Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə55/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Korolit - mineral bog‘lovchilar va po‘stloq asosida ishlab chiqariladi. Korolitni ishlab chiqarishda po‘stloqni ishlatishda uni oldindan quritiladi, maydalanadi va changini yo‘qotish uchun g‘alvirdan o‘tkaziladi. Qurilish gipsi yoki tez qotuvchi sementlar bog‘lovchi vazifasini o‘taydi.
Aralashmani tayyorlash va korolitni qoliplash arbolitni tayyorlashda ishlatiladigai jihozda amalga oshiriladi. Gipsli korolitning mustahkamlik chegarasi 1,7 MPa dan kamroqqa, uning issiqlik o‘tkazuvchanligi esa 0,14...0,16 Vt/m°C ga teng.
1 m3 korolit qiymati fibrolit va arbolitga qaraganda: ikki marotaba past. Korolit devor va pollarni barpo etishda sovuq o‘tkazmaydigan qatlam sifatida ishlatiladi.

Nazorat savollari:


  1. Sanoat chiqindilari asosida qanday zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqariladi?

  2. Arbolitning qanday turlari mavjud?

  3. Arbolitning qanday asosiy xususiyatlari mavjud?

  4. Arbolitning qanday avfzalliklari mavjud?

  5. Veloks plitalarini tayyorlash texnologik sxemasini tushuntiring?

  6. Fibrolit haqida ma’lumot bering?

  7. Fibrolitning qanday avfzalliklari mavjud?

  8. Qipiqbetonlar qanday sanoat chiqindilaridan olinadi?

  9. Korolit qanday soxalarda ishlatiladi?

  10. Ksiloizol olishda qanday xomashyo materiallar ishlatiladi?

  11. Ksilolit qanday qurilish materialiga kiradi?

  12. Xorijda qanday zamonaviy issiqlikdan izolyatsiyalovchi materiallar ishlab chiqarilmoqda?
    1. Sement-qirindili plitalar. Gips tolali plitalar. Asosiy xossalari, ishlab chiqarish asoslari va ishlatilish sohalari


Sement-qirindili plitalar – plitalar ko‘rinishidagi issiqlikdan izolyatsiyalovchi va issiqlikdan izolyatsiyalovchi-konstruktiv material bo‘lib, yog‘och tola (lentasimon yog‘och qirindisi) va mineral bog‘lovchi moddadan tashkil topgan.
Bog‘lovchi modda turiga ko‘ra sement-qirindili plitalar quyidagicha bo‘ladi: sementli-portlandsement ishlatilganda va magneziyali-magnezial sement ishlatganda. Sementli va magneziyali qirindili plitalar -ularning bir xil tuzilishi bilan tushuntiriladigan ayrim umumiy xususiyatlarga ega. Ammo ular orasida farqlar ham bor, bu farqlar ularni tayyorlash uchun ishlatilgan bog‘lovchi moddalar xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Sementli qirindili plitalarni magneziyali qirindili plitalarga qaraganda kengroq tarqalgan. Sement qirindili plitalar qo‘llash ahamiyati bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: issiqlikdan izolyatsiyalovchi - bino qismlarining issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi; issiqlikdan izolyatsiyalovchi-konstruktiv – issiqlikdan himoyalash xususiyatlaridan tashqari, katta mustahkamlikka ega, shunga ko‘ra ularning devorlar, to‘siqlar, orayopmalar qurishda ishlatish mumkin; akustik - tovush yutuvchi material sifatida ishlatiladi.
Sement-qirindili plitalar uzunligi 1500, 2000 va 2400 mm, eni 500 va 750 mm, qalinligi 25, 50,75 va 100 mm bo‘lgan plitalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Sement qirindili plitalarning asosiy xususiyatlari quyidagi 3.6-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin