Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə57/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Xomashyo materiallari


Sement-qirindili plitalar tayyorlash uchun xomashyo sifatida yog‘och qirindisi va portlandsement xizmat qiladi. Bundan tashqari, sementning yog‘och qirindisi bilan yaxshiroq yopishishi va tishlanish muddatlarini nazorat qilish uchun xlorli kalsiy, eruvchan shisha, gips, gil va boshqa moddalar qo‘shiladi.
Yog‘ochni tanlashda, portlandsementning tishlashish va qotish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi suvda eruvchan organik moddalarni undan ajratib olish miqdori katta ahamiyatga egadir. Bunday moddalarga yog‘och tarkibidagi tanin, shakar, kraxmal, ayrim gemitsellyuloza va boshqalar kiradi. Yog‘och tarkibidagi suvda eruvchan moddalar tarkibi daraxt turi va yoshiga, kesilgan vaqtiga, hamda omborxonada yotgan muddatga bog‘liqdir. Yog‘och tolasi
ko‘pincha ignabargli daraxtlardan olinadi. Yozda kesilgan yog‘ochda, qishda kesilgan yog‘ochga qaraganda ko‘proq suvda eruvchan moddalar bo‘ladi. Yog‘och po‘stlog‘i ko‘p ekstragenli moddalarga ega, shuning uchun yog‘ochni yog‘och tolasiga aylantirilgungacha uni po‘stlog‘idan ajratiladi. Ignabargli yog‘ochni omborxonalarda 4-6 oy saqlanadi.
Yog‘och tolasi deb, uzun va ingichka yog‘och qirindisiga aytiladi. Uning uzunligi 400-500 mm va qisqaroq, ammo 200 mm dan kam emas. Yog‘och qirindisi eni va qalinligi sement-qirindili plitalar turiga bog‘liq. Yog‘och qirindisining tavsiya qilingan o‘lchamlari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.

3.7-jadval


Yog‘och qirindisi o‘lchamlari



Sement-qirindili plitalar

Eni, mm

Qalinligi, mm

Issiqlikdan

2 – 5

0.3 – 0.5

izolyatsiyalovchi







Akustik

1 – 1,5

0,4 – 0,6

Sement-qirindili plitalar ishlab chiqarish uchun qo‘llanuvchi portlandsement 500 markali bo‘lishi va yuqori tuyish mayinlikka ega bo‘lishi kerak, buning uchun sementni vibrotegirmonlarda maydalanadi. Shlakportlandsementni xuddi shunday sifat talablari bilan ishlatish mumkin. Sement-qirindili plitalar ishlab chiqarish uchun, 50% dan kam bo‘lmagan C3S va 10 – 14% C3A ga ega tez qotuvchi alitli yuqori alyuminatli sementlar eng yaroqli hisoblanadi.


Yog‘och qirindisi mineral moddalar eritmalari bilan to‘yintiriladi, bu jarayon mineralizatsiya, materiallar esa mineralizatorlar deyiladi. Mineralizator sifatida xlorli kalsiy, eruvchan shisha va oltingugurtli loy-tuproq ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalgan mineralizator – bu xlorli kalsiy.
Mineralizator eritmalari 30-40 0C haroratgacha isitilishi kerak. Yog‘och qirindisi qanchalik quruq bo‘lsa, mineralizator eritmasi yog‘och g‘ovaklari va
kapilyarlariga shunchalik yengil va chuqurroq kiradi, shuning uchun quritilgan yog‘och mineralizatsiyasi xo‘lga nisbatan samaraliroqdir.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin