Mustahkamlik chegarasi, MPa:
tolalari bo‘ylab siqilishda
tolalari bo‘ylab cho‘zilishda
v) yelim qatlami bo‘ylab yorilishda
155-160
220-260
7-8
120-125
110-140
6-7
Tolalari bo‘ylab urilishdagi yopishqoqligi, kJ/m2
70-80
25-30
Mineral to‘ldirgichlarga zarralarining o‘lchami 0,15 mm dan mayin bo‘lgan, to‘ldiruvchilarga-donalarining o‘lchami to 5 mm gacha bo‘lgan qum va to 50 mm gacha bo‘lgan to‘ldirgichlar kiradi. Polimerbetonning afzalligi past ishqalanuvchanligi va yuqori kavitatsion va kimyoviy turg‘unligida FA monomer asosidagi polimer-betonning urilishdagi mustahkamligi oddiy betonga nisbatan 4-6 marotaba yuqoridir.
Tarkibida 5-10% gacha grafitli to‘ldirgich bo‘lgan polimerbeton 400 markali oddiy betonga nisbatan 20 marotaba yuqori kavitatsion turg‘unlikka ega. Polimerbetonlar sementli beton bilan yaxshi yopishadi, yopishish mustahkamligi sementli betonlarning egilishdagi mustahkamlik chegarasiga yaqinlashadi. Polimerbetonlarni metall yoki nometall armaturalar bilan kuchaytirish mumkin.
Polimerbetonlar irrigatsion to‘g‘onlar va portli inshotlarning ishqalanishga chidamli qoplamalari va qurilmalarida, pollar qurishda, agressiv muhit ta’sir etuvchi sharoitlarda ekspluatatsiya qilinadigan qurilmalarda, shaxta va yer osti inshootlarida, drenaj quvurlarida, temir yo‘lning kontakt tayanchlarida va boshqa yuqori elektrqarshiliklarga ega qurilmalarda ishlatiladi.
Yengil beton xususiyatiga ta’sir ko‘rsatadigan bosh ko‘rsatkichlardan biri, to‘ldiruvchining g‘ovakli xarakteri faqat uning zichligini emas, tarkibning- bir jinsligini xam aniqlab beradi.
Ba’zi bir ishlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatadiki, g‘ovak to‘ldiruvchilardagi ko‘pchilik donalari 0,1 dan 1 mm gacha diametrli g‘ovakka ega. Bundan ma’lumki, g‘ovaklarga namlik bilan birga sement zarralari ham kirib keladi, bu esa to‘ldiruvchining sement toshlari bilan yuqori kuchli bog‘lanishga olib keladi. Sement toshi bilan taraqqiy etgan ochiq g‘ovakli to‘ldiruvchini tishlashishi yuqori mustahkamlikka ega bo‘ladi.