Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


Qurilishda ishlatiladigan polimer materiallar va buyumlar



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə85/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Qurilishda ishlatiladigan polimer materiallar va buyumlar


Pollar uchun ishlatiladigan o‘rama, taxtachali, mastikali polimer materiallar miqdorining taxminan 70% dan ortig‘i polivinilxloridli linoleumga tushadi.
Linoleumlar uy-joy, jamoat va ayrim sanoat binolarining pol qoplamalarini qurish uchun mo‘ljallangan. Taxta va parketli pollar to‘shamasini tayyorlash vaqti bilan taqqoslaganda linoleumli qoplamalarni tayyorlash vaqti 5-7 marotaba qisqaradi. Agar linoleum qoplamali pollar to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinsa, 25-30 yilgacha xizmat qilishi mumkin. Linoleumlarni asossiz va shuningdek matoli, to‘qimali, kigizli va boshqa xil asosli qilib ishlab chiqaradilar. Bularning yuzalari turli xil tusda ranglangan, tekis, silliq, yaltiroq, gulsolingan, xira, jilosiz va boshqa xil qilib ishlab chiqarilishi mumkin. Polivinilxloridli linoleum eni 1200-2400mm, qalinligi 2,1mm va uzunligi 12 metrdan kalta bo‘lmagan mato shaklida ishlab chiqariladi.
Gliftalli (alkidli) linoleum mato asosida tayyorlanib, unga glitserin, ftal angidridi va xususiyat beruvchi qo‘shimchalardan tayyorlangan polimer aralashmasi surtiladi. Gliftalli linoleumning asosiy kamchiligi-yuqori mo‘rtligi, ayniqsa past haroratlarda chidamsizligi hisoblanadi. O‘ramaning uzunligi 20m, eni 1,8-2,0m, qalinligi 2,5-3,0mm. Bu xil linoleumlar oddiy rangsiz va rangli qilib ham ishlab chiqariladi.
Kolloksilinli (nitrotsellyulozali) linoleum, gliftalli linoleumdan farqli, asossiz qilib ishlab chiqariladi. Kolloksilin-bu yog‘och yoki paxta sellyulozasining
nitratsiya mahsulotidir. O‘ramaning uzunligi 20m gacha, eni 0,88 dan 1,2m gacha. Bu turdagi linoleum qizil yoki jigarrang tusdagi o‘ziga xos rangda bo‘lib, yuqori bukiluvchanlikka ega hisoblanadi. Bu materialning asosiy kamchiligi, bu uning yuqori yonuvchanligi hisoblanadi.
Rezinali linoleum- ko‘p qatlamli qilib tayyorlanadi. Yuqori qatlami uchun rangli rezina, pastki qatlami uchun-maydalangan oddiy rezina va bitum aralashmasidan foydalaniladi. Rezinali linoleum shuningdek issiq va tovush o‘tkazmaydigan asosda va uy o‘lchamiga mos gilam shaklida tayyorlab etkazib beriladi. Bir o‘ramaning uzunligi 10-12m, eni 1,5m gacha, qalinligi 3-5mm bo‘ladi. Rezinali linoleum sidirg‘a rangli, qizil, ko‘k, sariq, yashil, marmarsimon va boshqa ranglarda ishlab chiqariladi. Uning ishqalanish ko‘rsatgichi 0,05 g/sm2 dan oshmaydi. Rezinali linoleum suvga va ko‘pgina agressiv eritmalar ta’siriga chidamli. Shuning uchun u tozalik xonalari, oshxona, zina supachasi va pollarni qoplashda ko‘p ishlatiladi.
Oxirgi yillarda qurilishda sintetik gilam materiallar: vorsolin, vorsonit va boshqa materiallarni keng qo‘llash joriy qilinmokda. Ularning asosi bo‘lib, polivinilxlorid, poliuretan yoki ko‘pchitilgan lateks xizmat qiladi. Gilamning usti uchun sintetik tolali to‘qimasiz qoplamalar ishlatiladi. Vorsolinli o‘rama kengligi 1m, uzunligi 50m gacha, qalinligi 5-6mm qilib tayyorlanadi. Vorsolinli gilam uy o‘lchamida bo‘lgan gilam shaklida payvandlanadi yoki elimlab yopishtiriladi. Vorsonit kenligi 1600mm bo‘lgan o‘rama shaklida ishlab chiqarilib, uning cho‘zilishdagi mustahkamligi kamida 2-2,5 MPa ni tashkil qiladi.
Pollar uchun taxtasimon materiallar o‘rama materiallarga nisbatan kamroq polimer talab qiladi, turli xil ranglarda rasmlar solib qoplash imkoniyatini yaratadi va yengil ta’mirlanadi. Ammo shu bilan birga, taxtachalardan pol qurganda juda ko‘p miqdorda choklar hosil bo‘ladi. Bular esa pollarni uzoq muddatga chidamliligini pasaytiradi. Taxtacha pollar tozalik talablariga kam javob beradi va ish hajmi o‘rama pol qoplamali materiallarga nisbatan ko‘p hisoblanadi.
Pollar uchun plastmassali taxtachalardan asosiysi bo‘lib polivinilxloridli va kumaronli hisoblanadi. Kumaronli taxtachalar uchun bog‘lovchi moddalar bo‘lib inden-kumaronli polimer xizmat qiladi. Taxtachalar kvadrat yoki to‘g‘riburchakli shaklda, o‘lchamlari 300x300, 200x200, 300x150, 200x100mm, qalinligi 1,5; 2 va 3mm qilib chiqariladi. Ularning ishqalanuvchanligi 0,04-0,08 g/sm2, suvshimuvchanligi 24 soatda 1% dan oshmaydi. Kumaronli taxtachani asosiy kamchiligi, bu uning yuqori mo‘rtligi hisoblanadi. Polivinilxloridli va kumaronli taxtachani yuqori issiqlik va nam ta’sirli joylarda, moylar, yog‘lar va abraziv ashyolarning ta’siri bor binolarda ishlatilishi tavsiya etilmaydi.
Pollar uchun o‘rama va taxtachali ashyolardan tashqari mastikalar ham qo‘llaniladi. Bular quyuq oquvchan polimer tarkibli ashyolardir. Bu mastikalar turli xil asoslarga changitish, maxsus bo‘yash yo‘li bilan surkaladi va keyinchalik qotiriladi. Mastikali pollar (quyma pollar)-choksiz, ular gigiena talabiga javob beradi, ekspluatatsiyasi qulay. Polimerli mastikalardan ko‘proq ishlab chiqariladigani, bu polivinilatsetat va latekslarning suvli dispersiyasi hisoblanadi. Polivinilatsetatli mastikali pollar latekslilar bilan taqqoslanganda suvga nisbatan kam turg‘unlikka ega, ularni nam jarayonli ishlab chiqarish binolarida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Konstruksion material sifatida dispers tolasimon armaturalar bilan kuchaytirilgan shishaplastiklar, yog‘ochqatlamli plastiklar, sotoplastlar, organik shisha, viniplast listlar, polimer qorishmalar, polimerbetonlar va boshqalar ishlatiladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin