Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə65/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

“Fermacell” plitasi


“Fermacell” plitasi qog‘ozni ikkilamchi qayta ishlashda olingan qog‘oz tolalari va gipsdan iboratdir. Ikkala tabiiy xomashyo komponentlari aralashtiriladi va suv qo‘shilgandan so‘ng qovushtiruvchidan foydalanilmagani holda yuqori bosim ostida barqaror plitalarga presslanadi, keyin quritiladi, suvdan itariluvchi vositalar singdiriladi va kerakli o‘lchamdagi shakllar qirqib olinadi.
Suvli muhitda gips tolalarni o‘ziga tortadi. Bu “Fermacell” plitalariga mustahkamlik va yong‘inga bardoshlik beradi. Ularning tarkibi tufayli bu plitalar ham qurilish, ham yong‘inga qarshi va namlikka chidamli plitalar sifatida foydalanishi mumkin.
Turli xil muassasalarda o‘tkazilgan sinovlar “Fermacell” plitalarining juda yuqori tovush izolyatsiyalovchi xossalarga ega ekanini tasdiqladi. SHu plitalardan foydalangan holda tayyorlangan devorlar va to‘siqlarni sinash jarayonida tovush izolyatsiyasi darajasi 86 detsibelgacha etishi, zarbaviy shovqinlardan tovush izolyatsiyasi darajasi 16 detsibelgacha (yengil to‘siqlarda) va 24 detsibelgacha (massiv to‘siqlarda) yaxshilanadi.
Qalinligi 10; 12,5; 15 va 18 mm bo‘lgan sirtiga ishlov berilgan “Fermacell” plitalari RAIII.4.6 sinov bayonnomalari asosida DIN 4102 (1 qism) standarti bo‘yicha yonmaydigan qurilish materiali sifatida Berlindagi Qurilish texnikasi instituti tomonidan foydalanishga ruxsat etilgan.
Materiallarni F 30 dan F 120 yong‘inga bardoshlilik sinfi uchun devor konstruksiyalari va to‘siqlar konstruksiyalarini sinash bo‘yicha nemis va yevropa laboratoriyalarida o‘tkazilgan. “Fermacell” plitalari issiqlik o‘tkazuvchanligining hisobiy qiymatlari diffuziyaga qarshilik koeffitsienti 11 va zichlik 1.180±50 kg/m3 bo‘lganda 0,36 Vt/m.K ni tashkil etadi.

Nazorat savollari:


  1. Yog‘och-polimer kompozitlar klassifikatsiyasi.

  2. Yog‘och-polimer kompozitlar klassifikatsiyasi.

  3. Asosiy xossalari, ishlab chiqarish asoslari va ishlatilish sohalari.


    1. Yüklə 5,34 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin