Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


-rasm. Sotoviy plastmassalar



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə77/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

3.11-rasm. Sotoviy plastmassalar



  1. to‘ldiruvchilar turiga ko‘ra:

  1. to‘ldiruvchisiz;

  2. mineral to‘ldiruvchili;

  3. organik to‘ldiruvchili.

Tolasimon to‘ldiruvchili issiqlik izolyatsiya plastmassalar plastmassa qo‘llanilgan tolasimon materiallarga o‘xshash hisoblanadi: mineral paxtali va yog‘och tolali plitalar. Farqi shundaki, bu yerda tolasimon to‘ldiruvchi plastmassa qo‘shimcha hisoblanadi, unda esa, aksincha, plastmassa tolaga qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi:

  1. ishlatilishiga ko‘ra:

    1. issiqlik izolyatsiyasi uchun;

    2. tovush izolyatsiyasi uchun;

  1. qo‘llash sohalariga ko‘ra:

    1. sanoat va fuqaro qurilishi uchun;

    2. sanoat uskunalari va quvurlar izolyatsiyasi uchun;

    3. muzlatkichlar uchun;

    4. transport vositalari: temir yo‘l, suv va havo vositalari uchun.

Issiqlik izolyatsiya plastmassalarining xususiyatlari. Katta texnologik imkoniyatlariga ko‘ra, issiqlik izolyatsiya plastmassalari xususiyatlarini keng chegaralarda nazorat qilish mumkin.
Ularning hajmiy og‘irligi 10-15 dan 300-350 kg/m3 gacha va undan yuqori bo‘ladi. Gazli plastmassalar barcha issiqlik izolyatsiya materiallar ichida eng yengili hisoblanadi. Bunday plastmassalarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, yuqorida qayd etilgan hajmiy og‘irlik qiymatlarida +20 0C haroratda 0,025 dan 0,055 kkal/m•soat•grad gacha bo‘linadi. Ayrim ko‘pikplastmassa turlari material g‘ovaklarini havo o‘rniga boshqa gazlar (masalan, ko‘pikpoliuretanlarni tayyorlashda gaz hosil qiluvchi sifatida freon ishlatiladi) bilan to‘ldirilganda issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,019 dan 0,026 kkal/m•soat•grad gacha bo‘ladi.
Issiqlik izolyatsiya plastmassalarning mexanik xossalari, ya’ni mustahkamlik, qattiqlik, mo‘rtlik, elastiklik – asosan ko‘pikli polimerlar turiga va g‘ovak olish usullariga bog‘liq.
Issiqlik izolyatsiya plastmassalarning klassifikatsion sxemasi

Polimerlashgan polimerlar Polikondensatsion polimerlar




Termoplastik penoplastlar Termoreaktiv penoplastlar







4)
Presslash usuli Presslamasdan olish usuli
Quyish va purkash usuli





5)
Yopiq g‘ovakli Aralash g‘ovakli Tovushdan izolyasiyalash



6)
Issiqlik izolyasiya uchun



Sanoat va fuqaro qurilishi
Sanoat uskunalari va quvurlar
Muzlatkichlar Transport vositalari

Polimerlar yuqori solishtirma mustahkamlik bilan, ya’ni kichik solishtirma og‘irlikdagi katta mustahkamlik bilan farqlanadi. Masalan, ko‘p ishlab chiqriladigan polimerlarning cho‘zishdagi mustahkamlik chegarasi 200 dan 700 kg/sm2 gacha, egilishda 300 dan 1000 kg/sm2 gacha, siqilishda 200 dan 2500 kg/sm2 gacha tebranadi. Polimerning solishtirma og‘irligi nisbatan kichik, ya’ni 1,1-1,9 g/sm3 chegarasida bo‘ladi. Shuning uchun, polimerlardan kichik hajmiy og‘irligi bilan sezilarli mustahkamligi mos tushgan, ya’ni konstruktiv sifatning yuqori koeffitsientiga ega issiqlik izolyatsion material olish mumkin. Epoksidli, poliuretanli, polistirolli va ayrim boshqa polimerli plastmassalar 100 dan 250 kg/m3 gacha bo‘lgan hajmiy og‘irlikda cho‘zilishda mustahkamlik chegarasi 15 dan 40 kg/sm2 gacha, siqilishda 20 dan 40 kg/sm2 gacha, egilishda 35 dan 70 kg/sm2 gacha bo‘ladi. Katta hajmiy og‘irlikda, masalan 300 kg/m3 da, g‘ovak plastmassalar mustahkamligi cho‘zilishda 75 kg/sm2 ga, siqilishda esa 50 kg/sm2 ga etadi.
Ko‘pikli plastmassalarning konstruktiv sifat koeffitsienti (0,17-0,20) eng yaxshi gazobetonlardan (0,05-0,07) ancha yuqoridir. Paxta-qog‘oz gazlamali yoki kraft-qog‘oz gofrili yacheykali issiqlik izolyatsiya plastmassalar konstruktiv sifatning yanada yuqori koeffitsientiga egadirlar (0,25-0,5).
Hajmiy og‘irligi 10-30 kg/m3 bo‘lgan issiqlik izolyatsiya plastmassalarning alohida turlari kam mustahkamlik 0.2 MPa va katta mo‘rtlikka ega, bu solishtirma zarbaviy qovushoqlik bilan xarakterlanadi.
Issiqlikdan izolyatsiyalovchi plastmassalar mustahkamligi, elastikligi, issiqqa chidamliligi va boshqa texnik ko‘rsatkichlarini mos qo‘shimchalarni qo‘llash, masalan tolasimon va kukunli to‘ldiruvchilar va gazli massalarning ko‘pirtirish va qotish jarayonlari parametrlarini o‘zgartirib, ma’lum chegarada boshqarish mumkin.
Yuqori harorat ta’sirida polimerlar destruksiyasi (buzilish) jarayoni boshlanadi va ko‘pikplastmassalarning fizik-mexanik xususiyati o‘zgaradi. Termoplastik polimerli issiqlik izolyatsiyalovchi plastmassalarni (ko‘pikpolistirol,
ko‘pikpolivinilxlorid va boshqalar) 60-80 0C haroratda, termoreaktiv polimerli plastmassalarni esa (fenolli ko‘pikplastlar, ko‘pikpoliuretanlar va boshqalar)
150 0C harorat mavjud bo‘lgan sharoitda ishlatish mumkin. Ko‘pikplastmassalarning ayrim turlari (kremniy organik, mineral to‘ldiruvchili fenolli) aniq sharoitlarda 300-400 0C gacha haroratlarda ekspluatatsiya qilish mumkin (masalan, havosiz yopiq konstruksiyalarda) (3.12-jadval).

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin