Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


Asbestsement buyumlarning turlari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə41/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Asbestsement buyumlarning turlari


Asbestsement buyumlar asosan varaqalar, panellar, quvurlar va ularning bog‘lash detallariga bo‘linadi. Asbestsement to‘lqinsimon profillangan varaqalar ko‘ndalang kesimiga ko‘ra ikki xilda tayyorlanadi: 40/150 va 54/200, bunda suratda to‘lqin baladligi, maxrajda esa to‘lqin uzunligi millimetrlarda berilgan. 40/150 li varaqalar 7 va 8 to‘lqinli, 54/200 li esa 6 to‘lqinli chiqariladi. Varaqalarning uzunligi 1750, eni 980, 1125 va 1130 mm va qalinligi 5,8, 6,0 va 7,5 mm ga teng (2.30-rasm). Varaqalarga kerakli detallar ham chiqariladi. Profillangan asbestsement varaqalar inshootlar, omborxonalarning tomlarini yopish va parda devorlar tuzish uchun ishlatiladi. Ushbu mahsulotlar GOST 30340-95 ga mos ravishda chiqariladi.
Qoplash uchun mo‘ljallangan yassi asbestsement varaqalar presslanmagan va mustahkamligi yuqori presslangan, qalinligi 4, 5, 6, 8, 10 va 12 mm, eni 800,
1200, 1500 mm va uzunligi 2000, 2500, 3200, 3600 mm qilib chiqariladi. Komplekslash jarayonida ularning o‘ng yuzasi belgilanishiga qarab manzarali asbestsement qoplam bilan pardozlanadi, suvga chidamli emallar bilan bo‘yaladi, yaltiroq qilinadi, shuningdek sirlangan keramik taxtachaga o‘xshab bo‘rttirib ishlanadi. Suvga chidamli bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan plitalar so‘nggi vaqtlarda turarjoy va jamoat binolari, tozalik xonalari va oshxonalarning pollari, shiplari, devorlarini qoplash uchun keng qo‘llanilmoqda. Asbestsement varaqalar va izoralardan tomga yopiladigan ko‘p qatlamli va devor panellarini tayyorlash uchun foydalaniladi.




2.30-rasm. To‘lqinsimon asbestsement varaqa.






2.31-rasm. Asbestsementlik devor paneli:
1-asbestsement varaqa; 2-issiqlik ushlagich; 3-karkas bruslari.
Tom paneli o‘zaro tutash qobiq hosil qiladigan ikkita asbestsement varaqadan iborat qatlamli konstruksiyadir. Qobiq ichida mineral paxtadan qilingan issiq ushlovchi qatlam joylanadi (2.31-rasm).
To‘lqinli profilli asbotsement listlar barcha turdagi binolar tom qoplamalarini qurishda ruxsat etilgan. Ularning uzoqqa chidamliligini oshirish va estetik xossalarini yaxshilash uchun sintetik emallar bilan bo‘yalgan listlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda (2.32-rasm).





Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin