Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


см 1.18-rasm. Korund plastinka- chalarining 100 marta kattalashtirilgan mikrostrukturasi



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə18/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh


5 см
1.18-rasm. Korund plastinka- chalarining 100 marta kattalashtirilgan mikrostrukturasi.





1.1-jadval Namunalar kristallarining o‘lchamlari va tozalik darajasi



Qizdirilish vaqti, min.

Qizdirish harorati, 0C

Materialning tozaligi, massa
bo‘yicha %

Kristallarning o‘lchami, mkm

1

10

1990

99,50

200

2

10

1990

99,82

400



Polimetilmetakrilat asosidagi yuqori haroratda oksidlantiruvchi polimer kompozitsiyalarning olinishi
Polimerlar va ular asosidagi kompozitsiyalarning oksidlanishi destruksiyalar jarayonida kuzatiladi, bu jarayon natijada ularning fizikaviy-mexanikaviy xossalari yomonlashib boradi. Oksidlanish jarayoni son miqdorlarini aniqlash uchun ko‘p

polimerlar va ular asosidagi kompozitsiyalarni uch

turkumli

kinetik egrilik

grafiklarini biridan foydalaniladi.







Agarda polimetilmetakrilat (PMMA) va

uning

sopolimerlari

benzoksazoltionil-metilmetakrilat (BOTMMA)

bilan

birgalikdagi

kompozitsiyalarini achitish jarayonining harorati 250 0C dan yuqori bo‘lsa va kislorod bilan shimdirilsa materialning kinetik belgilari yo‘qoladi. Bu usul polimer xossalarini o‘zgarishini oldindan aniqlanishi va stabillashtiruvchi qo‘shimchalarning barqarorligini va samaradorligini aniqlashda foyda keltiradi.
Porfirit qo‘shimchalar kiritilib, korroziyadan himoyalovchi kompozitsiyalangan materiallar olinishi
Suyuq shisha asosidagi kompozitsiyalarning qotishi murakkab fizikaviy va kimyoviy jarayon bo‘lib, bu kompozitsiyalardan biri bo‘lgan kislotaga chidamli sementlarning kimyoviy chidamliligi va mexanik xossalari ko‘p omillarga, jumladan suyuq shisha moduli va zichligiga, qotishni tezlashtiruvchining turi va
miqdoriga, to‘ldirgichlarning turi, miqdori va maydalik darajasiga, qotish jarayonlari o‘tadigan muhitga bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda yurtimiz olimlaridan
T.A. Otaqo‘ziev, S.B. Yulgiya va A.A. Muhamedboevlarning hissalari anchagina katta. Bu ishlarda sementning mexanik xossalarini bog‘lovchi va qotishni tezlashtiruvchi moddalar o‘rtasidagi nisbatga bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bunday materiallarda suyuk shisha va natriy kremniyftorid o‘rtasidagi nisbat amaliy ahamiyatga ega. Suyuq shisha va Na2SiF6 o‘rtasidagi stexiometrik nisbat o‘rganilib, undagi suyuq shisha massasining optimal miqdori 18% ni tashkil etishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Kislotaga chidamli sementning mexanik mustahkamligiga uning tarkibiga solinadigan kukunsimon to‘ldirgichning turi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar kukunsimon to‘ldirgichning kislotaga chidamliligi yuqori bo‘lsa, uni qo‘shib turib olingan sementning ham kislotaga chidamliligi oshadi. Shu sababli kislotaga chidamliligi 98% ga teng bo‘lgan va tosh maydalashdan hosil bo‘lgan chiqindi- tuyilgan porfirit to‘ldirgich ashyo sifatida ishlatiladi va bu ashyoning kimyoviy tarkibi 1.2-jadvalda berilgan. Bu echim texnik va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali hisoblanadi. Mayinlik darajasi turlicha bo‘lgan to‘ldirgichlardan tayyorlangan materiallarning xossalari ham turlicha bo‘ladi. Masalan, solishtirma sirti o‘ta yuqori bo‘lsa (670 m2/kg gacha) to‘ldirgich ishlatilganda materialning mutahkamligi pasayadi, chunki to‘ldirgichning barcha zarralarini bir butun sun’iy toshga biriktirish uchun bog‘lovchi modda miqdori kamlik qiladi. Sementning kimyoviy chidamligiga mayin tuyilgan to‘ldirgich dispersligining ta’siri past hisoblanadi.
Porfirit qo‘shimchalar kiritilib, korroziyadan himoyalovchi kompozitsiyalangan materiallar tayyorlashda shisha moduli 2; 2,8; 3,5 va zichligi 1,49-1,50 g/sm3 bo‘lgan suyuq shisha ishlatiladi. Past modulli suyuq shishada qorilgan sementning mexanik mustahkamligi yuqori bo‘ladi, chunki ushbu holda mayin tuyilgan to‘ldirgich sirtining faollashishi yuz beradi.
Ma’lumki, bog‘lovchi moddalar havoda va suvda qotadigan turlarga bo‘linadi. Kislotaga chidamli sementlar havoda qotadigan turiga kiradi. Biroq suyuq shisha asosidagi sement faqatgina kislotaga chidamli material bo‘libgina qolmay, balki undan ko‘p turdagi qurilish materiallari tayyorlanadi. Ularning qotish jarayoni qanday muhitda kechayotgani ham muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin