Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


-rasm. Qoliplovchi mashina sxemasi



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə39/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

2.29-rasm. Qoliplovchi mashina sxemasi:


1-vanna; 2-asbestsement qorishmasi keluvchi tarnov; 3-lenta tasmasi; 4-siquvchi val; 5-asbestsement qatlam; 6-havosiz karobka; 7-qoliplovchi baraban; 8-asosiy val; 9-tortuvchi vallar; 10-to‘r tortilgan baraban.
Asbestni ezish va tolalarni ajratish maxsus mashinalarda oldin begunlarda, so‘ngra gollenderlarda amalga oshiriladi. Gollender- bu ichki qismida pichoqlari bo‘lgan aylanali baraban ko‘rinishidagi idish hisoblanadi. Gollendyerda asbest, sement va suv aralashtiriladi. Unda hosil bo‘lgan massa belkurakli qirgichga, undan esa varaqa yoki quvur qoliplovchi mashinaga o‘tkaziladi. Varaqa qoliplovchi mashinaning ishchi qismlari asbestsementli suyuqlik soluvchi idishdan, metall to‘r o‘ralgan tortuvchi baraban qurilmalaridan iboratdir (2.29-rasm).
Baraban aylanganda asbestli massa filtrlanib, unga yupqa qatlam shaklida o‘rnatiladi, keyin aylanuvchan lentaga yopishib undan qoliplovchi metall barabanga o‘tkaziladi. Barabanda esa qatlam talab qilinadigan qalinlikka etgach varaqa shaklida kesiladi. Hosil qilingan nam asbestsement varaqalar konveyerga kiritiladi va qayta ishlanadi: kerakli o‘lchamlarda qirqiladi, 30…40 MPa bosim ostida presslanadi, to‘lqinsimon shakl beriladi.
Quvurlar tayyorlashda echiladigan qolip-barabanlar ishlatilib, ularning diametri quvur ichki diametriga mos keladi. Truba devorlarining qalinligi kerakli miqdorga etgach, qolip baraban echilib olinadi va yangisi o‘rnatiladi. Qoliplangan
buyum qolip-barabandan olinadi va bug‘ kamerasiga yoki suv havzasiga jo‘natiladi. Buyumning to‘liq qotishi issiqlik omborlarida oxiriga etkaziladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan «ho‘l usul» yordamida buyumlarni qoliplashdan tashqari yarim quruq va quruq usullar ham qo‘llaniladi. Yarimquruq usulda buyumlarni quyishda namligi 30…35 % bo‘lgan asbestsement qorishmasi maxsus mashinalarda birdaniga zichlashtirilib tayyorlanadi. Quruq usulda buyumlarni quyishda maydalangan asbestsement va tuyilgan qum qo‘shilib aralashtiriladi. Keyin aralashma 14…16 % miqdorida namlanadi va konveyer yo‘lagida presslanadi yoki valik yordamida zichlashtiriladi. Qotirish esa avtoklavlarda amalga oshiraladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin