Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə82/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Polimer buyumlarning ishlab chikarish usullari. Polimer materiallarni ishlab chiqarish jarayoni xomashyoni tayyorlash, uni meyo’rli taqsimlash va aralashmani tayyorlash, buyumni qoliplash va barqaror mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. Buyumlarni valsovka qilish (kalandrlash), ekstrukziya, presslash, bosim ostida quyish, termoqoliplash, payvandlash usullari bilan tayyorlaydilar. To‘qimali, qog‘ozli yoki boshqa materiallar asosida o‘rama materiallar ishlab chiqarish uchun surkash usuli, shishaplastiklardan tayyorlanadigan buyumlarni sachratish usuli, isssiqlik o‘tkazmaydigan materiallarni ko‘pirtirish va g‘ovaklik hosil qilish usuli qo‘llaniladi.
Valsovka usulida buyumlar ikki yondosh aylanib turgan vallar orasidagi bo‘shliqda shakllantiriladi (3.12-rasm). Valsovka qilish usulida massalarni yuqori sifatli birjinsli qilishga va plastiklashtirishga erishiladi. O‘rama, pardasimon va
varaqali termoplastik kompozitsiyali materiallarni olishda shunday usul bilan ishlov beriladi.
Ekstruziya usuli-buyumlarga shakl berishda eritilgan polimer massaning shakl hosil qiluvchi teshikdan (mundshtuk) bosim ostida o‘tkazish jarayoni hisoblanadi. Plastik massani bosib chiqarish uchun ko‘pincha shnekli ekstruzion mashinalar ishlatiladi (3.13-rasm). Linoleumlar, uzun o‘lchamli buyumlar, taxtachalar, quvurlar, pardasimon materiallar ishlab chiqarish uchun ekstruziya usuli keng qo‘llanib kelinmoqda.
3.12- rasm. Valsovka mashinas.


3.13- rasm. Shnekli ekstruzion mashina
Bosim ostida kuyishda quyuq termoplastik kompozitsiyalardan inneksiya usulida buyumlar tayyorlab olinadi. Quyma mashinalarda eritib olingan massa bosim ostida qolipga quyiladi va qolipda sovib tez qotadi (3.14-rasm). Bu usul bilan polistirol qoplovchi taxtachalar, quvurlarni ulash detallari kabi buyumlar tayyorlanadi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin