Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə75/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Penopolivinilxlorid bikr va elastik ko‘rinishlari ishlab chiqariladi. Bikr polivinilxlorid –60 0C dan +60 0C harorat orasida xossalarini qisman o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan issiqlik izolyatsiyasi materialidir. U odatda sarg‘ish rangda bo‘lib, tarkibiga turli rangdagi pigmentlar kiritish natijasida istalgan rangdagi mahsulotni tayyorlash mumkin. Mahsulot o‘lchami 500x750 mm, qalinligi 35-70 mm plitalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Penopolivinilxloridning o‘rtacha zichligi 95-195 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,06 Vt(m.0C), 24 soat ichidagi suv shimuvchanligi 0,3%, ishlatilish harorati 70 0C atrofida bo‘ladi.
Ular asosida plitalar qurilish konstruksiyalari, sanoat uskunalari va
quvurlarni issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. Elastik penopolistirol o‘rama mahsulot ko‘rinishida ishlab chiqariladi va issiqlik izolyatsiyasi va bezak materiali
sifatida qo‘llaniladi. Penopolivinilxlorid materiallari suv va agressiv muhitlarga chidamli va penopolistirol, penopoliuretan kabilarga nisbatan kamroq yonuvchandir.
Mipora karbamid-formaldegid polimeri tarkibiga ko‘pirtiruvchi va qotiruvchi komponentlar kiritib olinadigan juda yengil issiqlik izolyatsiyasi materiali hisoblanadi. Miporaning o‘rtacha zichligi 10-20 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,026-0,03 Vt/(m.0C), ishlatish harorati 110 0C gacha. Yuqori darajada gigroskopikligi va mustahkamligining pastligi miporaning kamchiligi hisoblanadi. Mipora karkas konstruksiyalarni, quvurlarni, sovutgichlarni issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi.
Polimer kompozitsiyalar asosidagi pol uchun mastikalar poliefir, karbamid, epoksid, atseton-formaldegid va boshqa smolalar ishlatib tayyorlanadi. Poliefir smolasi mastikalari oq rangli saja, shisha tolasi va qotirgich qo‘shib olinadi. Poliefirli mastikalar gigiena talablarini qondiradi, edirilishga bardoshli, mustahkam, zarbiy kuchlanishlarga chidamli, dekorativ materialdir. Ular kimyoviy moddalar ta’siri kuzatiladigan xonalar va sanitariya-texnika xonalari pollarini qoplashda ishlatiladi. Boshqa termoreaktiv smolalar asosidagi mastikalar ham jamoat va sanoat binolarida bezakli va turli agressiv muhitlarga chidamli pollar olishda ishlatiladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin