Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə35/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh


Issiqlik-texnik xossalar

O‘lchov birligi

Bazalt tolasi

Shishatola

Silikat tola

Maksimal ishchi harorat

(°C)

982

650

1100

Doimiy ishchi harorat

(°C)

820

480

1000

Minimal ishchi harorat

(°C)

(-260)

(-60)

(-170)

Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti

(Vt/m•K)


0.031/0.038



0.034/0.04



0.035/0.04



Erish harorati

(°C)

1450

1120

1550



2.28-rasm. Bazal tolali materiallar Bazalt tolasining tasniflari




2.14-jadval


Sintetik tola. Sintetik tolalar organik tolalarning sinfiga mansub hisoblanadi. Organik tolalar elastiklik xususiyatlarining (po‘lat va shisha tolalar bilan solishtirganda) past qiymatlariga qaramasdan, ular ustida ko‘plab mamlakatlarda tadqiqot olib borilmoqda va ulardan betonning mustahkamlovchi komponenti sifatida foydalanish katta qiziqish kasb etmoqda.
Hayvonlar junlaridan organik tolalarni mustahkamlash vositasi sifatida ishlatishga urinishlar uzoq vaqt davomida ma’lum bo‘lgan. Jun, hindiston yong‘og‘i, sellyuloza va boshqa tolali materiallarni ishlatish imkoniyatlari o‘rganildi. Shu bilan birga, bu turdagi tolalar katta suv singishi sababli beton aralashmaning zarur harakatlanishini ta’minlash uchun suv-sement nisbati

darajasini sezilarli darajada oshirishni talab qiladi, bu o‘z navbatida kompozitsiyalarning mustahkamligini sezilarli pasayishiga olib keladi..

2.15-jadval Po‘lat tola bilan armaturalangan betonning armaturalanmagan beton


ko‘rsatkichlariga nisbatan xossalarini solishtirish

Asosiy ko‘rsatkichlar

Oddiy betonga nisbatan ortishi,
%

Birinchi darz paydo bo‘lgan vaqtdagi egilishga bo‘lgan
mustahkamligi

150

Mustahkamlik

egilishdagi cho‘zilishga

200

siqilishga

123

kesilishga

175

Egilish vaqtidagi mustahkamlik chegarasi

225

Qarshilik

zarbga

325

ishqalanishga

200

termik ta’sirda maydalanish

300

Muzlash-erishga sinalgandagi umrboqiyligi

200



To‘ldiruvchi funksiyalari: komponentlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmasdan qorishmadagi g‘ovaklarni to‘ldiradi, g‘ovakli to‘ldiruvchilar qurilish qorishmalarida ishlatilganda bog‘lovchi moddaning suv ushlab turish xususiyatini oshiradi; qorishmaning ayrim maxsus xususiyatlarini yaxshilaydi, masalan yong‘inga chidamliligini oshirib, emirilishni kamaytiradi; qimmat bog‘lovchi o‘rniga qisman mahalliy arzon to‘ldiruvchidan foydalanish hisobiga, sifatini saqlagan holda material tannarxini pasaytiradi.
Ohakli, dolomitli va boshqa tabiiy kukunlar, juda maydalangan mineral vulqonsimon tog‘ jinslari, keramik bo‘laklar, shamot, shlak va boshqa sanoat chiqindilari kukuni, ishlab – chiqarishning asbest chiqindilari, kul va boshqalar qo‘rilish qorishmalarida keng ishlatiladi. Quruq qurilish aralashmalarning darz
ketmasligini oshirish uchun ularning tarkibiga to‘ldiruvchilar sifatida natural yoki sintetik tolalar qo‘shiladi. Quruq qurilish aralashmalarini tolalar bilan mustahkamlash maqsadini quyidagicha tushuntirish mumkin: cho‘zilish va egilishda chidamlilikni oshirish; zarbga chidamliligini oshirish; fraksion tarkib kamchiliklari kompensatsiyasi; qurilish qorishmasini qotganda yuzaga keluvchi cho‘kishni kamaytirish; darz ketishga chidamlilikni oshirish (sement toshidagi kuchlanishlarni relaksiyasi hisobiga, kristal hosil bo‘lishi jarayonida, ekspluatatsiya vaqtida); sement toshining deformatsion xususiyatini oshirish.
Qorishmaning plastik qimsiga nisbatan chidamliroq bo‘lgan tolalar yuklanishning asosiy qismini o‘ziga olib, darzlar hosil bo‘lishni to‘xtatadi. Quruq qurilish qorishmalarini dispers armirlash samaradorligi – armirlanayotgan materialning funksional vazifasiga ko‘ra, tola to‘ri to‘g‘ri tanlashda, hamada tolaning mineral matritsa bilan mos tushishi, armirlash foizi, ishlab chiqarish usullari va ekspluatatsiya sharoitlariga ko‘ra aniqlanadi. Polipropilen tola sement materiallarda ishlatiladi.
Quruq qurilish qorishmalarida polipropilen tolani qo‘llash darz hosil bo‘linish va cho‘kishini kamaytirish, suv o‘tkazuvchanlikni yaxshilash, qorishmalarning qavatlanishni kamaytirish, tayyor materiallarning chidamlilik ko‘rsatkichini oshirishga imkon beradi.
Polipropilen tolalar nisbatan past zichligi bilan farq qiladi, bu qorishma tayyorlashda ayrim qavatlanishga olib keladi, hamda etarli bo‘lmagan sovuqqa chidamlilik (-15°C ga yaqin) ega. Poliakrilnitril tolalar yuqori chidamli konstruksion materiallar olish uchun ishlatiladi – bular ta’mir tarkiblari, sanoat pollari, o‘rnatilgan issiqlik izolyatsiyasi tizimlarini suvoq ishlarida.
Poliakril tolalar kompozitsiyalar qattiqligi va elastikliligini o‘sha tola kabi oshiradi, poliefir va sellyuloza tolalar esa qattiqlik va elastiklik kam miqdorda oshiradi. Kompozitsiyalarning yuqori haroratlarda (40 °C) uzluksiz deformatsiyaga chidamliligi borasida poliakril tolalar shishatola, poliester va sellyulozadan yuqori
yuradi. Lekin, shpatlevkani shlifovkalash jarayonini faqat sellyuloza tolalar yengillatishi mumkin.
Sellyuloza tolalar. Tolalardan foydalanishning asosiy muammosi bu qurilish qorishmasining plastikligi va texnologik xossalariga sezilarli ta’siridir, shuningdek ularni quruq qurilish qorishmalari tarkibiga qo‘shishning murakkabligidir. Uzunligi 500 mkm gacha bo‘lgan qisqa va o‘rtacha sellyuloza tolalar ixtiyoriy turdagi qorishtirgichlarda etarli darajada oson aralashadi. Uzun tolalarni (500 mkm dan uzun) yuqori tezlikda aralashtiruvchi qurilmalar va deaglomeratorlarda aralashtirish tavsiya qilinadi.
Sellyuloza tolalar suvda erimaydi va panjarasimon molekulyar hosil bo‘lishi bilan uch o‘lchamli asos yaratadi, bu tarkibning bir tekis bog‘lanishiga yordam beradi. Bu xususiyatlarga ko‘ra, sellyuloza tolalar asbest o‘rnini bosishi mumkin.
Quruq qurilish qorishmalarida sellyuloza tolalarni ishlatish avvalo yakuniy maxsulotning sifat ko‘rsatkichlarini optimallash va yaxshilashga imkon beradi, bunda qorishmali aralashmalarning tuzilmadagi sellyuloza qo‘shimcha kamchiligi hisobiga reologik xususiyatlari yaxshilanadi. Qorishmalarning bir jinsligi va suv ushlash xususiyati yaxshilanadi. Bundan tashqari, sellyuloza tolalar yaqqol ko‘zga tashlanuvchi gidrofil xususiyatga ega.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin