Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə36/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Kimyoviy qo‘shimchalar. Ishlab chiqarish bosqichlarida qo‘shimchalar sarflanuvchi energiya miqdorini kamaytiradi, qimmatli komponentlar sarfini, material hajmini kamaytiradi, material xususiyatini yaxshilaydi, struktura hosil bo‘lishi va qotish jarayonlarini tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi. Materiallar ekspluatatsiyasi davrida avvalo qo‘shilgan qo‘shimchalar material struktrasini mustahkamlaydi, uning ekspluatatsiya davrini oshiradi.
Qo‘shimchalarning asosiy funksional vazifasi – bu aralashmadagi bir yoki bir necha komponentlar bilan reaksiyaga kirishishidir, shu bilan ular to‘ldiruvchilardan farq qiladi. Reaksiya natijasida aralashmada avval uchramagan yangi birikmalar paydo bo‘ladi. To‘ldiruvchi kabi kimyoviy tarkibiga ega kukunsimon qo‘shimchalar ko‘p tarqalgan. Qo‘shimchalar sarfi bog‘lovchi yoki
quruq qorishma massasining bir foizini yuzdan bir qismidan 1 – 2% gacha chegarada o‘zgarishi mumkin.
Ishlab chiqarish sharoiti va ahamiyatiga ko‘ra, qo‘shimchalar suv bilan birga yoki quruq kukun (quruq qorishma) ko‘rinishida qo‘shiladi. Qo‘shimcha aniq talablarga javob berishi kerak – donali tarkibiga va quruq qo‘shimchalar qo‘shishi vaqtida aralashtirishi davomiyligiga ko‘ra, aralashmalarda yaxshi taqsimlanishi kerak. Suvda eruvchan qo‘shimchalarni qo‘llaganda, eritish suvi bilan shaklli qorishmalarga qo‘shish – eng yaxshi taqsimotni beradi. Bundan tashqari ularga toksiklik, yong‘in, portlash va kimyoviy xavfsizlik bo‘yicha maxsus talablar mavjud.
Shlakli qorishma va mahsulotlar xususiyatlariga ahamiyati va xarakteri bo‘yicha ta’sir ko‘rsatishiga qarab, qo‘shimchalarni bir necha guruhga bo‘lish mumkin:

  • gidrotatsiya, qotish va ushlash jarayonlarini tezlashtiruvchi;

  • gidrotatsiya va qotish jarayonlarini sekinlashtiruvchi;

  • shlakli qorishmalarining qulay joylashtirish xususiyatini oshiruvchi;

  • adgeziya va sun’iy tosh (polimer) chidamliligini oshiruvchi;

  • havoni tortuvchi;

  • bog‘lovchi (to‘ldiruvchi) sarfini kamaytiruvchi;

  • mahsulotlarning suvga chidamliligini oshiruvchi;

  • biokimyoviy korroziyaga to‘sqinlik qiluvchi qo‘shimchalar.

Shuni ta’kidlash kerakki ko‘pgina qo‘shimchalar polifunksional bo‘lib, bu esa ularni ishlatilishiga to‘sqinlik qiladi.
Gidrotatsiya, ushlash va qotish jarayonlarini tezlatuvchi qo‘shimchalar. Gipsga nisbatan suyuq fazani oshiruvchi va gidrotatsiya jarayonini tezlatuvchi kuchli elektrolitlar. Bu qo‘shimchalarga suvda eruvchan NaCl, K2SO4, Al2(SO4), FeSO4, CuSO4, K2SO4, KAl(SO4)2, KNO3, NaNO3, KOH, NaOH, H2SO4, HCl,
NaHPO4, K2CO3 va boshqalar. Gips bog‘lovchi materiallar gidrotatsiyasi, ushlashi va qotishini sekinlashtiruvchi qo‘shimchalar hisoblanadi. Ayrim sekinlashtiruvchi
qo‘shimchalar va ularning sarfi 2.16-jadvalda keltirilgan. Gips bog‘lovchi qorishmalar gidrotatsiyasi, tishlashishi va qotishini sekinlashtirishning samarali usuli bu shlakli qorishmalar haroratini 50 – 95 °C gacha oshirishdir.
2.16-jadval

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin