Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə24/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Qotishi. Gidratlanish (qotish) – bu gips bog‘lovchi moddalarning suv bilan birikish jarayonidir. Bunda yarim molekulali suvli gips qaytadan kristall holatdagi ikki suvli gipsga aylanadi:
CaSO4 * 0,5H2O + 1,5H2O = CaSO4 + 2H2O
Natijada hosil bo‘lgan ikki suvli gipsni kristallari o‘zaro bir-biri bilan chirmashib ketadi, shuni hisobiga uning zichligi ortib boradi. Akademik
A.A. Baykovning nazariyasi bo‘yicha, gipsning qotishida asosan quyidagi fizik-
kimyoviy jarayonlar ruy beradi. Qotish jarayoni uch davrdan iboratdir: kalsiy sulfatni erishi, yangi kristallarni hosil bo‘lishi, kristallarni yiriklashishi.
Gips zarrachalari gel deb ataluvchi elimsimon holatga aylanadi. Natijada kolloid holatdagi juda mayda zarrachalardan tashkil topgan gips xamiri hosil bo‘ladi va tez sur’atda kristallana boshlaydi. Ikki suvli gips zarrachalaridan o‘sayotgan ignasimon kristallar o‘zaro zichlashadi va mustahkam tutashgan kristallga aylanadi. Kolloid eritma hosil bo‘lishi va uning kristallanish jarayoni yarim molekula suvli gipsning ikki molekula suvli gipsga to‘la aylanishiga qadar davom etadi. Gips bog‘lovchi moddani ishlatilishi uni kristallanish tezligiga juda katta bog‘liq. Gips bog‘lovchi moddani suv birikishi – bu ekzotermik (issiklik ajralib chiqish) jarayondir.
Gips bog‘lovchi moddani suv bilan aralashtirilganda (gips suvga aralashtirish davomida sepiladi) oquvchan suyuq xamir hosil bo‘ladi, u tez quyuqlasha boshlaydi, lekin hali plastik holatda bo‘ladi – bu gipsni quyuqlanishini boshlanganligini bildiradi; qotishini boshlanishi – bu gips bilan suvni aralashtirgan vaktdan boshlab Vika asbobining xalqa idishiga solingan gips xamiriga botirilgan Vikani ignasi ostigacha 1 mm etmay qolgan vaqtgacha davridir; qotishni tugashi esa Vika asbobining ignasi bor –yo‘g‘i 1 mm botgandagi davri hisoblanadi.
Xossalari. Gips bog‘lovchi moddalarning mustahkamligi – to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga qo‘shiladigan suv miqdoriga bog‘liqdir. Normal quyuqlikdagi gips xamirini olish uchun α– ko‘rinishdagi gips 50...70 %, β - ko‘rinishdagi gips 30-45 % suv talab qiladi. Nazariy jihatdan esa gipsga 18,6 % suv etarli hisoblanadi. Bog‘lanmagan suv miqdorining ko‘pligi uchun gips toshida g‘ovaklik – 30-60 % ni tashkil etadi. Siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasiga qarab standart bo‘yicha gips bog‘lovchi moddalarning quyidagi markalari mavjud (2.1-jadval):

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin