Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə32/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

2.10-jadval


Tekstil betonning fizik-texnik xossalari

Beton xossalari (28 kunlik)

O‘lchov birligi

Miqdori

Egilishdagi mustahkamligi

N/mm2

10,15

Cho‘zilishdagi mustahkamlikgi

N/mm2

4,0

Siqilishdagi mustahkamligi

N/mm2

84,9

Elastiklik moduli

N/mm2

33000

Kirishish (28-360 kun)

mm/m

0,6

Siljish (28-360 kun)

-

1,5

Dastlabki kirishish

mm/m

0,82

To‘qima material tekstil betonda temir-betondagi kabi cho‘zuvchi kuchlarni qabul qilish uchun foydalaniladi va asosan AR shisha va uglerod tolalardan to‘qilgan matolardan foydalaniladi. Ularning cho‘zilishdagi mustahkamligi AR shisha tola uchun 1700 N/mm2 va uglerod tola uchun 4000 N/mm2 ni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar nafaqat tolalarning mustahkamligi, balki to‘quv mashinasining turi, to‘qish usuli va to‘qish vaqtidagi tolalarning kam uzulishiga bog‘liq. Bundan tashqari material mustahkamligiga tekstil va matritsa orasidagi bog‘lanish ham katta ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ko‘pgina omillarga bog‘liq. Birinchidan bu ipning struturasiga bog‘liq (2.11-jadval).


2.11-jadval


Tekstil matolarning turlari



Nomi

MAG -07-03

MAG -04-03

2D-1 1-07c)

2D-02-06

Tasviri









Materiali

AR- Glas

Carbon

AR-Glas A

AR-Glas

Roving

Vetrotex AR - Glas 2400 Tex

Tenax Carbon STS 1600 Tex

Vetrotex AR- Glas 2400

Vetrotex AR- Glas 1200

To‘r uzunligi, mm

8,4

8,4

8,4

12,6

8,4

8,4

8,4

8,4

Massasi, g/m2

562

374

562

329

Kesimi, mm2/m

105

105

105

70

Rovingning cho‘zilishdagi mustahkamligi,
N/mm2

974


1186


974


1029


Tekstil tashkil etuvchisining cho‘zilishdagi
mustahkamligi, N/mm2

441

725

1290

689

Tekstil qatlamli strukturalarni tayyorlash g‘oyasi Englerga tegishli bo‘lib, u to‘rlarni modifikatsiyalab avvalgi to‘rlarni mavjud joylashitirishni to‘r o‘lchami va shaklini o‘zgartirish orqali erishgan. Bunday tekstil armaturali konstruksiyalar yaxshi egiladi va zarur geometrik shaklga ega bo‘lishi mumkin.
Tektil strukturalarning egiluvchanligi ma’lum afzallik va kamchiliklarga egadir. Ularning asosiy afzalligi tekstil strukturalarning xar qanday geometrik shaklni hosil qilish imkoniyatining mavjudligidir. Ammo o‘lchamlar va tayyorlash jarayoni stabilligining pastligi, xususan betonlash jarayonidagi qiyinchiliklar mavjuddir. Buning uchun turli choralar ko‘rilishi mumkin (2.13-rasm).
Armaturaning yuzasiga qistirmalar o‘rnatilishi mumkin va bu esa qolip devoridan ma’lum masofada bo‘lishni ta’minlaydi. Muqobil usul sifatida tekstil
epoksid qatroni yoki plastik dispersiyalar bilan shimdirilsa u yuqori bikrlikka ega bo‘ladi va o‘lchamlarning stabilligiga erishish mumkin.

2.13-rasm. Tekstil qatlamli strukturalarni tayyorlash.


Temir-beton kabi tekstil betonda ham matritsa asosiy siquvchi kuchlarni va darzlar hosil bo‘lgunicha cho‘zuvchi kuchlarni qabul qiladi. Temir-beton konstruksiyalardan farqli ravishda tekstil betonda mayda, juda tor darzlar hosil bo‘ladi. Yupqa konstruksiyalarni tayyorlashda tekstil betondan foydalanish samaraliligini ko‘rsatadi (2.14 ÷ 2.22-rasmlar).


2.14-rasm. Armaturani plita va balkalarning cho‘zilish zonasida


joylashishi.

2.15-rasm. Qo‘shtavrli profilning ko‘ndalang kesimi (a); egilishga sinov (b).













1. Echib olinadigan qilib ulash

2. Yuzaga elim surtib ulash








3. Tekstil beton yordamida elimli ulash

4. Elimni quyib ulash

2.16-rasm. Tekstil beton elementlarini ulash usullari.




    1. Quyish usuli: Ishlab chiqarish bosqichlarining sxemali tasviri




    1. Laminatsiyalash usuli: Ishlab chiqarish bosqichlarining sxemali tasviri







    1. Purkash: Ishlab chiqarish bosqichlarining sxemali tasviri

2.17-rasm. Tekstil beton ishlab chiqarish usullari.






2.18-rasm. Tekstil beton asosidagi buyum.





2.19-rasm. Devorbop sendvich panellarni taqqoslash:


temir-beton sendvich panel (chapda), tekstil betondan qopqoqli temir-beton sendvich panel (o‘rtada), tekstil betondan sendvich panel (o‘ngda).

2.20-rasm. Tekstil betondan tayyorlangan sendvich panel strukturasi.








2.21-rasm. Tekstil betondan eksperimental pavilon. HP-yuza asosidagi

ekran strukturasi.




2.22-rasm. Purkash yo‘li bilan armatura va matritsani ketma-ket yotqizish orqali tekstil betondan qobiq tayyorlash.

RULON KO‘RINISHIDAGI BETON


Rulon ko‘rinishidagi beton, bu universal betonga alternativ bo‘lgan ekologik toza qurilish materiali bo‘lib, arzon, mustahkam va tez montaj qilish imkoniyatiga egadir. Cortex Composites rulon ko‘rinishidagi materialni yaratdi va bu materialni tashish ancha oson va arzondir (2.23-rasm).




2.23-rasm. Rulon ko‘rinishidagi beton.


U to‘rt qatlamdan iborat bo‘lib, birinchi o‘rnatish jarayonida hamma narsani ushlab turuvchi qatlam suvda erib ketadi. Qolgan uch qatlam sement aralashmasi, 3D karkas va suv o‘tkazmaydigan membranadan iborat bo‘ladi. Bu kombinatsiya Cortexni oddiy betonga nisbatan ikki marta mustahkam qiladi. Rulon ochib yoyilganidan so‘ng suv qo‘shiladi va sement gel holatiga o‘tib hamma komponentlarni biriktiradi.

Nazorat savollari:


  1. Fibrobeton klassifikatsiyasi va fibrobeton asosidagi materiallar xususiyatlari.

  2. Fibrobeton klassifikatsiyasi.

  3. Fibrobetonlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan tolalar (fibra) turlari va xususiyatlari.

  4. Fibrobeton ishlab chiqarish asoslari.

  5. Tekstil betonlar ishlab chiqarishning afzalliklari.
    1. Po‘latfibrobeton tarkibi, strukturasi va xossalari. Po‘latfibrobeton ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatilish sohalari va po‘latfibrobetonni ishlatishning texnik-iqtisodiy samaradorligi. Shishafibrobeton va bazaltfibrobeton tarkibi


va ishlab chiqarish texnologiyasi
An’anaviy mustahkamlashda bo‘lgani kabi, konstruksiyalarda tolalarni ishlash samaradorligi asosan ularning deformatsiyasi darajasi bilan aniqlanishi zarur. Shuning uchun, fibrolitlarni ikki turga: past modulli (neylon, polietilen, polipropilen) va yuqori modulli (po‘lat, shisha, bazalt, uglerod) xarakterli katta bo‘shliqlari bilan ajratish taklif qilindi. Birinchi holda, mustahkamlash asosan betonning ta’sir kuchini oshirishi, ikkinchidan esa - keskinlik, mustahkamlik va dinamik ta’sirlarga chidamliligi ostida mavjud kuchning oshishiga olib kelishi mumkin (2.24-rasm, 2.12-jadval).





Shisha roving (SHisha
kanop)

Kerakli o‘lchamda chopib
maydalangan shishatola









To‘qilmagan shishato‘r

shishamato


Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin