Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə67/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Yog‘och qipiqli plitalar qipiq, polimer, gidrofobizator va antiseptik qorishmasidan tayyorlanada. Ular bir yoki ko‘p qatlamli, yalpi yoki g‘ovakli bo‘lishi mumkin. Yog‘och-qipiqli plitalarning o‘rtacha zichligi 800 kg/m3, g‘ovaklilarniki-500 kg/m3 ni tashkil etadi, mustahkamlik chegarasi 20 MPa gacha etadi. Bunday plitalarning suvshimuvchanligi 24 soat davomida taxminan 10 %, qalinligi bo‘yicha chiziqli kengayishi 12%, uzunligi va kengligi bo‘yicha esa 0,5% ni tashkil etadi. Yog‘och-qipiqli plitalarning qalinligi 19...24 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Plitalar pol va pardozlash uchun qo‘llaniladi. Pardozlovchi yog‘och-qipiqli plitalarni bir tomoni g‘ovakli yuzaga ega bo‘lsa, ikkinchi tomoni silliq bo‘ladi.
Pol uchun plitalarni ishlab chiqarishda mochevino-formaldegidli smolalar sarfi sirtqi qatlamlar uchun quruq qipiqlar og‘irligining 18% ni, ichki qatlamlar uchun 10% ni tashkil etadi. Pardozlash plitalari tayyorlashda smola sarfi taxminan 8% ni tashkil etadi.
Gidrofobizatorlar (petrolatum yoki parafin) quruq opilkalar og‘irligidan 1
...3%, antiseptiklar esa 1... 1,5% miqdorda kiritiladi. Plitalar 40...45 oC haroratda va 1...1,5 MPa bosimda 10...25 minut davomida presslanadi. Ularning sirtqi ko‘rinishini yaxshilash va chidamliligini oshirish uchun shpon bilan ishlov
beriladi. Yog‘och-qipiqli plitalardan konstruksiyalarni tayyorlash uchun sarf- harajatlar an’anaviy materiallarnikiga nisbatan ancha kam hisoblanadi.
Mahalliy issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar qatoriga zig‘ir o‘zagi va boshqa tolasimon qishloq xo‘jaligi o‘simliklari chiqindilari va turli organik bog‘lovchilar asosidagi turli xil materiallar kiradi. Bunday materiallardan birich- kostroemulbit bo‘lib, u to‘ldiruvchi-zig‘ir o‘zagi va bog‘lovchi-bitumli emulsiyasi asosida olinadi. Bitumli emulsiya emulgatori va bir vaqtning o‘zida yong‘indan himoyachi vazifasini LST qo‘shimchasi bajaradi. Kostroemulbit tomning issiqlik izolyatsiyasi, shuningdek qishloq xo‘jaligi binolarida devorli panellarning o‘rta qatlami sifatida ishlatiladi.
Bitumli emulsiya belkurakli aralashtiruvchilarda valning aylanish chastotasi minutiga 90... 110 ayl/min gacha tezlikda, gomogenizatorlarda, akustik dispergatorlarda tayyorlanadi. Aralashtiruvchi moslamaga bitumli emulsiyaning umumiy og‘irligidan 6...12% miqdorda va 1,25 g/m3 zichlikdagi LST qo‘shimchasi solinadi. Ishlayotgan aralashtirgichga eritilgan bitum, 3...4 minut o‘tgach esa 60...90 °S haroratda qizdirilgan suv qo‘shiladi, u bitumning emulgator bilan korishmasini kerakli konsistensiyagacha aralashtiradi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin