Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


Asbestsementning xossalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə40/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Asbestsementning xossalari


Asbestsementning fizik va mexanik xossalari asbest tolalarining miqdori va sifatiga, sement aktivligiga, asbestsementning zichligiga, qotish sharoitiga va boshqa xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Asbest mineral tolasi dispers armatura vazifasini o‘tab, asbestsementning cho‘zilishdagi mustahkamligini sement toshining mustahkamligidan bir necha barobar ko‘taradi.
Asbest tolalarining cho‘zilishdagi mustahkamligi 700 MPa atrofida bo‘ladi. Bu ko‘rsatgichi bo‘yicha u eng yaxshi po‘latlardan qolishmaydi. Asbestsement buyumlarning tarkibiga 15 % gacha asbest qo‘shilishi asbestsement mustahkamligining chegaraviy qiymati sement toshi mustahkamligining chegaraviy qiymatidan cho‘zilishi bo‘yicha 3…5 marta, egilishi bo‘yicha 2…3 marta ortiq bo‘lishiga olib keladi.
Asbestsementning mustahkamligi uning zichligiga, asbest tolalarining miqdoriga, maydalanib hurpaytirilishiga va sement toshi bilan mustahkam birikishiga bog‘liq bo‘ladi.
Asbestsementning muhim ijobiy xususiyatlaridan biri yuqori cho‘ziluvchanligidir -(8÷16)·10-4, bu sement toshining cho‘ziluvchanligidan 6…10 marta ko‘pdir. Bu shundan dalolat beradiki asbestsementning konstruktiv sifati (asosan cho‘ziluvchanligi va egiluvchanligi) betondan ancha yuqoridir.
Asbestsementning assosiy kamchiligi uning mo‘rtiligi va tob tashlashidir. Bu kamchiliklari texnologik va konstruktiv tuzatishlar yordamida bartaraf qilinadi, ya’ni zich qilib presslanadi, avtoklavlarda qayta ishlanadi, katta o‘lchamlik buyumlar armaturalanadi va mineral qo‘shimchalar kiritiladi.
Asbestsement buyumlarning chidamliligi uning o‘rtacha zichligiga bog‘liqdir. Uning o‘rtacha zichligi bo‘yicha sovuqqa chidamliligi quyidagichadir: zichligi 1,57 g/sm3- 25 sikl; zichligi 1,65 g/sm3- 50 sikl va zichligi 1,8 g/sm3- 100 siklgacha muzlatish va eritish (bunda mustahkamlik 10 % gacha pasayishi ruxsat etiladi) Asbestsementning zichligi uni presslash va kremniyli organik polimerlar kiritish yordamida oshiriladi. Parafin emulsiyasi uning g‘ovakligini va suv shimuvchanligini pasaytiradi, hajmiy deformatsiyalanishini va tob tashlashini kamaytiradi.
Asbestsementning issiqlik o‘tkazuvchanligi uning zichligi 1,9 g/sm3 bo‘lganda 0,35 Vt/(m 0C) ga tengdir. Asbestsement buyumlar uchun chegaraviy issiqlik 250 0C dir. Buyumlar 400-500 0C da qizdirilganda mustahkamligi sezilarli pasayadi. Kremniylik qo‘shimchalar qo‘shilib tayyorlagan asbestsement buyumlar 1000 0C gacha issiqlikka ham chidash beradi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin