Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə54/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Qipiqbetonlar - bu mineral bog‘lovchilar va organik to‘ldiruvchilar (yog‘och qipiqlar) asosidagi materiallar. Ular qatoriga ksilolit beton va tarkibi olish texnologiyasiga yaqin boshqa materiallar kiradi.
Qipiqdan tashqari mineral to‘ldiruvchilarga ega bo‘lgan qipiqbetonlar monolit qurilishda yoki ko‘pqavatli binolar, chorvachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi inshootlarini qad etishda sirtqi devorlar uchun kichik devor bloklarini tayyorlashda qo‘llaniladi.
Qipiqbetonli qorishmalarni olishda portlandsement oldin qum, keyinchalik minerallashtiruvchi aralashmada qayta ishlangan qipiqlar va suv bilan aralashtiriladi. Massa oddiy qorishma qorg‘ichlarda tayyorlanadi. B1-B2 toifadagi
o‘rtacha zichligi 1050-1250 kg/m3 bo‘lgan 1m3 qipiqbeton hosil qilish uchun M400 navdagi portlandsement sarfi taxminan 130 kg, so‘ndirilgan oxak-105, qum- 600, qipiq-200 kg ni tashkil etadi.
O‘rtacha zichligi 300-700 kg/m3 va siqilishga mustahkamligi 0,4-3 MPa bo‘lgan qipiqbetonlar issiqlikni izolyatsiyalovchi materiallar sifatida, o‘rtacha zichligi 700-1200 kg/m3 va siqilishga mustahkamligi 10 MPa gacha bo‘lganlari esa konstruksion-issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar sifatida ishlatiladi.
Qipiqbetonlar issiq va namli sharoitlarda qotishida eng yuqori mustahkamlikka ega bo‘ladi. Ushbu material ishlatilgan monolit qurilish ishlarini konstruksiyalar kuzgacha kerakli mustahkamlikka ega bo‘lishi uchun bahorda amalga oshirish tavsiya etiladi. Qipiqbetonli 1m2 devorning qiymati g‘ishtli devorga nisbatan ikki marta kam.
Ksilolit deb qorishmaning qotishi natijasida olingai magnezialli bog‘lovchi va yog‘och qipiqlar hamda xlorid yoki magniy sulfati eritmasida qorishtirilgan sun’iy materialdir. Bu material asosan pol tuzatishda monolit yoki yig‘ma moslamalar uchun qo‘llaniladi. Past darajadagi issiqlikni o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, qattiqligi, o‘chib ketishga chidamliligi, turli rangda bo‘yalishi ksilolitli pollarning ustunligi hisoblanadi.
Tavsiya etiluvchi ksilolit qorishmasi quyidagi miqdor hajmiy nisbatdagi kaustik magnezit va qipiqlardan tarkib topadi: 1:1,5...1:1,4. 100 m2 hajmli, 100 mm qalinlikdagi qoplash ishi uchun kaustik magnezit sarfi 410... 620 kg, kristalli magniy xloridi esa — 260 ... 400 kg ni tashkil etadi.
Ksiloizol ksilobeton turi bo‘lib, portlandsement bilan bir qatorda ohak xamiri va 5% li tuz, shuningdek diatomit, trepel va IES kulini o‘z ichiga oladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin