soat 
Ma’ruza 
Laboratoriya 
Seminar 
Mustaqil 
ta’lim 
130 
26 (13) 
36 (18) 
10 (5) 
58 (29) 
23· 2 (1 + 1) = 46 + 9 = 55 
T.M.I - 9 
1 modul 
8 (4) 
10 (5) 
2 (1) 
22 (11) 
55% - 4,95 
2 modul 
8 (4) 
14 (7) 
4 (2) 
20 (10) 
71% - 6,39 
3 modul 
10 (5) 
12 (6) 
4 (2) 
16 (8) 
86% - 7,74 
(18) 
(5) 
(29) 
Fan o‘qituvchisi: ___________ ____________________ Kafedra mudiri: ___________ ___________________ 
(imzo) (F.I.SH) (imzo) (F.I.SH)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 «KIMYO» KAFEDRASI 
 
«KOMPLEKS BIRIKMALAR KIMYOSI» fanidan
 
MA’RUZALAR MATNI 
 
 
Tuzuvchi : k.f.n., dots. v.b. E. Yoqubov 
 
QARSHI – 2009


Umumiy tushunchalar. 
 
Uzoq vaqt olib borilgan tadqiqotlar natijasida XIX asrning oxirlariga kelib, barcha 
kimyoviy birikmalar ikki turkumga bo‘linadi : bularning biri atomli (yoki sodda) birikmalar va 
ikkinchisi molekulyar (yoki murakkab) birikmalar nomini oldi. Keyinroq birinchi xil birikmalar 
birinchi tartibdagi birikmalar, ikkinchisi esa yuqori tartibdagi birikmalar deb ataladi. CuCl
2

BF
3
, NH
3
, FeCl
3
kabi moddalar birinchi tartibdagi birikmalar qatoriga kiritildi ; ularning hosil 
bo‘lishi valentlik qoidasiga bo‘ysunadi. Yuqori tartibdagi birikmalar biror sodda birikmaning boshqa 
sodda birikma bilan o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, mis xlorid eritmasiga ammiak 
ta’sir ettirilganda bu ikki sodda birikmadan molekulyar birikma hosil bo‘ladi : 
CuCl
2
+ 4NH
3
→ CuCl
2
· 4NH
3
Vaqt о‘tishi bilan yuqori tartibdagi birikmalarning soni kyib bordi. Keyinchalik, 
yuqori tartibli birikmalarning nisbatan barqarorlari kompleks (koordinatsion) birikmalar deb ataladi. 
Tasser 1798 yilda birinchi bо‘lib kompleks birikma (CoCl
3
· 6NH
3
) ni hosil qildi. Kompleks 
birikmalarni о‘rganish shuni kо‘rsatdiki, kompleks hosil bо‘lish hodisasi ayrim elementlardagina 
uchramasdan, balki D.I.Mendeleyev davriy sistemasining kо‘pchilik elementlariga xos bо‘lgan 
hodisadir. 
Koordinatsion birikma shunday birikmaki, uning molekulasi yoki ioni markaziy ion 
yoki atomga ega bо‘lib, buni bir necha ion yoxud molekulalar, ya’ni ligandlar qurshab turadi.  
Hozirgacha 
koordinatsion 
birikmalarga 
aniq 
ta’rif berilmagan. Akademik 
Y.N.Kukushkin kompleks birikmalarga quyidagi ta’rifni berdi : «Kompleks birikma deganda kristall 
holatda bо‘lmasin, eritmada bо‘lmasin, tarkibida ligandlar bilan qurshalgan markaziy atomi mavjud 
birikmalarni tushunmoq kerak». 
Ligand markaziy atom atrofida bitta yoki bir necha о‘rin egallashi mumkin. Masalan : 
Cl‾, Br‾, I‾, CO, H
2
O, NH
3
kabi ligandlarning har biri bittadan о‘rin oladi. Ular m o n o d ye n t a t
l i g a n d l a r deyiladi. Oksalat ion C
2
O
2-
4
ning har biri ikkita о‘rin oladi, shuningdek etilendiamin 
— H
2
N ― CH
2
― CH
2
― NH
2
(En) ham ikkita о‘rin oladi. Bular b i d ye n t a t l i g a n d l a r
deyiladi.
Dietilentriamin u ch d ye n t a t l i l i g a n d
hisoblanadi. 
Tо‘rt dentatli ligand uchun β, β׳, β״ — triaminotrietilamin
(tren) — 
tarkibli moddani kо‘rsatish mumkin. Polidentat ligandlar tarkibida ikkitadan ortiq donor atom 
bо‘ladi. Etilendiamintetraatsetat kislota (EDTAK) 
g ye k s a d ye n t a t l i l i g a n d hisoblanadi. 


Kompleks birikma hatto eritmalarda ham mustaqilligini saqlab qolishga intiladi, 
ionlarga ham dissotsilanadi. Markaziy ionining musbat zaryadi uni qurshab turgan ligandlar manfiy 
zaryadlari yig‘indisidan ortiq bо‘lsa, bunday kompleks — k a t i o n k o m p l ye k s , markaziy 
ionning zaryadi uni qurshab turgan ligandlar zaryadlarining yig‘indisidan kichik bо‘lsa, a n i o n
k o m p l ye k s , markaziy ionning zaryadi bilan ligandlar zaryadlarining yig‘indisi orasidagi ayirma 
nolga teng bо‘lsa, n ye y t r a l k o m p l ye k s deb ataladi.
Kompleks birikmalar t a b i a t d a k о‘ p t a r q a l g a n . Masalan, о‘simliklarning 
yashil qismida bо‘ladigan va fotosintezni amalga oshiradigan modda — x l o r o f i l l magniyning 
koordinatsion birikmasidir, tirik hujayralarni kislorod bilan ta’minlab turuvchi modda — qon g ye m 
o g l o b i n i temirning koordinatsion birikmasidir. Juda kо‘p minerallar, alyumosilikatlar 
koordinatsion birikmalardan iborat. 
Koordinatsion birikmalar hosil qilish uchun birikish, almashinish, oksidlanish – 
qaytarilish reaksiyalaridan foydalaniladi. 
Hosil qilingan koordinatsion birikmani reaksion aralashmadan ajratib olish ham katta 
ahamiyatga ega. Buning uchun : 1) erituvchini bug‘latib konsentrlangan reaksion aralashma hosil 
qilib, uni muz va tuz aralashmasi bilan sovutib yoki unga shu moddaning kichik kristallarini tashlab, 
koordinatsion birikmanikristallga о‘tkazishdan ; 2) reaksion aralashmaga koordinatsion birikmani 
eritmaydigan, lekin koordinatsion birikmaning hosil bо‘lishida ishtirok etgan erituvchi bilan yaxshi 
aralashadigan boshqa biror erituvchidan oz – oz qо‘sha borib chо‘ktirishdan ekstraksiya usulidan 
foydalaniladi. Ba’zi kompleks birikma juda tez hosil bо‘ladi. Masalan, CuSO
4
eritmasiga NH
4
OH 
eritmasi qо‘shilishi bilanoq tо‘q kо‘k tusli kompleks [Cu (NH
3
)
4
] SO
4
hosil bо‘ladi. Reaksion 
aralashmaga etil spirt qushib, bu koordinatsion birikmani kristall holida ajratib olish mumkin. Bu 
birikmada Cu
2+
markaziy ion, NH
3
molekulalari esa liganddir. Lekin ba’zan koordinatsion birikma 
hosil qilish uchun tajribani uzoq vaqt ma’lum sharoitda olib borishga tо‘g‘ri keladi. Ba’zan, bir 
koordinatsion birikma hosil qilish uchun avval shu elementning boshqa koordinatsion birikmasini 
olib, sо‘ngra u bilan tegishli reaksiyalarni о‘tkazish natijasida mо‘ljallangan birikma hosil qilinadi. 
Masalan, K
3
[Rh (C
2
O
4
)

] tarkibli koordinatsion birikma olish uchun K
2
[RnCl
6
] ning suvdagi 
eritmasini K
2
C
2
O

eritmasi bilan 100
0
S da 2 soat qizdirishga tо‘g‘ri keladi. 
Hozirgi metallar koordinatsion birikmasini tayyorlash uchun s u v s i z e r i t m a l 
a r kо‘p ishlatilmoqda. Masalan, CrCl
3
ning suvdagi eritmasiga etilendiamin NH
2
— CH
2
— CH
2
— NH
2
qо‘shib CrCl
3
· 3En tarkibli koordinatsion birikmani hosil qilib bо‘lmaydi, lekin efirdagi 
eritmada bu kompleksni hosil qilib kristall holida ajratib olish mumkin. 
Ba’zan erituvchilar aralashmasidan foydalanish yaxshi natija beradi. Masalan, 
dipiridilning spirtdagi eritmasini FeCl
2
ning suvdagi eritmasiga qо‘shganimizda [FeDip
3
] Cl
2
tarkibli 
kompleks birikma hosil bо‘ladi. 
Kompleks birikmalar о‘ziga xos suyuqlanish va qaynash temperaturasiga, hamda 
ma’lum erituvchilarda erish xususiyatiga egaligi, masalan, suvda eruvchanligi bilan oddiy 
moddalardan ajralib turadi. 
Bular ichida tadqiqotchilar e’tiborini о‘ziga jalb etadiganlari qatoriga koordinatsion 
birikmalarning rangi, elektr о‘tkazuvchanligi, oksidlanish – qaytarilish xossalari, rang – barangligi, 
magnit va boshqa xossalari kiradi. 
Kompleks hosil qiluvchi sistema rangining о‘zgarishini tekshirish orqali kо‘pincha 
birikma tarkibini va uning barqaror yoki beqaror ekanligini aniqlash mumkin. Komplekslarning 
infraqizil nur yutishini о‘rganish orqali birikma tarkibidagi atomlararo bog‘lanish xarakterini bilib 
olish mumkin. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin