Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə72/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Yog‘och tolali plitalarga ishlov berish. Yog‘och tolali plitlarning barcha
turlari oson mexanik qayta ishlanadi: plitalarni kesish, arralash, hamda unga mix
qoqish mumkin. Plitalar yuzasini o‘rnatilgandan so‘ng, bo‘yash yoki gul qog‘ozlar bilan elimlash mumkin. Yog‘och tolali plitalarning turi va vazifasiga ko‘ra, izolyatsion plitalar yuzasi, odatda to‘siq konstruksiyalar ichida ishlatiluvchi plitalar qayta ishlanmaydi.
Oshxona, vanna va yuvinish xonalari devorlarini bezash uchun qattiq plitalar ishlab chiqarish jarayonida sintetik smolalar bilan to‘ydiriladi va suvga chidamli emal bilan qoplanadi. Natijada plitalar chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lib, keramik plitali devorlarni eslatadi.
Suvga chidamlilik. Yog‘och tolali plitalarning barcha turlari gigroskopikdir va suv shimadi; yuqori suv shimish xususiyati va gigroskopiklik izolyatsion plitalarning katta g‘ovakligi natijasidir. Shimilgan namlik plitalar sifatini buzadi: ular shishadi, o‘z o‘lchamlarini o‘zgartiradi, mustahkamlik kamayib, issiqlik o‘tkazuvchanlik o‘sadi. Bundan tashqari, bunday plitalar yog‘ochni emiruvchi uy zamburug‘lari rivojlanishi uchun qulay muhit yaratadi. Suvga chidamlilikni oshirish uchun tolasimon massani gidrofoblovchi moddalar bilan to‘ydiriladi.
Akustik xossalar. Yog‘och-tolali plitalarni ko‘pincha qurilishda akustik maqsadlar uchun ishlatiladi. Izolyatsion plitalarni tovush izolyatsiyasi uchun ham, tovush yutish uchun ham ishlatish mumkin. Tovush yutuvchi konstruksiyalarda asosiy qatlam izolyatsion yog‘och-tolali plitalar, mineral yoki shishatolali mahsulotlardan bajarilib, qattiq plitalar yordamchi pardozlovchi material sifatida xizmat qilishi mumkin.
Tovush yutish uchun mo‘ljallangan yog‘och tolali plitalarni teshiladi, ya’ni aniq tartibda joylashgan ko‘p sonli dumaloq yoki tirqishli teshiklar hosil qilinadi, ularga ko‘ra, plitalarning tovush yutishi keskin oshadi (3.10-rasm).


Tovush yutish koeffitsienti



Tovush chastotasi gs da


3.10-rasm. Yog‘och tolali izolyasion plitalar tovush yutishining perforatsiyaga bog‘liqligi: 1 silliq yuzali plita;
2 – teshilgan plita (perforatsiyalangan).
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, tovush yutish koeffitsienti quyidagilarga bog‘liq:

  1. alohida teshiklar kattaligi va soniga: barcha teshiklarning bir xil yig‘indi maydonida tovush yutish koeffitsienti yuqori bo‘ladi, agarda alohida teshiklar kattaligi kam, ularning soni esa ko‘p bo‘lganda;

  2. plita qalinligi bo‘yicha teshiklar yo‘nalishi: plita yuzasiga qiya joylashgan teshiklar, plita yuzasiga perpendikulyar joylashgan teshiklarga qaraganda, yaxshi tovush yutishga yordam beradi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin