Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


Sement-qirindili plitalarni qurilishda ishlatish



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə58/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Sement-qirindili plitalarni qurilishda ishlatish


Sement-qirindili plitalarni ishlatishning asosiy sohasi – bu uy-joy qurilishidir. Qurilishning me’yor va qoidalari sement-qirindili plitalarni to‘siqli konstruksiyalar issiqlik-izolyatsiyasi uchun II va III sinf binolarida qo‘llashga ruxsat beradi, masalan yengil tom devorlar, sinch devorlar to‘ldiruvchilari, to‘siqlar uskunalari.
Yuqori chidamli konstruktiv sement-qirindili plitalardan bir qavatli sinchsiz uylar qurish mumkin. Ma’lum o‘lchamlar va shu bilan birga sement-qirindili plitalarning yengilligi uylarni tez, katta mehnat sarfisiz va ko‘tarma kranlarni qo‘llamasdan qurishga imkon beradi. Sement-qirindili plitalar binolarning yaxshi issiqlik himoyasini ta’minlaydi. Qalinligi 15 sm bo‘lgan sement-qirindili plitalar devori o‘z termik qarshiligi bo‘yicha ikki g‘isht devorga ekvivalentdir. Sement- qirindili plitalarni namlikdan saqlash kerak, uni yuqori nam sharoitlarda, xususan hammom va dush kabinalarida qo‘llash mumkin emas. Sement-qirindili plitalarda havo o‘tkazuvchapnlik yuqori bo‘lgani uchun, undan yasalgan devor va to‘siqlar suvaladi.
Sement-qirindili plitalar yonadi, shuning uchun pechlarga tegmasligi kerak. Boshqa materiallarga ko‘ra, uning katta afzalligi – bu uning kamroq namligidir, bu esa boshqa ko‘pgina binolarga qaraganda, sement-qirindili plitalarli uylarni tezroq qurish imkonini beradi. Yog‘och konstruksiyalarga sement-qirindili plitalarni 30 mm yaqin diametrli metall shaybali maxsus enli mixlar bilan qoqiladi. G‘ishtli, beton devorlar va to‘siqlar plitalariga sement-qirindili plitalar odatda ohak- sementli aralashma yordamida maxkamlanadi. Binolarning erto‘la xonalarida sement-qirindili plitalarni qo‘llashda, plitalarni tosh devorlarga issiq bitum yordamida maxkamlanadi, bitum uning gidroizolyatsiyasini ta’minlaydi.
Sement-qirindili plitalarni monolit betonlar bilan birgalikda qo‘llanuvchi qurilish konstruksiyalarida, ularni opalubka sifatida ishlatish mumkin, bu yog‘och materiallarini iqtisod qilishga va qurilish ishlarining arzonlashuviga olib keladi.
Hozirgi vaqtda sement-qirindili plitalar yirik panelli temir-beton qurilishida ishlatilmoqda. Sanoat qurilishida sement-qirindili plitalar tomsiz yopilmalarni isitish uchun ishlatiladi. Uni yig‘ma temir-beton plitalarga bitum mastika bilan joylashtiriladi, sementli styajka o‘rnatiladi va rulon yopilmali materiallar bilan qoplanadi.
Sement-qirindili plitalar - yaxshi akustik material. Yirik va birlashgan g‘ovaklariga ko‘ra u tovush yutish xususiyatiga ega, shuning uchun uni konsert zallari, kinoteatrlar va boshqa xonalar devor va shiftlarini bezash uchun ishlatiladi. Bunday xollarda plitalar yuzasi suvalmaydi, faqat purkagichlar yordamida bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Sement-qirindili plitalar ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1 m3 sement-qirindili plitalar tayyorlashga xom ashyo, yoqilg‘i, elektr-energiya va mehnat xarajatlari 3.8 - jadvalda ko‘rsatilgan.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin