Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


To‘ldiruvchilar va boshqaruvchi qo‘shimchalar



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə81/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

To‘ldiruvchilar va boshqaruvchi qo‘shimchalar. Polimerli materiallarning eng muhim tarkibiy qismlaridan bo‘lib to‘ldiruvchilar hisoblanadi. Ular ko‘pincha termoreaktiv smolalar va turli xil rezinalar asosidagi plastmassalar tarkibiga kiritiladi. To‘ldiruvchilar materialning cho‘kishini (o‘lchamlarida va hajmida kamayishi) ancha kamaytiradi (to‘ldiruvchisiz materialning cho‘kishi 10-18% ni tashkil etadi), bundan tashqari ular material va buyumlarning qattiqligini, mustahkamligini, issiqga chidamliligini va boshqa xossalarini yaxshilaydi.

3.15-jadval


Polimer materiallarning asosiy xossalari




Material


O‘rtacha
zichlik, kg/m3

Cho‘zilishdagi
mustahkam-lik chegarasi, MPa

Qo‘llanish
haroratining chegarasi, 0C

I

Termoplastik smolalar










1

Yuqori bosimli polietilen

910-930

12-16

100

2

Polistirol

1040-1100

35-60

75

3

Polimetilmetakrilat

1180-1200

60-60

80

4

Polivinilxlorid (viniplast)

1135-1400

50-60

60

II

Termoreaktiv smolalar










1

Fenolformaldegidli

1140-1300

12-50

100

2

Melaminoformaldegidli

1400-1550

56-92

120

3

Poliefirli

1200-1250

42-48

100

4

Epoksidli

1100-1200

65-80

120

5

Polisiloksanli

1600-2100

40-60

350




(kremniy-organikli)










To‘ldiruvchilarning kiritilishi polimer materiallardan tayyorlangan buyumlarning narxini pasaytiradi, shu bilan birga polimerlarning sarflanishini 1,5-
3 martagacha qiskartiradi. Termoplastlarning cho‘kishi 0,8-2% gacha o‘zgarib turadi. Bulardan mayda o‘lchamli buyumlar keng miqiyosda qoliplab chiqariladi. SHuning uchun termoplastlarga odatda to‘ldiruvchilar qo‘shilmaydi. Polimer materialning mexanik xossalari ko‘pincha to‘ldiruvchining turiga bog‘liq (3.16- jadval).
To‘ldiruvchilar tarkibi bo‘yicha organik va anorganik bo‘lishi mumkin. Birinchisiga linter (paxta momiqi), yog‘och uni, yog‘ochni ishlov berishdagi chiqindilar (qirindi, arra pudrasi), yog‘och varaqa, sellyuloza ishlab chiqarishdagi chiqindilar (lignin), plastmassa ishlab chiqarishdagi mayin maydalangan chiqindilar, qog‘oz, paxta gazmoli va sintetik tolali gazmollar; ikkinchisiga- tolasimon, varaqasimon va gazmolli asbest, shisha tolali materiallar (tolalar, matolar, to‘qilmagan materiallar), talk, slyuda, changsimon kvars, kaolin, grafit va boshqa to‘ldiruvchilar kiradi.

3.16-jadval Fenolformaldegidli smolalar asosidagi plastmassalarning mexanikaviy


xossalari





To‘ldiruvchining turi



Cho‘zilishga bo‘lgan qarshilik, MPa

Urilishdagi yopishqoqlik, J/m2x10-3

1

Smola (to‘ldiruvchisiz)

35

2-4

2

Yog‘och uni

40

4-8

3

Asbestli tola

35

27

4

Qog‘oz

75

20

5

Paxta gazmoli

100

25-35

6

Shisha matosi

280

100

7

Shisha tolasi
(yo‘naltirilgan)

400

120

Tuzilishlari bo‘yicha organik va anorganik to‘ldirgichlar uch guruhga bo‘linadilar: a) talqonsimon-yog‘och uni, sellyuloza, slyuda, kvars uni, mayin
tuyilgan bo‘r, kaolin, talk va h.k.); b)tolasimon-paxta chiqindisi, asbestli, shishali va sintetik tolalar; v) varaqali-qog‘oz, matolar, yog‘och varaqa, shisha tola.
Polimer materiallarga har bir to‘ldiruvchi kerakli xossalarni berish uchun mo‘ljalab kiritiladi. Talqonsimon to‘ldiruvchilar qattiqlik va siqilishdagi mustahkamlik chegarasini oshiradi; tolasimon to‘ldiruvchilar egilishdagi mustahkamligini oshiradi, varaqali to‘ldiruvchilar ishlatilgan taqdirda esa, mustahkamlik yana ham oshadi, chunki bunday materiallar cho‘zuvchi kuchlanishlarni ham qabul qilib oladi.
Plastmassalarning xossalarini ko‘pincha kiritiladigan qo‘shimchalar: plastiklashtiruvchi, g‘ovaklik hosil qiluvchi, qotiruvchi va boshqalar belgilaydi. Plastifikatorlar makromolekularning bir-biriga nisbatan siljishlarini osonlashtiradi, natijada polimerlarning elastikligi oshadi va plastmassalarga ishlov berish yengillashadi. Platifikatorlarning miqdori polimerlarning tarkibi va xossalariga bog‘liq bo‘lib, 5-40% oraliqlarda bo‘ladi. Issiqlik yoki nurlar ta’sirida «qarish»ni oldini olish uchun polimerlar barqarorlashtiriladi, unga issiqlik yoki nurlarni barqarorlovchi qo‘shimchalar kiritaladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin