Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə70/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Yog‘och tolali plitalar


Yog‘och tolali plitalar deganda, yog‘ochni ketma-ket tolasimon massaga maydalash, qoliplash va issiqlik bilan qayta ishlash yo‘li bilan olinuvchi yirik o‘lchamli plita yoki listlar tushuniladi. Yog‘och tolali plitalar turli xususiyatlar bilan ishlab chiqariladi, bu xususiyatlar ularni faqat issiqlik izolyatsiya materiallar sifatidagina emas, balki konstruktiv, bezak va akustik maqsadlarda ishlatishga imkon beradi. Mustahkamlik, hajmiy og‘irlik, g‘ovaklik va boshqa xossalarga ko‘ra yog‘och tolali plitalar ikki guruhga bo‘linadi: izolyatsion, yuqori g‘ovak,
vakuum-qoliplash va quritish yo‘li bilan yog‘och tolali massadan olinadi; qattiq, yuqori zichlikka ega, yog‘och tolali massadan vakuum-qoliplash va issiq presslash yo‘li bilan olinadi. Izolyatsion plitalar izolyatsion va izolyatsion-bezaklilarga, qattiq plitalar esa yarim qattiq va juda qattiqlarga bo‘linadi.
Hajmiy og‘irlik. Plitalarni alohida turlarga kiritish uchun asosiy ko‘rsatkich sifatida hajmiy og‘irlik xizmat qiladi. Izolyatsion guruhga kiruvchi plitalarda barcha issiqlik izolyatsion materiallarda qabul qilingani kabi, hajmiy og‘irlikning yuqori chegarasi; qattiq (presslangan) plitalar guruhida – hajmiy og‘irlikning quyi chegarasining mumkin bo‘lgan qiymatlari o‘rnatiladi.
Alohida tur plitalar uchun tashqi belgi – bu zichlik darajasiga bog‘liq bo‘lgan qalinlikdir; zichlik qanchalik kam bo‘lsa, plitalar shunchalik qalin bo‘ladi. Izolyatsion plitalar 8 dan 25 mm gacha, qattiq plitalar esa 3 dan 8 mm gacha qalinlikka ega. Plitalar uzunligi va bo‘yi ham zichlik darajasiga bog‘liq: eng zich plitalar katta mustahkamlik va katta o‘lchamga ega. Qattiq plitalar uzunligi 3600 mm gacha va eni 1800 va 1600 mm bo‘lishi mumkin. Bu o‘lchamlar chegaraviy emas va kattalashishi ham mumkin hisoblanadi.
Yog‘och tolali plitalarning katta o‘lchamlari ularning qurilish mahsulotlari sifatidagi avfzalliklaridan biridir. SHunga ko‘ra, yog‘och tolali plitalarni devorlar uchun ishlatish katta mehnat sarfi talab qilmaydi va qurilish montaj ishlarini tezlashtirishga yordam beradi: xonadagi devorni o‘rnatish uchun odatda xona balandligiga teng 2-3 uzunlikdagi plitalarni qo‘yish talab qilinadi. Yog‘och tolali plitalarning fizik-mexanik xususiyatlari quyidagi 3.11-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin