Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


-jadval Turli markadagi sement-qirindili plitalar xususiyatlari ko‘rsatkichi



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə56/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

3.6-jadval Turli markadagi sement-qirindili plitalar xususiyatlari ko‘rsatkichi


Plitalar markasi

Hajmiy og‘irlik, kg/m3 dan ortiq emas

Bukishdagi mustahkamlik chegarasi kg/sm2 dan
kam emas

Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, kkal/m·soat·grad
dan ortiq emas

Umumiy (haqiqiy) g‘ovaklik,
% da

300
350
400
500

300
350
400
500

4
5
7
12

0,085
0,095
0,105
0,13

87
83
82
77

Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan mustahkamlik va issiqlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlari materiallarning quruq holatiga tegishli. Sement-qirindili plitalar namligi 20% dan oshmasligi kerak. Magneziyali sement-qirindili plitalarning asosiy texnik ko‘rsatkichlari sementli fibrolitnikiga o‘xshash bo‘ladi. 300 va 350 markali plitalar odatda issiqlikdan izolyatsiyalashga, 400 va 500 markali plitalar esa issiqlikdan izolyatsiyalovchi-konstruktiv sement-qirindili plitalarga tegishli.


Sement-qirindili plitalar yirik g‘ovak, o‘zaro birlashgan g‘ovak tuzilishga ega, bu esa uning bir qator xususiyatlarini, xususan katta havo o‘tkazuvchanlik va yaxshi tovush yutishlik xususiyatlarini aniqlaydi.
Sement-qirindili plitalardagi yog‘och tolasi armatura karkas rolini bajaradi. O‘zining elastikligi ko‘ra, u plitalarda xarakterli tolasimon tuzilishni, g‘ovaklik va mustahkamlikni ta’minlaydi. Yog‘och tolasi sifatiga fibrolit xususiyatlari va uzoq saqlanishi bog‘liqdir.
Sement-qirindili plitalarning suv shimuvchanligi 40-60% ni tashkil etadi. Hajmiy og‘irlik va sement sarfi pasayishi bilan suvshimuvchanlik oshadi. Sement-qirindili plitalaring suvga chidamliligi etarli emas: magnezial qirindili plitalarda u kamroq, chunki magnezial tuzlar yuqori gigroskopiklikka ega. Shuning uchun sement-qirindili plitalarni saqlashda va konstruksiyalarda namlikdan himoya qilish kerak. Sement-qirindili plitalar 35 % dan yuqori
namlikda uy zamburug‘i bilan shikastlanadi. Sement-qirindili plitalar ochiq alanga bo‘lib yonmaydi, lekin tutaydi. Yong‘in xavfsizligi qoidalariga mos ravishda, yonuvchanlik darajasi bo‘yicha sement-qirindili plitalar qiyin yonuvchi qurilish materialiga kiradi. Sement-qirindili plitalarli konstruksiyalarni yong‘inga chidamliligi hajmiy og‘irligiga bog‘liq: hajmiy og‘irlik qanchalik katta bo‘lsa, yong‘inga chidamlilik chegarasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Magneziyali qirindili plitalar sementliga qaraganda kam yonuvchanlikka ega, chunki magneziyali qirindili plitalarda yog‘och tolasi xlorli magniy aralashmasi bilan bo‘ktiriladi, u esa yong‘indan yaxshi himoyalaydi.
Akustik sement-qirindili plitalar tashqi ko‘rinishi bo‘yicha yog‘och tolasi o‘lchami bilan farqlanadi: u qalin, lekin eni kamroq. Akustik sement-qirindili plitalarning hajmiy og‘irligi 350-400 kg/m3. Plitalar qalinligi 25-35 mm. Sement- qirindili plitalarning tovush yutish koeffitsienti uning hajmiy og‘irligi va qalinligi, hamda xonaning to‘siqli konstruksiyalariga mustahkamlash usuli bilan aniqlanadi. Tovushning 1000 Gs chastotasida tovush yutish koeffitsienti 0,5-0,7 ga etadi.
Sement-qirindili plitalar mexanik qayta ishlovga oson beriladi: uni arralash, teshish, unga mix qoqish mumkin. Sement-qirindili plitalarning g‘adir-budur yuzasi suvoq bilan tishlashishiga yordam beradi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin