Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


- jadval Sement-qirindili plitalar ishlab chiqarishning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə59/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

3.8- jadval Sement-qirindili plitalar ishlab chiqarishning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari


Xarajatlar nomi

Sement-qirindili plitalar markasi

300

350

400

500

Yog‘och, m3

0,4

0,45

0,55

0,82

400 markali portlandsement, kg

190

220

240

270

Shartli yoqilg‘i, kg

21

26

31

51

Elektroenergiya, kvt·soat

15,5

17

19,5

24

Mehnat odam - kunda

0,6

0,7

0,8

1,1

Sement-qirindili plitalar ishlab chiqarish iqtisodi alohida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq: qoida bo‘yicha, kichik sex va zavodlarga ko‘ra, yirik korxonalarni tashkil qilish samaraliroqdir.


Sement-qirindili plitalar – boshqa bir qator issiqlik izolyatsiya materiallariga qaraganda, transportabel materialdir. Sement-qirindili plitalarni uzoq masofalarga tashish uning sifatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuning uchun, sement- qirindili plitalar ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalish – bu xomashyo resurslariga boy rayonlarda yillik ishlab chiqarish quvvati 1-1,2 mln.m3 ga ega yirik korxonalarni qurishdir.

Yog‘och payrahali plitalar


Yog‘och payrahali plitalar yog‘och payraxa (juni) va fenol-formaldegid, karbamid smolalari (7-9%) asosida tayyorlanadi. Material tarkibida 90% atrofida organik tolasimon xomashyo bo‘ladi. Mahsulot sifatini oshirish maqsadida tarkibiga gidrofob, difil kimyoviy moddalar, antiseptiklar va antipirenlar kiritiladi.
Yog‘och tolali issiqlik izolyatsiyasi plitalari qurilishga yaroqsiz yog‘ochdan olingan tolalar, qog‘oz makulatura, jo‘xori poyasi, g‘o‘za poyasi, kanop poyasi, poxol asosida polimer bog‘lovchilar qo‘shilib issiq holda presslab olinadi. Ularning o‘rtacha zichligi 250 kg/m3 atrofida, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,07 Vt(m.0C) gacha bo‘ladi.
Fibrolit plitalari yog‘och juni va noorganik bog‘lovchilar asosida olinadi. Yog‘och juni (uzunligi 200-500 mm, eni 2-5 mm va qalinligi 0,3-0,5 mm bo‘lgan tola) yel, archa, qarag‘aydan tayyorlangan kalta to‘sinchalarni maxsus stanoklarda ishlov berib olinadi. Mineral bog‘lovchi sifatida odatda portlandsement ishlatiladi. Yog‘och juni va bog‘lovchi yaxshi yopishishi uchun qorishma tarkibiga kaltsiy xlorid mineralizator sifatida qo‘shiladi. Fibrolit plitalari o‘rtacha zichligi 300-500 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,1-0,15 Vt(m.0C), egilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,4-1,2 MPa. Plitalar 25, 50, 75 va 100 mm qalinlikda ishlab chiqariladi.
Sement-qirindili listlar
Sement-qirindili plitalar–zamonaviy ekologik toza, qiyin yonadigan qurilish materiali bo‘lib, «quruq montaj» qurilishida keng foydalaniladi. Sement-qirindili plitalar – eng avvalo turli maqsadlarga mo‘ljallangan yig‘ma konstruksiyalarni barpo etishda foydalaniladi.

  • yangi qurilayotgan yoki eski binolarni rekonstruksiya qilishda fasadlar, pardevorlar, pollar, shiftlarda foydalaniladi.

  • maxsus inshoatlarning yong‘in xavfsizligiga nisbatan yuqori talablar, atmosfera ta’siriga chidamlilik kabi talablar qo‘yiladigan konstruksiyalarida foydalaniladi.

Asosiy fizik-mexanik xossalari
Xossasi Ko‘rsatkichi
Zichligi, kg/m3 1300
Namligi, % 9±3
Qalinligi bo‘yicha suv shimuvchanligi
24 soat davomida, % <16,0
Qalinligi 8-16 mm bo‘lgan plitalarning
egilishdagi mustahkamligi, MPa 12,0
O‘lchamlaridagi farq:
qalinligi bo‘yicha, mm ±0,3
uzunligi va eni bo‘yicha, mm ± 3,0
Qamishit plitalar deb, qamish poyalarini presslash va po‘lat sim bilan mahkamlash yo‘li bilan tayyorlangan issiqlik izolyatsiya plitalariga aytiladi (3.8- rasm). Qamish plitalar poyalarning joylashuviga ko‘ra, ikki xil bo‘ladi: a) poyalarning ko‘ndalang joylashuvi; b) poyalarning bo‘ylama joylashuvi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin