Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


-jadval G‘ovak to‘ldiruvchilarning qiyosiy xarakteristikasi



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə45/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

3.2-jadval G‘ovak to‘ldiruvchilarning qiyosiy xarakteristikasi




To‘ldiruvchi

Massa bo‘yicha suvshimuv-
chanlik, %

O‘rtacha zichlik, kg/m3

Issiklik o‘tkazuvchan- lik, BT..K

Siqilishdagi mustahkam- lik, MPa

Keramzitli graviy

12-30

300-800

0,2-0,5

0,8-5,5

Ko‘pchitilgan perlit

29-30


100-300


0,04-0,06



0,3-0,6


Agloparitli sheben

16-31


800-1100


0,22-0,6


0,65-1,6


Shlakli pemza



13-31


800-1100


-


0,6-2,7


Pepolistirol granullari

3 gacha



10-35


0,02-0,03



0,05-0,15



Turli g‘ovak to‘ldiruvchilarni xarakterlaydigan adabiyotda keltirilgan ko‘rsatkichlardan (3.2-jadval) ma’lumki, keramzit shag‘alining suvshimuvchanlik va zichlik chegarasi katta hisoblanadi. Suvshimuvchanlik ko‘rsatkichi to‘ldiruvchining g‘ovaklik xarakterini belgilaydi. Ochiq va yopiq g‘ovaklar keramzitda bir tekisda taqsimlangan bo‘ladi. Hamma noorganik to‘ldiruvchilar, etarli past bo‘lmagan mustaqkamlik va issiq o‘tkazuvchilik xususiyatiga ega. Noorganik g‘ovak to‘ldiruvchidan farqli ravishda penopolistirol granullarini harakterlovchi ma’lumotlar, umuman boshqa tuzilishdagi sun’iy organik to‘ldiruvchi ekanligidan dalolat beradi, ya’ni mayda yacheykali tuzilishga ega bo‘ladi.


Bunday to‘ldiruvchining past zichligi, past issiq o‘tkazuvchanlik xususiyati
yengil materiallarni olishda foydalanish uchun samarali hisoblanadi. Yengil
109
betonlar uchun mineral g‘ovak to‘ldiruvchilar qulay hisoblanadi, chunki ko‘pirtirilgan polistirol qumi materialning zichligini kamaytiradi. Bunday betonlarning to‘siq panellarida qo‘llanilishi ularni issiqlik texnik xarakteristikasini yaxshilash va issiqlik sarfini iqtisod qilish imkonini beradi. Yuqorida keltirilgai sabablar, tadqiqot yo‘llari bilan samarali kompozitsiyani hosil qilish majburiyatini keltirib chiqaradi.
Bunday kompozitsiyani keltirib chiqarishda umumiy asosiy tendensiyani e’tiborga olish zarur bo‘lib, noorganik g‘ovak to‘ldiruvchidan yengil beton olinishiga qaratilsa va organik to‘ldiruvchining xom ashyosining kelib chiqishi, texnologik tayyorlanishini xisobga olish kerak bo‘ladi.
Polimerbetonlar optimal strukturasi hosil bo‘lishida kukun to‘ldirgichlarning tarkibi, xossalari katta ahamiyatga ega. Kukun to‘ldirgich sifatida andezit, diabaz, kvars, koks, shamot, antratsit, toshqol, kullar, fosfogips va boshqalar ishlatiladi.
Fenol-formaldegid, karbamid-formaldegid smolalari asosidagi polimerbetonlar tannarxi arzon va keng tarqalgan. Bu polimerbetonlar kislotali qotiruvchi ishtirokida xona haroratida qotadi.
Furan polimerlari va ularning epoksid, fenol-formaldegid va boshqa polimerlar bilan aralashmalari yuqori konsentratsiyadagi kislotalarga chidamli polimerbetonlar olishda bog‘lovchilar sifatida ishlatiladi.
Epoksid smolalari asosidagi polimerbetonlar yuqori mustahkamlik, kimyoviy muhitlarga universal chidamlilik xususiyatlariga ega. Polimerbetonlar tarkibini tanlash murakkab bo‘lib, ko‘plab o‘tkazilgan tajribalar asosida keltirib chiqarilgan emperik formulalar yordamida amalga oshiriladi. Polimerbeton uchun bog‘lovchi sarfi 100-240 kg/m3 atrofida bo‘lib, polimer-kukun to‘ldirgich nisbati 1:2 ÷ 1:4 orasida bo‘ladi. Polimerbeton qotishini tezlashtirish uchun 40-90 0C haroratda 6-24 soat davomida ishlov berish maqsadga muvofiqdir. Karbamid- formaldegid singari kuchsiz kislotalar va nordon tuzlar ta’sirida tezda qotadigan polimerlar asosidagi polimerbetonlarni xona haroratida qotirish mumkin.
Polimerbetonlarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60-130 MPa, cho‘zilishdagi mustahkamligi 6-22 MPa, egilishdagi mustahkamligi 15-42 MPa bo‘ladi. Ularning sovuqqa chidamliligi F200-F500 va undan ko‘p bo‘lib, issiqqa bardoshliligi 100-200 0C ni tashkil etadi.
Polimerbetonlarning mo‘rtligini yanada kamaytirish uchun plastifikatorlar, qotayotganda ichki zo‘riqishni pasaytirish maqsadida galogen va sulfat tuzlari kiritish mumkin. Polimerbetonlarning cho‘zilishdagi mustahkamligini oshirish uchun, yoriqlar hosil bo‘lishiga bardoshli bo‘lishi uchun tarkibiga asbest, shisha tolasi, bazalt tolasi, boshqa sintetik tolalar kiritiladi. Polimerbetonlar kamchiligiga yuk ta’sirida vaqt bo‘yicha deformatsiyalanish ko‘rsatkichining yuqoriligi, issiqlik va namlikning almashib ta’sir etishi natijasida eskirishi kiradi.
Polimerbeton ishlab chiqarish texnologiyasi ko‘p jixatlari bilan (komponentlarni o‘ta aniq dozirovkalash, ularni aralashtirish) kimyo texnologiyasiga yaqin turadi. Polimerlar, qotiruvchilar, plastifikatorlar va boshqa modifikatorlar maxsus idishlarda saqlanish, dozirovkalash, qorishma tayyorlash, qoliplash va issiqlik bilan qayta ishlash jarayonida aniqlik va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Polimerbeton sexi kuchli shamollatish tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi, ishchilar shaxsiy himoya vositalari (ko‘zoynak, maxsus kiyim, rezinali qo‘lqop, respirator va h.k.) bilan ta’minlanishi zarur.
Polimerbetonlar umuman, boshqa kompozitsion materiallar (sementli beton, asfaltbeton) bardosh bera olmaydigan muhitlarda ishlatiladi. Ular asosida kimyoviy muhitlarga (kislota, ishqor, tuzli va boshqa muhitlar) bardoshli buyum, qism va konstruksiyalar tayyorlanadi. Furanli, fenol-formaldegidli polimerbetonlar kislotalar, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqariladigan korxonalarda, epoksidli, poliefirli polimerbetonlar kislotali va ishqorli muhitlarda, sanitariya-texnika buyumlari va qismlari tayyorlashda ishlatiladi.
Polimerbetonlar biologik aktiv muhitlarga (achitqilar, bakteriyalar) chidamli bo‘lgani uchun biotexnologiya korxonalari, meva-sabzavotlar saqlanadigan omborxonalar, molxonalar va boshqa qurilishlarda ishlatiladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin