Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə76/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Polimer pardozlovchi materiallar. Issiqlik izolyatsiya plastmassalar deb, sintetik smolalardan olinuvchi organik yuqori g‘ovak materiallarga aytiladi, ular qurilish, sanoat va boshqa texnika sohalarida issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. Issiqlik izolyatsiya plastmassalar yana gaz to‘ldirilgan yoki ko‘pirtirilgan plastmassalar, ko‘pikplast yoki g‘ovakli plastmassalar ham deb nomlanadi.
Turlari. Issiqlik izolyatsion plastmassalarni turli polimerlardan tayyorlanadi. Issiqlik izolyatsiya plastmassalarni alohida guruhlarga bo‘lishning asosiy klassifikatsiyalanuvchi belgilari quyidagilar:

  1. material olish uchun qo‘llanuvchi asosiy xomashyo turi;

  2. material olish usuli;

v) g‘ovaklikning tavsifi va hajmiy og‘irligi;
g) issiqlik izolyatsiya plastmassalar ahamiyati va qo‘llash sohasi. Ko‘pikli plastmassalar quyidagilarga bo‘linadi:

  1. boshlang‘ich polimerlar turi bo‘yicha:

    1. polimerizatsiyalangan;

    2. polikondensatsion;

  2. hajmiy og‘irligiga ko‘ra:

    1. yengil;

    2. yengillashgan.

Boshlang‘ich polimer hajmiy og‘irligi yarmidan kichik hajmiy og‘irlikka egalari yengil ko‘pikli plastmassalar, polimer hajmiy og‘irligi yarmidan katta hajmiy og‘irlikka egalari esa yengillashgan ko‘pikli plastmassalar deyiladi.

  1. olish usuliga ko‘ra:

    1. presslangan;

    2. preslanmagan;

    3. quyilgan va sepilgan;

  1. qotirish usuliga ko‘ra:

    1. sovuq sharoitda qotirish;

    2. issiq sharoitda qotirish;

  1. fizik strukturasiga ko‘ra, gaz to‘ldirilgan plastmassalar quyidagilarga bo‘linadi:

    1. g‘ovak plastmassalar (ko‘pikplastlar), ular mayda yopiq g‘ovak tuzilishi bilan xarakterlanadi;

    2. g‘ovak (g‘ovakplastlar) – birlashgan g‘ovaklar yoki gaz bilan to‘lgan bo‘shliqli tizimga ega materiallar.

Ushbu klassifikatsion bo‘lishlar shartli hisoblanadi, chunki materialda bir vaqtning o‘zida ham g‘ovaklar, ham birlashgan g‘ovaklar bo‘lishi mumkin. Bunday material aralash strukturaga ega. Muntazam takrorlanuvchi, to‘g‘ri
geometrik shaklga ega va asalari inini eslatuvchi g‘ovak sotoviy plastmassalar alohida guruhni tashkil qiladi. Ular maxsus gofrirovkalangan qog‘oz, gazlama yoki alyumin folga, yopishtirilgan polimerli mahsulotlardir (3.11-rasm).



Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin