Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


Angidritli bog‘lovchi moddalar



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə26/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Angidritli bog‘lovchi moddalar.


Tabiiy angidritni (yoki tarkibida angidrati bor ishlab chiqarish chiqindisini) qotirishga yordam beruvchi kristallsimon aktivizatorlarni birga qo‘shib mayda qilib tuyish yuli bilan olinadi. Aktivizatorlarga ohak, pishirilgan dolomit, domna toshqoli, hamda ba’zi bir sulfat tuzlari va natriy bisulfat kiradi.
Yuqori haroratda pishirib olinadigan gips (ekstrixgips) – ikki molekula suvli gipsni 900-1000 oC haroratda pishirib, so‘ng tuyishdan hosil bo‘lgan
mahsulotdir. Markalari: 100, 150, 200. Yaxlit pollar qurishda, g‘isht terish va suvoqchilik qorishmalari, su’niy marmar olishda ishlatiladi.
Gips bog‘lovchi asosida olingan buyumlar
Ishlatilishiga qarab gips bog‘lovchi asosida olingan buyumlar devorbop plita va taxtalarga, devorlarni qoplash uchun yupqa taxtalar, qavatlararo plita va tom yopish uchun plita, issiqdan, tovushdan himoya qiluvchi buyumlar, bezak buyumlari, quyma pollar va boshqa turlarga bo‘linadi.
Devorbop gips bloklari 390x190x188; 390x90x188 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Markasi 25, 35, 50, 75. Xonalarni ajratadigan gips plitkalari: 900x300x100; 800x400x100; 600x300x100 mm o‘lchamlarda, tarkibiga mineral yoki organik kukun to‘ldirgichlar qo‘shib yoki qo‘shmasdan ishlab chiqariladi.
Gips betonli yopma buyumlar qalinligi 60, 80 va 100 mm, uzunligi 6600 mm dan uzun bo‘lmagan va eni 4000 mm dan uzun bo‘lmagan o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Bunda gips bog‘lovchi moddalar yoki gipssementputssolanli bog‘lovchi moddalar ishlatiladi. Katta o‘lchamdagi gipsobetonli yopma buyumlar tarkibida gips, qum va kipig‘i bo‘lgan 1:1:7 nisbatdagi aralashmadan tayyorlanadi.
Sanitar-texnik xonalar tayyor hajmli buyum sifatida yoki ayrim bo‘laklardan iborat bo‘lgan buyumlardan tayyorlanadi. Siqilishga bo‘lgan mustahkmligi 3,5 MPa dan kichik bo‘lmagan gipssementputssolan bog‘lovchi modda asosida olinadi.

Nazorat savollari:


    1. Gips asosidagi kompozitsion bog‘lovchi moddalar.

    2. Gips asosidagi kompozitsion bog‘lovchi moddalarning turlari.

    3. Gips asosidagi kompozitsion bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish usullari, xossalari va ishlatilish sohalari.

    1. Yüklə 5,34 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin