Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


Qo‘shimchalar va ularning sarfi



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə37/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Qo‘shimchalar va ularning sarfi


Nomlanishi

Bog‘lovchi massasiga ko‘ra sarfi, %

1

2

Noorgonak sekinlashtiruvchilar

Xlorid: CaCl2, KCl, MgCl2,AkCl3, LiCl

1 – 2

Bura (tetrabornonordon natriy) Na2B4O710H2O

0,3 – 5,0

Kalsiy nitrat, CaNO2

0,3 – 5,0

Ortofosfor kislota, N3RO3

1 – 2

Fosforlar: Superfosfat
Tripolifosfat natriya (TPNF) Trinatriyfosfat (TNF)

1 – 2


3 – 6
0,2 – 0,5

Nitrilottrimetilenfosfon kislota (NTF)

0,1 – 0,3

Gidrat ohak, Са(ОН)2

0,1 – 5

Karbonat kalsiy, СаСО3

0,2 – 2

Silikatlar (suyuq shisha)

0,1 – 0,3

Ortobor kislota va uning tuzlari (bura)

0,3 – 0,7

Organik sekinlashtiruvchilar

Albuminlar – qon, sut va boshqalar tarkibidagi oddiy oqsillar

0,1 – 0,5

Jelatin

0,1 – 0,5

Elim – suyakli, mezdrli, kazeinli

0,1 – 0,5

Sellyuloza efirlari (karbosimetilselyuloza)

0,1 – 3,0

Kraxmal, dekstrin

0,1 – 0,2

Organik kislotalar – limrn, vino toshli,
malein, sirka, sutli, ftalen. Organik kislota tuzlari (sitratlar, laktatlar va boshqalar)

0,01 – 0,1

Natriy glyukanat

0,1 – 0,3

Lingosulfonat (LST)

0,1 – 0,3

Soxaroza

0,1 – 0,3

Sintetik emolalar emulsiyasi (poliakrilyat va boshqalar)

0,05 – 0,2

Havo tortuvchilar

0,05 – 0,2

Aralashmalarning qulay joylavchanligini oshiruvchi qo‘shimchalar (reologik qo‘shimchalar plastifikatorlar va superplastifikatorlar). Plasifikatorlar tarkibida yuzaki faol moddalar mavjud (YuFM).
Plastifikatorlar texnik lignosulfatlar (LST). Sarf qilinishi bog‘lovchi massasi hisobidan 0,1 – 0,3 %. LST ni qo‘shish sun’iy tosh chidamliligini sezilarli darajada (1,5 – 2,0 baravar) pasaytiradi. Havo tortuvchi, tarkibida YuFM mavjud qo‘shimchalar ham plastifikatorlardir. Sarfi 0,05 – 0,30 % ni tashkil etadi. Superplastifikatorlar va giperplastifikatorlarni yana suv yutishini kamaytiruvchilar deb ham nomlashadi, chunki ular Suv/S ni 20 % va undan ko‘proq kamaytiradi.
Aralashmalarning suv ushlash qobiliyatini oshiruvchi qo‘shimchalar. Qorishmalar va beton aralashmalardagi bog‘lovchining suv ushlash xususiyati g‘ovakli suv yutish asosi - beton, g‘isht va boshqalar bilan aralashma kontaktida suv ushlash xususiyatini harakterlaydi.
Asosga adgeziyaning va sun’iy tosh chidamliligini oshiruvchi qo‘shimchalar. Buning uchun polimer qo‘shimchalar, vinilatsetat sopolimerlari, etilen, stirol poliakrilat va boshqalar ishlatiladi. Quruq kukun yoki emulsiya ko‘p tarqalgan qo‘shimchadir.
Havoni tortuvchi qo‘shimchalar (ko‘pik hosil qiluvchilar). Ular yuzaki – faol moddalar (YuFM) –sulfonol, neftni qayta ishlash maxsulotlari, sintetik yuvish vositalari va boshqalar.
Bog‘lovchi modda (to‘ldiruvchi) sarfini kamaytiruvchi qo‘shimchalar. Gipsli bog‘lovchi sarfini va qotishda deformatsiyalarni kamaytirish uchun tog‘ jinslari, sanoat chiqindilaridan olingan inert yoki sintetik qo‘shimchalar qo‘shiladi.
Maxsulotlarning suvga chidamliligi oshiruvchi qo‘shimchalar. Suvga chidamlilik – bu mahsulotlarning suvga to‘yingan holatida ham chidamlilikni saqlay olish xususiyatidir. Yumshash koeffitsienti quyidagi formala bilan ifodalanadi:

bu yerda, va – suvga to‘yingan va quruq holatda mustahkamlik chegaralari.
Gipsli material va mahsulotlar suvga chidamsiz bo‘lib, yumshash koeffitsienti 0,3 dan 0,5 gacha o‘zgaradi. Bu yuqori integral g‘ovaklilik va suvga gipsning nisbatan yuqori eruvchanligi bilan bog‘liq hisoblanadi. Gipsli material va maxsulotlarning yumshash koeffitsientini oshirishning ikki usuli qo‘llaniladi.
Suvga chidamlilikni kimyoviy qo‘shimchalar – borat ammoniy, shavel, stearin kislota va uning tuzlari, gidrooksid bariy, sintetik yog‘li kislotalar va boshqalarni qo‘shish bilan oshirish mumkin. Bunda suvda kam eruvchi moddalar hosil bo‘ladi (masalan, stearat kalsiy).

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin