Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə20/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Nazorat savollari:


    1. Kompozitsion materiallar qanday olinadi?

    2. Kompozitsion materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi nimaga bog‘liq bo‘ladi?

    3. Yuqori haroratda oksidlantiruvchi polimer kompozitsiyalar qanday olinadi?

    4. Korroziyadan himoyalovchi kompozitsion materiallar olinishi qanaqa jarayon hisoblanadi?

    5. Ionlovchi nurlanish ta’sirida qurilish materillari va polimer kompozitsiyali buyumlarning strukturasi, xossalari va sifatning o‘zgarishi nimalarga bog‘liq bo‘ladi?



    1. Kompozit armaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlatilish


sohalari.
Bugungi kunda kompozitsion materiallarga, ayniqsa, qurilish sohasida yuqori talab mavjud. Birinchi shisha tolalar XX asrning 30-yillarining ikkinchi yarmida yaratilgan. 1950-yillardan boshlab, fiberglas kema qurilishi dunyoda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘p sonli yaxtalar, ish va qutqaruv kemalari, baliq ovlash kemalari, qo‘nadigan kemalar va boshqalar u asosida qurildi. Kompozit materiallarni aviatsiya sohasida dastlab 1967 yilda F-111A samolyotining orqa tomonidan karbonli-tolali panel ishlab chiqarishda qo‘llanildi.
Hozirgi vaqtda Boing-787 yoki Airbus A350 samolyotlarining umumiy massasining qariyb 50 foizi kompozit materiallar hisoblanadi. Kompozit materiallar avtomobilsozlik sohasida ham ishlatilib kelinmoqda. Cheklangan
kompozitsion materiallar mashina qismlari va motorini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Biroq, yaqin vaqtgacha korxonalar asosan kompozitlardan tayyorlangan buyumlar qo‘lda ko‘rsatilishini namoyish qildilar va mahsulotni ketma-ket ishlab chiqarish jarayonlar chuqur avtomatlashtirilishini talab qilmadi.


Kompozit materiallardan mahsulot ishlab chiqarish texnologiyalari
So‘ngi vaqtlarda betondan tayyorlangan turli konstruksiyalarni armaturalashda kompozit armaturadan foydalanilmoqda. Bu material kompozit armatura kimyo va materialshunoslikning oxirgi yutuqlaridan foydalanib tayyorlanmokda, chunki u noyob xossalarga ega. Kompozit armatura namlik ta’sirida buzilmaydi va zanglamaydi. Bir xil mustahkamlikka ega po‘lat simli armatura bilan solishtirilganida uning massasi 9 marotaba past hisoblanadi. Kompozit armatura issiqlik va sovuq ta’siriga chidamli va o‘z xossalarini -70 0C dan 100 0C gacha harorat oralig‘ida o‘z xossalarini yaxshi saqlay oladi.
Shisha tolali kompozit armaturalarni ishlab chiqarish
Kompozit armaturani ishlab chiqarish uchun epoksid qatroni va shisha tolalar tutamini tashkil etuvchi shisharovingdan foydalaniladi. Kompozit armaturani ishlab chiqarish bir necha bosqichdan iborat. Dastlab shisha tolalarga epoksid qatroni shimdiriladi. Keyin qatron shimdirilgan shisharovinglar tutamlari ma’lum haroratgacha qizdirilgan filera deb nomlanuvchi voronka orqali o‘tkazilib polimerizatsiya qilinadi.
Polimerizatsiyaning bunday jarayoni ilmiy tilda pultruziya (inglizcha "pull" - tortmoq va "through" - orqali, orasidan) deb ataladi.
Pultruziya bosqichida kerakli diamertdagi yuzasi silliq armatura hosil bo‘ladi. Beton bilan yaxshi tishlashishi uchun armaturaning yuzasi qovurg‘ali yuzaga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun bunday yuzani hosil qilish uchun so‘ngi bosqichda zagatovkani taram-taram izlari bor valetslar orqali prokatka qilish orqali amalga oshiriladi. Armaturalar yuzasida davriy profil hosil qilish usulida esa zagatovka ustiga epoksid qatroni shimdirilgan diametri kichik shisharovingni
spiral qilib o‘rab chiqib amalga oshiriladi va yuqorida keltirilgan tarzda polimerizatsiya amalga oshiriladi. Kompozit armaturalar quyidagicha markalanadi:
ASK - shisha tolalari asosidagi shisha-kompozit (shisha plastik) armatura; ABK - bazalt tolalari asosidagi bazalt- kompozit (bazalt plastik) armatura; AUK - uglerod tolalari asosidagi kompozit armatura;
AAK - aramid tolalari asosidagi aramidkompozit armatura;
KK - yuqorida keltirilgan tolalar asosida kombinatsiyalangan kompozit armatura.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin