Alyumin-kompozit panellar - bu o‘ziga xos «buterbrod»ga o‘xshash ikki alyumin listi va ular orasidagi polimer to‘ldirgichdan iborat murakkab ko‘p qatlamli material hisoblanadi (3.9-rasm).
Foydalanish soxalari:
- binolarning zamonaviy ekstererini ta’minlovchi va qo‘shimcha devorlarni issiqlik izolyatsiyasi, soddaligi va uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlovchi shamollatiladigan fasadlarda;
me’morchilikda balkonlar, karnizlar, bo‘g‘otlar va soyabonlarni qoplashda;
turli uskunalarning sirt yopqichini, avtokuzovlar, avtomobil va vagonlarni pardozlashda, eski binolarni rekonstruksiya qilishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Kompozit panel o‘ziga o‘xshash materiallarga nisbatan 50-70% ga yengil (alyumin listga nisbatan o‘rtacha 1,6 marta, po‘lat listga nisbatan 3,4 marta, fibrotsementga nisbatan 2,1 marta yengil). Kompozit panellar quyosh nurini yaxshi qaytaradi va shuning uchun ularning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘ladi (3.9-jadval).