Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə60/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

3.8-rasm. Qamish plitalar a – qamish poyalarining ko‘ndalang joylashuvi;
b – qamish poyalarining bo‘ylama joylashuvi
Poyalari bo‘ylama joylashgan plitalar qamish va sim sarflari bo‘yicha iqtisodiy hisoblanadi. Plitalar o‘lchamlari (mm da): uzunligi 2400, 2600 va 2800, eni 550, 950, 1150 va 1500, qalinligi 30, 50, 70 va 100. Presslash darajasiga ko‘ra, qamish plitaning hajmiy og‘irligi 175 dan 250 kg/m3 gacha, namligi 18% dan ko‘p emas, egilishdagi mustahkamligi 5 kg/sm2 ga yaqin, hisobiy issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,05 – 0,08 kkal/m•soat•grad. Namlikda qamish plitalar zamburug‘lar bilan zararlanadi, ochiq olov bilan yonmaydi, lekin tutaydi.
Xomashyo materiallari
Qamish plitalarni turli suvsevar o‘simliklar poyasidan, ammo ko‘pincha oddiy qamish poyalaridan tayyorlash mumkin. Qamish – uzun poyali va tepasi popikli bir yillik o‘simlik. Qamish poyalari odatda 1,5 – 2 m balandlikka ega, lekin 6 m balandlikka va 40 mm gacha qalinlikka etishi mumkin. Diametri 7-15 mm li, pressga yaxshi beriluvchi poyalardan sifatliroq qamish plitalar olinadi.
Poyasini egiluvchanligini yumshoqligi va o‘simlik to‘qimasi va g‘ovagi bu tur o‘simlik xom ashyosining asosan issiqlik izolyatsiya mahsulotlar tayyorlash uchun yaroqliligini aniqlaydi. Qamishning egiluvchan poyalari bordon ko‘rinishidagi yarim qattiq chidamli plitalar olishga imkon beradi, o‘simlik to‘qimasining g‘ovagi esa mahsulotlarning past issiqlik o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi.
Qamish plitalari tayyorlash uchun pishgan qamishning bir yillik poyalarini ishlatish zarur. Qamishning pishganligi belgilari – bu poyaning sariq rangi va barglarining yo‘qligidir. Qishda qolgan qamish poyalari sinuvchan bo‘lib, o‘z egiluvchanligini yo‘qotadi. Qamishni kuzgi-qishki davrda mexanizatsiyalashgan usulda tayyorlash tavsiya etiladi: suv xavzalarida qamishni motorli qayiqlarga mahkamlangan qamish o‘ruvchilar ishlatiladi.
Qamish plitalarni qurilishda qo‘llash
Qamish plitalar – kam qavatli turar-joylar, qishloq xo‘jalik qurilmalari va kichik sanoat binolari qurilishida ishlatilishi mumkin. Qamish plitalari sinchli tashqi devorlar, ichki to‘siqlar uskunalarini to‘ldirish va to‘siqlarni isitish uchun
xizmat qiladi. Uni 70% dan yuqori havo namligida, masalan hammom xonalarida ishlatish tavsiya etilmaydi. Muzlatkich konstruksiyalarida qamish plitalarni namlikdan asrab, ishlatilishi kerak.
Qamish plitali devorlar yuzasi havo o‘tkazuvchanlikni kamaytirish uchun suvaladi. Ayrim hollarda ichki suvoq ostiga pardan izolyatsiyalovchi qatlami qoplanadi. Issiqlik-texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha, qalinligi 100 mm li, ikki tomondan suvalgan qamish plitali devor ikki g‘isht qalinligidagi g‘isht devorga mos tushadi. Qamish plitalar suvoq bilan yaxshi birlashgani uchun, qamish plitali devorlar yengil suvaladi. Plitalarni chirishdan saqlash uchun 5% li temir kuporosi eritmasi bilan shimdirish maqsadga muvofiqdir.
Gips tolali qatlamlar
Markasi G-4 ÷ G-7 bo‘lgan gips bog‘lovchi modda, qogoz chiqindisi va suv aralashmasidan tayyorlanadi. Uning o‘lchamlari, mm: uzunligi 2500-3600; eni 1200; qalinligi 10, 12, 14, 16 va 19 mm bo‘ladi. Egilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi 4.6-5,3 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak.
Gips kartonli qatlam gips bog‘lovchi modda, shisha tola va qo‘shimcha asosida tayyorlanadi. Gips bezak plitalari yuzasida naqshi bo‘lgan elastik qoliplarga bir me’yorda uzluksiz ravishda gips xamirini quyish usuli bilan olinadi. Gips bog‘lovchi moddaning markasi G-2 ÷ G-7 bo‘ladi.
Tovush yutuvchi gipsli plitalar markasi G-5 dan kichik bo‘lmagan gips bog‘lovchi asosida ko‘p katlamli g‘ilofni qoliplash va keyin ular orasiga tovush yutuvchi moddalar joylashtirib olinadi. Quruq gips aralashmasi polni ostidan yotqiziladigan o‘zi tekislanadigan qatlamlar hosil qilish uchun tayyorlanadi. Ular- ko‘rinishidagi gips bog‘lovchiga qo‘shimcha (sement, shlak) qo‘shib olinadi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin