Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə47/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Nazorat savollari:


  1. Betonpolimerlar ishlab chiqarish texnologiyasi.

  2. Betonpolimerlar ishlab chiqarish texnologiyasi va xossalari.

  3. Penopolistirolbeton ishlab chiqarish asoslari.

  4. Betopolimerlarni ishlatilish sohalari.
    1. Yog‘och-mineral asosidagi kompozitlar turlari va ishlab chiqarish asoslari. Yog‘och-mineral asosidagi kompozitlar klassifikatsiyasi,


xomashyo materiallar tarkibi.
Yog‘och va boshqa o‘simliklardan olingan xom ashyoni qayta ishlashda hosil bo‘lgan chiqindilar asosidagi materiallar
Xalq xo‘jaligida yog‘ochning ishlatilish tahlili shuni ko‘rsatadiki, uni tayyorlash va qayta ishlashda katta yo‘qotishlar bo‘ladi. Qayta ishlanuvchi barcha yog‘ochning 60 % ni chiqindilar ko‘rinishidagi ikkilamchi maxsulotlar tashkil etib, ularning katta qismi yonib ketadi yoki chiqindiga chiqib ketadi. Ammo ular qurilish materiallarini ishlab chiqarish, shuningdek gidroliz va boshqa sanoat tarmoqlari uchun qimmatli xomashyo xisoblanadi. Shuning uchun yog‘och chiqindilaridan foydalanish xalk xo‘jaligida katta axamiyat kasb etadi. Bir tomondan, u qurilishning texnik xususiyatlariga ko‘ra arralashgan (binokorlik) materiallardan afzalroq bo‘lgan konstruktiv va issiqlikdan izolyatsiyalovchi materiallarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan o‘rmon qirqilishi miqdorini ancha kamaytiradi.
Qurilish-montaj ishlari miqdori tayyorlanuvchi yog‘ochlarnikiga nisbatan ancha tez sur’atda ko‘payadi. Shundan kelib chiqib, yog‘och qurilishda kamyob material xisoblanadi. Yog‘ochni tayyorlash va qayta ishlash chiqindilaridan foydalanish qurilishning samarali qurilish materiallariga bo‘lgai ehtiyojini qondirishda o‘ta muhim manba vazifasini o‘taydi.
Yog‘och chiqindilari uni tayyorlash va qayta ishlashning barcha bosqichlarida paydo bo‘ladi. Ularga quyidagilar kiradi: daraxt shoxlari, ingichka novdalar, yog‘och uchlari, bo‘lakchalar, barglar, qipiqlar, to‘nkalar, ildizlar xammasi bo‘lib yogochning 21 % massasini tashkil etadi. Yog‘ochni qayta ishlashda mahsulot chiqishi 65 % ni tashkil etadi, qolgan qismi esa qirindi (14%), qipiqlar (12%), qirqilgan va mayda bo‘lakchalar (9%) ko‘rinishdagi chiqindilarni tashkil etadi. Ulardan quritish detallari, mebel va boshqa maxsulotlarni shilab
chiqarishda qirqilgan bo‘lakchalar, qipiqlar va aloxida yog‘och bo‘lakchalari shaklidagi chiqindilar hosil bo‘lib, ular qayta ishlatilganlar miqdorinint 40 % gacha qismini tashkil etadi.
Yog‘ochni qayta ishlash jarayonida hosil bo‘luvchi chiqindilar ularning shakliga qarab uch turga ajratiladi: qattiq (yoki bo‘lakchali), tolali (qipiqlar, qirqilgan bo‘lakchalar) va qobiqlar. Chiqindilar shuningdek ularni hosil qilish izchilligiga qarab ham tasniflanadi: birlamchi va ikkilamchi qayta ishlov hamda yog‘och xom ashyosining qayta ishlash bosqichlari.
Qurilish materiallari va maxsulotlarini ishlab chiqarish uchun asosan qipiqlar, bo‘lakchali chiqindilar ishlatiladi. Bo‘lakchali chiqindilar bevosita yelimli quritish maxsulotlarini ishlab chiqarish uchun, ularni texnik tarasha holatiga keltirib, keyinchalik qirqilgan va mayda bo‘lakchalar, tolali massa ishlab chiqarish va boshqa ko‘rinishga keltiriladi.
Qipiq - yog‘och qirqish va qayta ishlashda hosil bo‘luvchi eng ko‘p chiqindilaridan biridir. Qipiqlar qisman spirt va xamirturushga ixtisoslashtirilgan gidroliz zavodlarida g‘isht ishlab chiqarishda yonuvchi qo‘shimcha modda sifatida yoki gips-qipiq plitalarda to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi, lekin ularning ancha qismi yonib ketadi yoki chiqindiga chiqarib yuboriladi. Qipiqlarniig fraksion tarkibi ularni hosil qilish turiga bog‘liq va 5-20 mm ni tashkil etadi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin