Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə61/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Nazorat savollari:


  1. Sement-qirindili plitalar.

  2. Gips tolali plitalar.

  3. Asosiy xossalari, ishlab chiqarish asoslari va ishlatilish sohalari.
    1. Yog‘och-polimer kompozitlar klassifikatsiyasi. Asosiy xossalari, ishlab chiqarish asoslari va ishlatilish sohalari




Yog‘och qatlamli plastiklar varaqalar va taxtalar ko‘rinishida polimerlar bilan shimdirilgan yog‘och shponlarni (yupqa yog‘och varaqa) qizdirib presslash yo‘li bilan tayyorlanadi. Yog‘och qatlamli plastiklarni ishlab chiqarish texnologiyasi yog‘och varaqani tayyorlash, uni polimer bilan shimdirish, quritish va yupqa varaqalarni yig‘ish, presslash va qirqish jarayonlaridan iborat. Yog‘och varaqalar uzun tasma shaklida issiq suvda ivitilgan oq terak, shamshod, zirk daraxtlaridan maxsus uskunada kesib olinadi. Yupqa varaqalarning qalinligi kesish uskunasining moslanishiga qarab 0,5 dan 2,5mm gacha oralig‘ida bo‘ladi. Yupqa varaqalarning tasmasi kvadrat yoki to‘g‘ri burchak shaklida varaqalarga qirqiladi. Bu varaqalar 9-12% namlikgacha g‘ildirakli quritgichlarda quritiladi.
Yog‘och qatlamli plastiklar uchun bog‘lovchi sifatida rezol fenolformaldegidli yoki fenolkarbamid-formaldegidli polimerlar ishlatiladi. SHimdirish uchun 28-36% suyultirilgan yoki 50-55% konsentrlangan polimer eritmalaridan foydalaniladi.
Maxsus kasseta yoki konteynerlarga joylashtirilgan, yupqa varaqalar polimer eritmali vannalarda shimdiriladi. Chuqurroq shimdirish avtoklavda 0,4-0,5 MPa bosim ostida erishiladi. Polimerli eritmalar bilan shimdirilgan yupqa yog‘och varaqalar kamerali yoki konveyerli quritgichlarda 80-90 0C haroratda quritiladi va yig‘ishga jo‘natiladi. Yig‘ish uchun yuqori presslash kuchiga ega bo‘lgan gidravlik presslar ishlatiladi. Bu presslarning qisish taxtasi bug‘ yordamida 140-150 0C haroratgacha isitilib 15-16 MPa bosim bilan varaqalarni presslanadi.
Yog‘och-qatlamli plastiklarning fizik-mexanik xossalari yog‘ochdan ustun turadi. Shu sababli bu ashyolar yuk ko‘taruvchi qurilmalar, yordamchi mahkam berkituvchi va montajlovchi elementlarning qismlarini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Mustahkamlovchi to‘ldirgich sifatida shisha tolali ashyolar ishlatilgan plastmassalarga shishaplastiklar deyiladi. Mexanik mustahkamligining yuqoriligi,
yengilligi, oz miqdordagi issiq o‘tkazuvchanligi va boshqa qimmatli xossalari shishaplastiklarning turli qurilish qurilmalarida keng foydalanishni aniqlab berdi.
Shishaplastiklar qurilishda tekis va to‘lqinsimon ko‘rinishda sanoat binolari va inshootlarini yoriqlik o‘tkazadigan tom qoplamalarini qurishda, isitgich va oynavorlik xonalarda, mayda me’morchilik shakllarda, uch qatlamli yorug‘ o‘tkazuvchan va yorug‘ o‘tkazmas to‘siqlar va tom qoplamalarda, qobiq va gumbazlarda, qutisimon va quvursimon kesimli buyumlarda, deraza va eshiklarda, sanitar-texnik buyumlarda, beton va temirbeton buyumlarni tayyorlashda ishlatiladi. Polistirolli taxtachalar 100x100x1,25mm va 150x150x1,35mm o‘lchamlarda kvadrat shaklida tayyorlanadi. Bundan tashqari to‘g‘ri burchakli va frizali qilib ham ishlab chiqariladi. Bu materiallarni ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida polistirol emulsiyasi va mayin maydalangan mineral to‘ldirgichlar ishlatiladi.
Taxtachalar avtomatik quyish mashinalarida bosim ostida qoliplab olinadi. Ularning o‘ng yuzalari silliq, yaltiroq, xira, bir tekisda bo‘lgan holda chiqariladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin