Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə74/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Penopoliuretanlar poliefir polimerlari, dizotsianat, katalizator, emulgator va suv aralashmasining kimyoviy reaksiyalar natijasida ko‘pchitib hosil qilinadi. Poliuretan bikr va elastik holda tayyorlanadi. Poliuretanning o‘rtacha zichligi 50-60 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,02-0,04 Vt(m.0C), issiqqa bardoshliligi – 50 0C dan +110 0C gacha, suv shimuvchanligi massa bo‘yicha 2-5%.
Bikr poliuretan kichik o‘rtacha zichlikka va yuqori mustahkamlikka ega bo‘lib, suv va agressiv muhitlarga bardoshli, metall yuzalarga juda katta kuch bilan yopishadigan o‘ta samarali issiqlik izolyatsiyasi materiali hisoblanadi.
Bikr poliuretan plita ko‘rinishida uch qatlamli panellar, segmentlar, qobiqlar
tayyorlashda, magistral truboprovodlar uchun sovuq sharoitda ko‘pchiydigan va qotadigan monolit issiqlik, izolyatsiyasi qoplamalari hosil qilishda ishlatiladi.
Monolit qoplamalar tayyorlaganda yuzalarni gidroizolyatsiya qilishga zarurat bo‘lmaydi, chunki penopoliuretan massasi juda katta kuch bilan metall truba tashqi qolipiga urungani sababli o‘ta zich qatlam hosil bo‘ladi.
Penopoliuretan asosida ikki tomoni zanglamaydigan po‘lat listlar (alyuminiy folgasi va sh.k.) bilan qoplangan, istalgan o‘lchamdagi panellar ishlab chiqariladi va sanoat binolarida tom, devor issiqlik izolyatsiyasida ishlatiladi. Penopoliuretan biologik muhitlarga bardoshli bo‘lgani uchun zamburug‘lar va mikroorganizmlar ta’sir etishi ehtimoli bo‘lgan joylarda ishlatish mumkin. Elastik penopoliuretan panellar choklarini germetizatsiyalash uchun ishlatiladi. Poliuretanni qurilishda ishlatilganda yonuvchanligini hisobga olish kerak.
Penopolistirol polistirolga g‘ovak hosil qiluvchi komponentlar kiritib tayyorlanadi. Penopolistirolning o‘rtacha zichligi 25-40 kg/m3 bo‘lib, edirilishga bardoshli, suv va kimyoviy muhitlarga chidamli bo‘ladi. Uning issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,05 Vt(m.0C), ishlatilish harorati 700C gacha ruhsat etilgan. Penopolistirolning kirishishi va yonuvchanligi uning kamchiligi hisoblanadi. Uning kirishishini bitum- elastomer material bilan yuzasini qoplash usulida kamaytirish mumkin. Ponopolistirol uch qatlamli panellar olishda, tom, to‘siq konstruksiyalari tayyorlashda issiqliq izolyatsiyasi sifatida ishlatiladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin