Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə68/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Kostroemulbit siklik usulda olinadi, bunda zig‘ir o‘zagining bitumli emulsiya bilan majburiy aralashtirish standart beton qorishtiruvchilarda yoki uzluksiz harakatdagi qorishtirgichlarda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha tarzda issiqlik mustahkamlik qobiliyatini oshirish maqsadida perlit yoki keramzit qumini
1 m3 sovuq o‘tkazmaydigan qatlamga 30 kg hisobida qo‘shiladi. 1 m3 kostroemulbit (o‘rtacha zichligi 3000 kg/m3) tayyorlash uchun materiallar sarfi (kg) quyidagilarni tashkil etadi: zig‘ir o‘zagi-195, bitum-75, LST-18 (quruq modda xisobiga), qo‘shimcha (suyuq shisha)-12.
Plitalar inventar qoliplarda panjarali poddon ramkalarda qoliplanadi va presslash bilan zichlantiriladi. Keyinchalik qoliplar- ramkalar echib olinadi va mahsulot quritish kamerasiga yuboriladi yoki tabiiy quritish uchun tayyor mahsulotlar omborxonasiga yuboriladi.
600x600x100 mm o‘lchamdagi plita ko‘rinishida tayyorlangan va doimiy massagacha quritilgan kostroemulbit quyidagi fizik-mexanik ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi:

10% namlikda o‘rtacha zichlik, kg/m3

390

20 oC haroratda issiklik o‘ttazishi, Vt/m. °C

0,067

Egilishdagi mustahkamligi, MPa

0,11

0,033 MPa yuk ostidagi qisqarishi

-

Suvshimuvchanligi, %, massa bo‘yicha, 24 soat ichida

53

Hajmiy kichrayishi %, 24 soat ichida

6

Gidroskoplik,%

8

Ortenksni hosil qilish texnologiyasi organik to‘ldiruvchini bog‘lovchi bilan purkab aralashtirish, keyinchalik elimlangan massani kolipga joylash va mahsulot orqali issiq havo o‘tkazish bilan presslashdan iborat. Mahsulotlarni qoliplash va issiqlik bilan ishlov berishning butun jarayonn 20....25 minut davom etadi. Ortenksli plitalar zichligi 175...300 kg/m3, egilishda mustahkamlik - 0,5 MPa, issiqlik o‘tkazishi 0,21...0,24 Vt/m.°C ni tashkil etadi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin